Infeksiya manbai. Ko‘pincha bakteriya tashuvchilar, ayrim hollarda bemorlar infeksiya manbai hisoblanadi.
Tarqalish yo‘li. Bilvosita kontakt, ya’ni o‘yinchoq, idish-tovoq, sochiq, choyshab, kam hollarda oziq-ovqat, havo changi orqali tarqaladi.
Patogenezi. Kasallik organizmning qarshilik kuchi susaygan hollarda, ya’ni immunologik chidami susayganda yuzaga keladi. Qo‘zg‘atuvchi organizmga og‘iz shilliq qavati va nafas yo‘li orqali tushadi va bu patologik jarayonning yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Oshqozon-ichak funksiyasining buzilishi, organizmning suvsizlanishi va nafas a’zolari funksiyasining buzilishi, bakteriyemiya, septik asoratlar yuzaga keladi. Bu kasallik bilan ko‘pincha bolalar kasallanadi.
Immuniteti. Kasallik keltirib chiqargan salmonellalarning aynan shu serovariga nisbatan immunitet hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |