Abu Iso Muhammad at-Termiziy Diyorimizdan chiqib jahonshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan yana biri mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. O’z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko’pdan-ko’p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Yusuf an-Nasafiy va Abu-l-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni ko’rsatish mumkin. Ko’p yillar xorijiy mamlakatlarda bo’lganidan keyin at-Termiziy o’z yurtiga yirik muhaddis olim sifatida qaytadi. Imomi Termiziy payg’ambar alayhissalom hadislarini to’plashga alohida e’tibor bilan qaraydi. Bu borada u har qanday qiyinchiliklarga bardosh beradi. U o’zi o’qigan yoki biror roviydan eshitgan hadisini alohida qog’ozlarga qayd etib borar, ularning asli va isnodini izchillik bilan aniqlab to’g’riligiga to’liq ishonch hosil qilsagina maxsus qog’ozlarga qayd etardi. Hadislarning to’g’riligiga shubha bo’lganda ularni alohida ajratib yozardi. Shu tariqa hadislar sahiyh (to’g’ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul), zaiyf (bo’sh, ishonchsiz), g’ariyb (g’alati) kabi xillarga ajratilgan.
Abu Mansur al-Moturidiy Yana bir buyuk vatandoshimiz Movarounnahr ilohiyot maktabining rivojlanishiga o’z ta’limoti an’analari va ilmiy asarlari bilan katta ulush qo’shgan buyuk mutakallim Abu Mansur al-Moturidiydir. Moturidiy sunniy e’tqodidagi ikki yirik kalom maktabining biri bo’lmish Moturidiya maktabining asoschilaridan hisoblanadi. Al-Moturidiy ilohiyot ilmlarining to’la shakllanib, takomilga etishida ularni qayta ishlab chiqib, ma’lum tizim (sistema) ga solishdek katta bir ishni amalga oshirdi va hanafiya ta’limotining O’rta Osiyo xalqlari urf-odatlari bilan chambarchas bog’liqligini o’z qarashlari orqali ko’rsatib berdi. U yaratgan ta’limot islom dinining buyuk aqidaviy yo’nalishlaridan biri sifatida tanildi. Al-Marg’inoniy Al-Marg’inoniyning butun islom olamida mashhur bo’lgan “al-Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Kitob musulmonhuquqi-fiqh bo’ycha eng aniq, izchil, mukkamal asar sifatida tan olindi.
“Al-Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo’lgan Abu Hanifaan-Nu’mon ibn Sobit, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, ularning boshqa shogird va safdoshlarining kitoblari, dastlabki to’rt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil etadi. “Al-
Hidoya”da huquqiy masalalarning echimi dastlab yirik fiqholimlari fikrlari bayoni va unga mualliflar e’tirozlari yoki qo’shimchalarini izhor etish yo’li bilan berilgan. Ana shu obro’li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayan masalada eng ma’qul echimni tanlab olish yo’liga amal qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |