6.Mavzu: Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi.
Reja:
1.Beruniy asarlari haqida.
2.Beruniy hikmatlari.
3.Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari haqida.
Abu Rayxon Beruniy
Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bogliq, odamning baxti esa uning bilim va marifatida, deb yozadi. Beruniy marifat dushmanlariga, qoloq urf-odatlarga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning kopgina asarlari osha zamonlarda yashab otgan xalqlarning ijtimoiy, xojalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bolib xizmat qilgan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan etirof etilgan. Uning yubileylari kop mamlakatlarda nishonlanadi, tugilgan shahri, Ozbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik insitituti , Toshkent texnika universiteti Beruniy nomi bilan atalgan.
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar.
Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" (asl nomi "Alosor al boqiya an alqurun alholiya") — Beruniyning yirik ensiklopedik asari. 1000—03 yillarda Jurjon shahrida yozilgan va Jurjon hokimi Qobus ibn Vashmgirga taqdim etilgan. Asarda Oʻrta Osiyo xalqlari, yahudiy, yunon va boshqalar xalqlarning yil hisoblari, hayitlari, mashhur kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari hamda Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi haqida toʻliq maʼlumotlar berilgan. Unda olimning tabiiy fanlarning turli sohalariga, jumladan, astronomiya, mat., fizika, xaritagrafiya va boshqalar fanlarga oid kashfiyotlari oʻz ifodasini topgan.
Asar Yevropada XIX asrning 2-yarmida maʼlum boʻlgan. Nemis sharqshunosi E.Zaxau 1876—78 yillarda asarning arabcha matnini, 1879 yilda ingliz tilidagi tarjimasini ("Sharq xalqlarining tarixi" nomi bilan) nashr ettirgan. Koʻpincha ilmiy adabiyotda "Xronologiya" deb ham ataladigan boʻlgan. Eronlik olim Sayrafiy 1943 yilda Tehronda fors tilida chiqargan. Asarning ruscha tarjimasi 1957 yilda, oʻzbekcha tarjimasi 1968-yilda Toshkentda Beruniy "Tanlangan asarlari" turkumida (1 jild) Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr qilingan.
Asarlari.
Asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sugdiylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yaxudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari togrisida malumot beruvchi asar), «Geodeziya», «Quyosh harakatini aniqlash yoli», «Mineralogiya», «Saydana», «Hindiston» va boshqalar.
Hikmatlari.
«Яхшилик хислатлари: тақводорлик, тўғрилик, ўзини саклаш, диндорлик, одиллик, инсоний камтарлик, латофат, собитқадамлик, эҳтиёткорлик, сахийлик, мулойимлик, сиёсат ва бошқариш ишларида билимдонлик, тадбиркорлик, тўғри тахмин қила билиш ва булардан бошқа ақлга сиғмайдиган, киши баён этиб тугата олмайдиган (яхши) сифатлардан иборатдир».
Do'stlaringiz bilan baham: |