Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»



Download 0,68 Mb.
bet53/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

MAVZU 14. SOSIAL TAShKILOTLAR
«Tashkilot» tushunchasi ko’pincha kundalik amaliyotda qo’llaniladi, shu bilan birga bu tushunchaga turli tuman mazmun beriladi. A.I.Prigojin «Tashkilot» atamasining uchta keng tarqalgan ma’nosini taklif etadi.
Birinchidan, tashkilot yangi me’yorlarni ishlab chiqishda, barqaror aloqalarni yaxshilash, ijtimoiy guruhlar a’zolarining alohida harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha ba’zi faoliyatlarni anglatadi. Bunday faoliyat «tashkil etish» so’zi bilan yaxshiroq tavsiflanadi. Uni shaxslarning guruhlardagi kelishilgan harakatlari, kooperasiyasi va integrasiyasi uchun sharoitlar yaratish yo’li bilan sinergiyaning samaradorligiga erishishga yo’naltirilgan faoliyat kabi ham aniqlash mumkin.
Masalan, rahbar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi. Bu esa, rahbar ishchilarni ish joylari bo’yicha operasiyalar bajarilishida uzluksizlik va jadallikka erishish mumkin bo’ladigan darajada joylashtirishi lozim. Undan tashqari, u o’zaro almashinishni ta’minlashi va ishlab chiqarish, ish kuni tartibi, uchastka ishchilari va ta’minotchilarning o’zaro ta’sirlashish me’yorlarini belgilashi lozim. Bu faoliyat ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish deb ataladi.
Ikkinchidan, tashkilot ko’pincha qandaydir obyektning atributi, uning xususiyatlari esa yo’lga qo’yilgan tuzilma sifatida tushuniladi. Bu ijtimoiy obyekt ba’zi ichki tuzilishga egaligi va ma’lum ma’noda bog’langan qismlardan iborat bo’lishini anglatadi. Odatda, «tashkilot» atamasi bu ma’noda tashkiliy va notashkiliy tuzilmalarni farqlash uchun qo’llaniladi.
Xususan, qanday guruh tashkil etilmasin, agar unda barqaror ijtimoiy rollar mavjud bo’lsa (ya’ni, har bir ishchi umumiy ishdan o’ziga jaratilgan qismni bajaradi), kishilarning xulq-atvorlarini, shuningdek atrofdagi guruhlar bilan yo’lga qo’yilgan aloqalar tartibga solib turuvchi qoidalar mavjud bo’ladi.
Uchinchidan, tashkilotning asosida ma’lum umumiy vazifani bajaruvchi institusional xarakterdagi sun’iy yaratilgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Masalan, bank pullarni jamg’arish, taqsimlash va tartiblashtirilgan tarzda foydalanish vazifalarini bajaruvchi tashkilotni, maktab esa- yosh avlodga bilim berish va uni ijtimoiylashtirish vazifalarini bajarishda ishtirok etuvchi jamoa, tashkilotni o’zida namoyon etadi.
«Tashkilot» tushunchasining uchta ma’nosi o’zaro uzviy bog’langan. Har qanday tashkiliy guruh (atamaning uchinchi ma’nosi) uni «tashkil etish», ya’ni uning ichki tarkibi, kommunikasiya tizimi, madaniy xususiyatlari, faoliyat sharoitlarini yaratish, shuningdek ijtimoiy rollarni taqsimlash bo’yicha faoliyat davomida shakllanadi. Ma’lumki, bu kabi tashkiliy guruh rasmiylashtirilganda, bu guruh ham biz uyushtirilgan deb nomlagan ichki sifatlarga ega bo’ladi.
Birlashtirilgan umumiy tushunchada qabul qilingan «Tashkilot» atamasining ko’rib chiqilgan ma’nolari uning ilmiy ta’rifini tushunish va ifodalashga tayanch beradi.
2. Zamonaviy ilmiy adabiyotda tashkilotning ko’pgina ta’riflari mavjud bo’lib, odatda ularning orasidan maqsadga erishishga yo’naltirilgan tizimlar yoki rasional tizimlar sifatida tashkilotlarning konsepsiyalari ajratib olinadi. Tashkilot nazariyasini aniqlashda to’rta asosiy yo’nalishni ajratish mumkin:
1. Boshqaruvning zamonaviy amerikacha nazariyasi asoschilaridan biri Ch.Barnard ning nuqtai nazariga muvofiq tarzda tashkilot - bu boshqa ijtimoiy guruhlardan ongliligi, afzalligi va maqsadga yo’naltirilganligi bilan ajralib turuvchi kishilar kooperasiyasidir. Barnard va uning davomchilari asosan kishilarning hamkorlikdagi harakati, ularning kooperasiyasi, keyin esa maqsadlarga erishish zaruratini ko’rib chiqganlar.
2. Boshqa yo’nalishni tashkilot nazariyotchilari D.Marcha va G.Saymonlarning nuqtai nazarlari yaxshiroq tavsiflaydi, unga ko’ra tashkilot – bu jamiyatda kengroq tarqalgan hisoblanuvchi va markaziy muvofiqlashtirish tizimiga ega bo’lgan o’zaro ta’sirlashuvchi shaxslarning hamjamiyati. Tashkilot ichidagi har qanday muvoflashtirish va tuzilmalarning o’ziga xosligi uni uyushmagan shaxslar orasida diffuziyali va yo’lga qo’yilmagan aloqalardan farqlaydi. Bularning barchasi tashkilotga alohida biologik organizm bilan o’xshashlikni beradi.
3. Amerikalik sosiologlar P.Blau va U.Skott tashkilotni ta’riflashda uchinchi yo’nalishni taqdim etadilar. Bu ta’rifda ularning fikriga ko’ra asosiy hisoblangan yuzaga kelgan tashkilotning tavsifi ko’rsatiladi- u o’ziga xos maqsadlarga erishish uchun rasmiylashtirilgan, ya’ni rasmiy tuzilmaga ega bo’lishi lozim.
4. Tashkilotlar tadqiqotchisi amerikalik A.Etsionining fikriga binoan, tashkilot – bu ongli ravishda tashkilotga ongli tarzda a’zo bo’lishni va uning a’zolarining ongli harakatlarini tavsiflovchi o’ziga xos maqsadlariga erishish uchun loyihalashtirilgan va qayta loyihalashtirilgan ijtimoiy birlashmalardir (yoki kishilar guruhi).
Tashkilotni ta’riflashdagi ushbu to’rt yo’nalishning tahlili tashkilotlarni boshqa ijtimoiy guruhlardan farqlovchi ikki o’ziga xos tomonlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi.
Birinchidan, tashkilotlar - bu avvalambor o’zaro bog’liq va o’ziga xos maqsadlarga erishishga mo’ljallangan ijtimoiy guruhlardir. Har bir tashkilot uning a’zolarining harakatlari ma’lum ma’noda tashkilot uchun inson faoliyatining ma’lum sohasidagi umumiy natijalariga erishish uchun muvofiqlashtirilgani bilan maqsadga muvofiqdir. Jumladan, korxona muayyan mahsulotni chiqarishni ta’minlash, siyosiy partiyalar - siyosiy dasturlarni amalga oshirish, kasalxonalar - bemorlarni davolash uchun amal qiladi.
Ikkinchidan, tashkilotlar- ichki tarkibini yuqori darajada rasmiylashtirish xos bo’lgan shunday guruhlarki, u yerda qoidalar, reglamentlash, tartiblashtirish deyarli tashkilot a’zolarining barcha xulq-atvor sohasi qamrab olingan. Bu qoidalar aniq va ravshan ifodalangan va barcha muhim aloqalarniqamrab oladi, tashkilot tarkibida qanday o’rinni egallab turishlaridan qat’iy nazar muhim harakatlarni belgilab beradi. Direktor, uning o’rinbosarlari va yordamchilari yoki oddiy ijrochilar ularning majburiyatlarini belgilovchi, xizmatdagi o’zaro munosabat va shaxsiy sifatlaridan qat’iy nazar muomala qoidalariga bo’ysunadilar.
Sanab o’tilgan o’ziga xos tomonlari asosida tashkilotga quyidagi ta’rifni berish mumkin: Tashkilot – bu o’zaro bog’liq maqsadlarga erishish va mehnatni taqsimlash yoki ixtisoslashtirish asosida yuqori tarzda rasmiylashtirilgan tuzilmalarni shakllantirishga mo’ljallangan ijtimoiy guruhlardir.
Formal tashkilot bu shunday mexanizmki, u odamlarni, resurslarni va texnologiyalarni bir maqsad yo’lida birga birlashtiradagan, maqsadga erishish uchun hatti-xarakatlarni amalga omiradigan kishilar guruhi
Formal tashkilot (formal organization) bu shunday mexanizmki, u odamlarni, resurslarni va texnologiyalarni bir maqsad yo’lida birga birlashtiradagan, va muofiqlashtiradigan kishilar birlashmasi.
Ikkilamchi guruh (Secondary groups) ikki va undan ortiq odamlarning bir maqsadga erishish uchun o’zoro hatti-harakatini muofiqlashtiruvchi kishilar guruhi. Ikkilamchi guruxda ma’lum bir vazifani bajarish uchunchina sosial munosabatlar shakllanadi.
Volyuntarlik tashkilotlari (Voluntary organizations) formal tashkilot bo’lib, unda kishilar ma’lum vaqt davomida o’zoro qiziqishlar, talant, ehtiyojlar asosida nomoddiy maqsadlarga erishish uchun uyuushgan kishilar birligi
Majburiy tashkilotlar (Coercive organizations) formal tashkilot bo’lib, unda kishilar tanlash ixtiyorisiz majburiy ravishda sosializasiya va re sosializasiya maqsadida yoki deviant yorlig’idagi kishalarni davolash maqsadida majburiy ravishda uyushtirilgan tashkilot73
3. Bunday faoliyat turi faqat insonga xos emas. Yuz minglab hasharotlardan iborat termitlarning katta hamjamiyati tashkiliy hayotga juda yorqin misoldir. Termitlar inidagi hayot (masalan, Markaziy Afrikada) yaxshi tashkil etilganligi bilan farq qiladi-har bir hasharot ma’lum vazifani bajaradi (faoliyat turi). Bajariladigan vazifalariga ko’ra termitlar askar, ishchi, o’ljani tashuvchilar, avlodni davom ettiruvchilar va h.k.larga bo’linadi.
Alohida termit nafaqat boshqa vazifalar elementlarini bajarishi, balki o’z vazifalarini amalga oshirgandan so’ng ham boshqa hasharotlar tomonidan albatta o’ldiriladi. Bir hasharotning termitlar inidagi mavjudligi ahamiyatga ega emas. Termitlar inidagi hayot va mavjudlik faqat umumiylik sifatida muhim. Termitlar inidagi turmushning asosi har bir hasharotning hamjamiyat uchun hayot kechirishi hisoblanadi. Aytish mumkinki, termitlar inidagi tashkiliy hayot juda g’alati. Ijtimoiy hamjamiyat ko’rinishidagi qat’iyligi kam tashkiliy tuzum hayvonot olamining boshqa vakillari-qushlarning ba’zi turlari, primatlar va hokazolarda kuzatiladi.
Hayvonlar hamjamiyatidagi tashkiliy hayot farqli xususiyatga ega: hamjamiyat har bir a’zosi bajaradigan vazifa instinkt tarzida, norasional yuz beradi, roli o’rganilmaydi, chunki har qanday harakat har bir hasharotda genetik ravishda tug’madir. Masalan, to’dadagi eng kuchli erkak maymun tabiiy ravishda zimmasiga yetachi vazifasini oladi, zaifroq to’da a’zolari unga o’z-o’zidan bo’ysunadilar va hokazo.Insonlar esa o’z hayotlarini avvaldan unumli, ya’ni qo’yilgan maqsadga muvofiq tashkil etadilar. Har bir inson ongida vaziyatning istalgan timsolini yaratadi va uni amalga oshirishga intiladi. Shunday qilib, inson birlashmalari asosida bu birlashmalar a’zolari ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikdagi harakat zarurati tushunchasi yotadi.
4. Tabiiy tashkilotlar. Har bir inson o’z ehtiyojlari va imkoniyatlarini qiyoslaydi, bunda imkoniyatlar ko’pincha noaniq va qiyin amalga oshiriladi. Inson natija va unga erishsh usullarini tasavvur etishga qodir. Ko’pincha maqsadga erishish bir necha yoki ko’pgina kishilarning birgalikdagi harakatidan foydalanishga asoslangan, chunki ehtiyojlarning ko’pchiligini bir kishi boshqa shaxslar ishtirokisiz amalga oshira olmaydi.
Ibtidoiy jamoa davridayoq, kishilar faoliyati turli-tumanligi (baliqchilik va ovchilik) bilan farqlanmasa-da, kundalik amaliyot jarayonida qabila yashab ketishi uchun kuchlarni birlashtirishga ehtiyoj mavjudligi tan olindi. Bu ehtiyojni amalga oshirish uchun ijtimoiy uyushmalar shakllana boshladi.
Aytish mumkinki, ijtimoiy hayot kishilar orasidagi uyushmalarda namoyon bo’ladi. Ular turli ishlarni amalga oshirish, urush, savdoda ishtirok etish yordam ko’rsatish va hokazolar uchun birlashadilar. Ijtimoiy uyushmalar-avvalo kishilar orasidagi ijtimoiy aloqalar bo’lib, unda qaror qabul qilish uchun asos hisoblangan manfaatlar aks etadi. Ma’lumki, ijtimoiy aloqalar kishilarning birlashishlari jarayonida, ularning hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlarida yuzaga keladi.
Buyuk sosiolog G.. Zimmel shunday yozgan edi: ... ijtimoiy uyushmalar turli shakllarga ega bo’lib, ular ijtimoiy birlashmalarni tashkil etishga undovchi shaxslarning turli-tuman manfaatlari yordamida aniqlanadi. Mazkur shaxslar bu birlashmalarda o’z manfaatlarini turli usullar yordamida, ya’ni xissiy yoki ideal, tez yoki sekin, ongli yoki ongsiz ravishda amalga oshiradilar». Aytish mumkinki, ijtimoiy uyushmalar kishilarning birgalikdagi faoliyatida rejalashtirilmagan mahsulotni namoyon etadi.
Ijtimoiy uyushmalar kishilar faoliyatining nisbatan muhim sohalarida asta-sekin ichki tomondan tashkiliylashadi, quyidagi asosiy belgilarning yuzaga kelishi bundan dalolat beradi:

  1. Umumiy mehnat taqsimoti yuzaga keladi va rivojlanadi. Uyushma a’zolarining majburiyatlarni oqilona taqsimlashi, ya’ni uyushmaning har bir a’zosi o’z ishini umumiy maqsadga erishish uchun fidoiylik bilan qobiliyati, shaxsiy layoqati, bilim va ko’nikmalarini namoyish etgan holda bajarishga intilishini dastlabki umumiy mehnat taqsimotining muhim sabablaridan biri deb hisoblash mumkin.

  1. Uyushma a’zolari nafaqat umumiy maqsadni his etgan holda, kelgusi natijani tasavvur etadilar, balki ishlarning umumiy maydonini yarata boshlaydilar va aniq vaziyatda bu natijaga erishishning qulay usullarini ishlab chiqadilar.

  1. Uyushmalarda ba’zan muvofiqlashtiruvchi idoralar yuzaga kelib, ular umumiy maqsadga erishish uchun boshqaruv ta’siri asosida uyushma a’zolarining harakatlarini birlashtirishi mumkin. Bunday boshqaruv idorasi yordamida harakatlarning maqsadga yo’naltirilganligi va amaldagi ijtimoiy uyushmaning faoliyati birligi ta’minlanadi.

Jamiyatda bunday guruhlarning tabiiy tashkil topishi insoniyat rivojlanishining ibtidosidayoq yuz bergan. Masalan, yirik hayvon ovi quyidagicha amalga oshirilgan:

  1. ovning har bir ishtirokchisi umumiy natija uchun harakat qilgan, ya’ni bunday faoliyatning hamma ishtirokchilari anglagan va zarur deb tan olgan umumiy maqsad mavjud edi;

  1. ovning har bir ishtirokchisi mazkur faoliyatda o’z o’rnini bilgan va unga avvaldan tayyorlangan. Shu tarzda, nisbatan epchillar hayvonni quvganlar, nisbatan kuchlilar jonivorlarni o’ldirganlar, nisbatan zaiflar hayvonni kuzatganlar va o’ljaga ishlov berganlar;

  1. jamoa yoki qabila shaxsiy tajribasi yoki qabila a’zolari hurmati tufayli ov jarayonini boshqara oluvchi, ya’ni muvofiqlashtiruvchi idora sifatida ishtirok etuvchi vakilni saylagan.

Sun’iy tashkilotlar. An’anaviy urug’-qabila jamiyatidan murakkab davlat tuzilmalariga o’tish inson faoliyatining uzoq muddatli maqsadlarga erishishni ko’zlovchi qat’iy tashkiliy aloqalar va barqaror tashkiliy guruhlar yaratishni talab etuvchi qator sohalari yuzaga kelishi bilan bog’liq. Bu ehtiyoj sun’iy tashkilotlar yuzaga kelishida namoyon bo’ldi.
Sun’iy tashkilot ma’lum rejaga muvofiq, ma’lum maqsadga erishish uchun tashkil etilgan va ichki aloqalarning qat’iyligi, tashqi ta’sirga nisbatan mustahkamligi bilan xarakterlanuvchi aloqalar tizimi va ijtimoiy rollarni aks ettiradi.
Ta’kidlash joizki, sun’iy tashkilotlarning yuzaga kelishi va keyingi rivoji tashkiliy hayotning tabiiy shakllari to’liq yo’qolib ketishini anglatmagan. Hozirgi sharoitda tashkilotning tabiiy shakllari saqlanib qolishini rasmiy qoidalar tashkiliy tuzilma faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi vaziyatlarning hammasini qamrab ololmasligi bilan izohlash mumkin.
5. Tashkilot nazariyasi paydo bo’lishining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari. Ijtimoiy hayotning ba’zi tomonlarining yuzaga kelgan tashkiliy tuzilma shakllari nisbatan uzoq vaqt o’zgarmagan. Bu ko’p hollarda moddiy ishlab chiqarish sohasiga tashkiliy birlashmalarda ehtiyoj mavjud bo’lmaganligini anglatadi. U davrda yagona, beqiyos tovarlar va xizmatlarni hunarmandlar sulolasi ishlab chiqargan, boshqa zaruriy mahsulotlarni esa, bevosita iqtisodiy, jismoniy yoki boshqa majburiyat turlari yordamida majburiy mehnat asosida ishlab chiqarganlar. Lekin ikkala holatda mahsulot va xizmatlarni: yuqori unumdorlik va yuqori sifat ommaviy ishlab chiqarishga asosiy talablar qondirilmagan. Agar hunarmandlikda sifatli mahsulotlarni yaratish mumkin bo’lsa-yu, leki nyuqori unumdorlikka erishilmasa, u holda majburiy mehnat asosidagi ishlab chiqarishda yuqori sifatli mahsulo ishlab chiqarish mushkul (majbur qilingan ishchi toshlarni tashishi yoki kanallar qazishi mumkin, lekin u sifatni oshirishda to’siq hisoblanadi).
Faqatgina paydo bo’lgan raqobat va unumliroq ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish istagi nisbatan takomillashgan tashkiliy tuzilmani yaratishga intilishni yuzaga keltirdi.
XVIII asr o’rtalaridan va XIX asr boshlarigacha katta miqdordagi raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan ko’p sonli korxonalar paydo bo’ldi.
Amerikalik muhandis va olim F.U.. Teylorni ilmiy boshqaruvning mumtoz nazariyalari asoschisi deb hisoblaydilar uning nomi bilan tashkilotlar nazarisidagi yo’nalish-«teylorizm» deb nomlangan. «Muvofiqlashtirish», «integrasiya» va «nazorat» ushbu yo’nalishning shiori bo’ldi. Teylorizmning davomchilari, ishlab chiqarish operasiyalarini maksimal tarzda yengillashtirishda, mehnatga ishbay haq to’lashni joriy qilish yo’li bilan rag’batlantirish tizimini yo’lga qo’yishda va mehnat xavfsizligini ta’minlashdan iborat bo’lgan ishchilarning muammolarini hal etishga alohida e’tibo qaratdilar. Teylorizmning asosiy tamoyilari quyidagilar sanaladi:
- tashkilotning har qanday a’zosi faoliyatining har bir unsuriga ilmiy yondashuvni tatbiq etish, ishlab chiqarish operasiyalarini takomillashtirishda nisbatan oqilona, qulay usullarni izlash;
- ishchilarning ilmiy asoslangan tanlovi va o’qitilishi;
- avvalambor mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi asosida mehnatni rag’batlantirishda namoyon bo’ladigan boshqaruvchi va ishchi orasidagi o’zaro ta’sir.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish