MAVZU. 15. SOSIAL HARAKAT VA SOSIAL O’ZARO-HARAKATLAR
Begonalashuv va tanazzul. E.Dyurkgeymning anomiya (qonunsizlik) konsepsiyasi, F.Tennis, M.Veber, G.Zimmel va sosiologiyaning boshqa asoschilari ta’limotlarida begonalashuv va jamiyatdagi krizis xodisalarining o’zaro aloqodorligi to’g’risidagi fikrlari. Begonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari. Tenglik va plyuralizm ijtimoiy tuzum taraqqiyotining tamoyillari sifatida. Milliy g’oya va milliy mafkuraning sosial munosabatlar tizimidagi o’rni.
Sosial harakat tushunchasi va mohiyati. Sosial harakat belgilari. Sosial harakat strukturasi. M.Veberning sosial harakat to’g’risidagi qarashlari. Sosial harakat turlari: maqsadli-rasional (oqilona), maqsadli-qadriyatli, an’anaviy va affektiv. T.Parsonsning sosial harakat to’g’risidagi nazariyasi. Sosial harakatni amalga oshirish mexanizmlari. Sosial o’zaro harakat tushunchasi va mohiyati. Sosial o’zaro harakat strukturasi. Sosial o’zaro harakat turlari.
Buyuk nemis mutafakkiri M. Veber tomonidan ilgari surilgan bilimlar, Qoyalar, metodologik yondashuv, bilish nazariyasi, ideal tiplar g’oyasi, madaniyat, etika, din sosiologiyasi haqidagi qarashlari ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan. Uning fikricha, sosiologiya ijtimoiy-tarixiy faoliyatlarning subyektiv sohalarini hisobga olish, voqyelikni ilmiy metodologiya talablariga mos ravishda obyektiv va empirik jihatdan tadqiq etish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin. Sosiologiya, M. Veber ta’kidlashicha, ijtimoiy fanlar orasida shunday o’rin tutishi lozimki, uning asosiy vazifasi - insonning ijtimoiy xulqi mohiyati va ahamiyatini tushunish, jamiyat rivojiga sabab bo’lgan qonunlar yechimini ko’rsatib berishdan iborat bo’ladi. Inson xulqini talqin qilish metodiga Veber tomonidan qanchalik katta ahamiyat berilganligiga qarab, uning sosiologiyasini ko’pincha tushunuvchi yoki «interpretativ» sosiologiya ham deb atashadi.
M. Veber ijtimoiy harakatlar yoki xulqning to’rtta asosiy turini ajratadi: 1) mablag’ topishni maqsad qilgan harakatlar - oqilona (rasional) maqsadli; 2) muayyan qadriyatlar ta’sirida (diniy, ahloqiy va boshqa) sodir etiluvchi harakatlar - oqilona (rasional); 3) odamlarning emosional reaksiyasiga asoslangan affektiv xarakatlar: 4) an’ana va urf-odatlarga qaratilgan an’anaviy xarakatlar.jurnal yoki kitobning borligiga ishonch xrsil kilasiz, sung psixologik alokaga kirishasiz, ya’ni bu gazeta, jurnal yoki kitobning sotuvchi tomonidan sotilishini anikdaysiz (sotuvchi kay darajada sizni xaridor sifatida kabul kilishini kuzatasiz), shular asosida siz sotuvchi bilan sosial alokaga kirishib gazeta, jurnal yoki kitobni sotib olasiz.
Alokalarning davomiyligi va mikdoriga kura, vaktinchalik (tasodifiy, bir martali) va doimiy alokalarga ajratish mumkin. Alokaga kirishayotgan tomonlarning statusiga kura, alokalar formal va noformal turlarga ajraladi. Agar alokaga sabab bulgan manfaatlar guruxga tegishli bulib, intitutlashtirilgan kizikishlarni amalga oshirish davomida vujudga kelgan bulsa, formal (rasimy) xisoblanadi. Noformal alokalar esa yakka shaxslarning kizikishlari asosida vujudga keladi.
Alokalarni shaxsiy va predmetli aloka turlariga ajratish mumkin. Shaxsiy alokalar individdagi shaxsiy xususiyatlarga kizikish asosida paydo buladi. Predmetli alokalar esa individ yoki guruxga tegishli bulgan biror buyumga kizikish bulganida vujudga keladi.
Sosial alokalar ularda ishtirok etuvchi tomonlarning aloka shakliga kura, bevosita va bilvosita bulishi mumkin. Bevosita sosial alokalar tugridan-tugri va yuzma-yuz amalga oshiriladi. Bunda tomonlar bir - birini kurib turishlari kerak. Bilvosita sosial alokalar esa turli kommunikasiya alokalari asosida amalga oshadi. Misol uchun xat yoki radio.
Yukorida keltirilgan aloka turlari birgalikda turli shakllarda amalga oshishi mumkin. Misol uchun bevosita predmetli doimiy aloka sifatida xar kuni gazetani bitta sotuvchi dan sotib olish xolati namoyon buladi.
Aytib utish kerakki, shaxsiy alokalar jamiyat xayotining muxim omili sanaladi. Agar da bevosita doimiy shaxsiy alokalar sodir bulmasa, bu xolat shaxsni yolgizlikka va jamiyatdan begonalashuviga olib keladi. Yolgizlik va sosial alokalarning fakat predmetli kurinishining zamonaviy jamiyatda kup uchrashi shaxe psixikasidagi salbiy uzgarishlarga sabab bulmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |