Mavzu № sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishi obyekti va predmeti antik dunyo olamining «oltin davri»


Ilk sosiologik nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar o’z ta’limotlarida din hodisasini tushuntirish bo’yicha o’z fikrlarini izhor etganlar



Download 0,68 Mb.
bet52/76
Sana13.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#788003
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
Bog'liq
sotsialogiya yak.

Ilk sosiologik nazariyalarni ishlab chiqqan olimlar o’z ta’limotlarida din hodisasini tushuntirish bo’yicha o’z fikrlarini izhor etganlar.
Dinga nisbatan struktur-funksional yondashuv asoslarini E.Dyurkgeym asarlaridan topamiz. Uning yozishicha, dinnig o’zi bayramdir va u insonga xizmat qilishi kerak. U shuni ta’kidlaydiki, din jamiyatda quyidagi uchta funksiyani bajaradi:
1. Sosial jipslik – din kishilarga sosial birdamlikni umumiy rasm-rusm va e’tiqod orqali ushlab turishga yordam beradi;
2. Sosial nazorat – dinga asoslangan axloq va me’yorlar jamiyatdagi mutanosiblik va nazoratni ta’minlashga ko’maklashadi, shunigdek, siyosiy tizimni qonunlashtirishga (legitimizasiya ) xizmat qiladi;
3. Hayot mazmuni va uning masadini ta’minlashga asos bo’ladi.
Dinga nisbatan struktur-funksional yondashuvning kamchiligi shundaki, u dinning disfunksiyasini e’tibordan chetda qoldiradi. Masalan, dindan terrorizm va zulmni asoslashda foydalanish harakatlari paydo bo’ladi. Shuningdek, mavjud urush harakatlari ham din orqali oqlanishi mumkin. Ayniqsa, dindan terrostik tashkilot o’z a’zolari o’rtasidagi sosial jipslikni yanada mustahkamlashda foydalanishi mumkin.
Dinga nisbatan sosial konflikt yondashuvi bevosita K.Marks ta’limoti bilan bog’liqdir. Marks fikricha, din status-kvo ni saqlashda muhim rol o’ynaydi. Din burjuaziyani qo’lida ishchilarga qarshi kurash qurolidir. Buning uchun u kishilarga bu dunyoda emas, balki u dunyo farog’atlarini va’da qiladi. Shuning uchun u dinni xalq uchun opium, deb ta’riflaydi. Dinni xom-hayollik baxti sifatida yakson qilib, insonlar haqiqiy baxtu-saodatga ega bo’ladilar degan iddaoni Marks ilgari suradi. Shunday qilib, sosial konflikt yondashuvi dinni mavjud sosial notenglikni saqlashdagi funksiyasini tanqidiy tarzda birinchi qatorga qo’yadi, buning uchun jabr-zulmni oqlaydigan dunyoqarashni ilgari surilishi ta’kidlaydi.72
Ma’lumki, din va diniy e’tiqod sosial institut sifatida odamzodning paydo bo’lishi bilan vujudga keldi va uzoq tarixga ega bo’lgan mashaqqatli evolyusion yo’lni bosib o’tdi. Bugungi kunda sosiologiyada dinni sosial institut sifatida o’rganadigan bir-biridan keskin farq qiladigan, yoki o’xshash bir qator yo’nalishlar shakllangan. Ularning har birini asosida u yoki bu sosiologik voqyelik xususiyatini aks ettirgan tasavvurlar yotadi. XVIII asrning oxirigacha dinning integrasiyalashtiruvchi funksiyasi haqida gapirish juda mushkul edi. Yevropa o’rta asrlari va Yangi davrning boshlanishi diniy ko’rinishdagi ko’plab konfliktlarga boy bo’ldi. Reformasiya diniy asosdagi ziddiyatlarga shunday qaltis holatlarni olib kirdiki, jamiyat osoyishtaligi va tinchligini nisbatan bo’lsada ta’minlash uchun din va davlat ta’sirini ajratish zaruriyati paydo bo’ldi.
Rossiyalik taniqli sosiolog V.I.Garadjaning ta’kidlashicha, o’sha davrning mutafakkirlar - Gobbs, Lokk, Yum kabilar din jamiyatga barqarorlik olib keluvchi kuch emas degan iddaoni ilgari surishdi. Masalan, Gobbs o’z asarlarida xristian dini tarixidan lavhalar keltirib, jamiyat uchun dinda juda xavfli kuchlar mavjud deb hisoblaydi.
Aynan shu maqsaddan kelib chiqib, J.Lokk din va jamiyat munosabatlarini muvofiqlashtirish varianti sifatida dinni «xususiylashtirish», ya’ni uni davlatdan ajratish g’oyasini yoqlab chiqdi: davlat sosial institut sifatida fuqarolar va ular mulkini qo’riqlashi hamda ularni ko’paytirishga yordam berishi lozim. Cherkov esa ixtiyoriy birlashma bo’lib, u hamjihatlik asosida ibodat qiladigan kishilar tomonidan tashkil etiladi. Muammoning boshqa variantini Russo taklif qildi. O’zining «Ijtimoiy shartnoma haqida yohud siyosiy huquqning boshlanishi» (1762 yil) asarida u quyidagilarni yozadi: «Davlat uchun eng muhimi har bir fuqaroning o’z majburiyatlarini sevishga majbur qiladigan dinga ega bo’lishdir».
Din va jamiyat mavzusida faoliyat ko’rsatgan sosiologlar orasida dinga nisbatan eng radikal tanqidiy munosabat bildirgan bu Karl Marksdir. Uning fikricha, din bu sinfiy kurash maxsulidir va u jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni hukmron doiralar foydasiga himoya qilib chiqadi. Din bu uning ta’biricha insonning tabiat hodisalalari oldidagi ojizligining hosili edi va bu holat kishilarni jamiyatning dolzrab muammolaridan chalg’itadi. Ijtimoiy hayotning aniq misollari uning bu fikrlari batamom noto’g’ri ekanligini to’la ko’rsatdi. K.Marks ta’limotini tanqidiy tahlil qilgan boshqa yo’nalashlar vakillari hyech bir jamiyat din va uning ta’sirisiz faoliyat ko’rsatmagani va ko’rsata olmasligini asoslashga harakat qildilar. Ular orasida E.Dyurkgeym va M. Veberni alohida ajratib ko’rsatish mumkin.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish