Maxsus profilaktikasi. Toksikoinfeksiya o‘chog‘idagi odamlarga salmonellozning polivalent bakteriofagi beriladi.
Davosi. Intoksikatsiyaga qarshi preparatlar beriladi, ko‘p miqdorda suyuqlik yuboriladi, oshqozon yuviladi, huqna qilinadi, antibiotiklar beriladi.
6.
Clostridium botulinum (lotin. botus — kolbasa) 1896-yili Van-Ermengen tomonidan aniqlangan.
Morfologiyasi. Òayoqchasimon, 4—9x0,6–1 mkm kattalikda, uchlari yumaloq. Òayoqchasimonlar polimorf bo‘lib, qisqa va iðsimon shakllari uchrab turadi. Spora hosil qiladi, subterminal holda joylashadi. Spora tayoqchadan katta bo‘lganligi sababli, ularga tennis raketkasi shaklini berib turadi. Kapsulasi yo‘q. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Yosh kulturalar Grammusbat bo‘lib bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |