“1868-yilda bosib olingan ikki hudud: Samarqand va Kattaqo`rg`on bo`limlaridan iborat Zarafshon okrugi tuzildi. General-mayor unvoni berilgan A.K.Abramov okrug boshlig`i va harbiy xalq ma’muriyati rahbari etib tayinlandi. General-gubernator K.Kaufman uning ixtiyorida 4 ta piyoda batalyonini qoldirib, qolgan qo`shin bilan Toshkent tomon yo’1 oldi.
Amir Muzaffar mag`lubiyatni tan olishga va amirlik bilan Turkiston general-gubernatorligi o`rtasidagi yangi chegaralar to`g`risidagi Kaufman tomonidan taklif etilgan shartnomani imzolashga majbur bo`ldi. Podsho Rossiyasi bosqinchilik siyosatining ikkinchi bosqichi yakunlandi. 1868-yil 28-iyunda general Kaufmanning Samarqanddagi qarorgohida amir Muzaffar Buxoro amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi. Shartnomaga ko`ra, amir urush boshlashda o`zini aybdor deb tan olib, "abadiy do`stlik" nishonasi sifatida podsho qo`shinlarining harbiy xarajatlarini qoplash uchun 500 ming rubl to`lash majburiyatini oldi. Shartnomaga muvofiq, podsho tomonidanbosib olingan Chinozdan Zirabuloqqachabo`lgan barcha hudud, Xo`jand, o`ratepa,Jizzax, Samarqand, Kattaqo`rg`on shaharlaribilan birga podsho Rossiyasi hududiga qo`shildi.Ular yangi — Zarafshon okrugini tashkil qildi.Qolgan hududlar ustidan amir o`z hokimiyatinisaqlab qoldi, biroq Turkiston general-gubernatorining ko`rsatmalarini bajarishgamajbur edi. Amir Rossiyadan keladigan savdogarlar uchun butun amirlikdaerkin savdo qilish imkoniyatini berish majburiyatini, ularni himoyalash uchunmas’uliyatni o`z zimmasiga oldi. Savdogarlarga davlatning barcha hududlaridasavdo agentliklarini ta’sis etishga ruxsat berdi, ayni mahalda moldan olinadigan boj ularningumumiy qiymatining 2,5 foizdan oshmasligidarkor edi. Rossiya savdogarlari amirlik yeridanboshqa har qanday davlatga erkin o`tish hu-quqini oldi”.7
Bu mag`lub etilgan davlatni tahqirga, hu-quqsizlikka va qashshoqlikka mahkum etgantalonchilik shartnomasi edi. Uzunligi 877 kmbo`lgan Zarafshon vodiysi Rossiya imperiyasinazorati ostiga tushib qolayotgan edi. BuBuxoroning va butun davlatning g`alla konibo`lgan 12 ming km hududini sug`orib turganasosiy suv yo`li edi. Amir, shuningdek, davlatning ikki yirik shahri — Samarqand va Jizzaxdan keladigan daromaddan ham mahrum bo`lgandi. Bunday yon berish evaziga amir Muzaffar taxtni saqlab qoldi.
Jo`rabek va Bobobek Samarqandni ozod qilish uchun kurashni davom ettirishdi. Ular amir Muzaffar taxtdan ag`darilganini va uning to`ng`ich o`g`li — Abdumalik to`ra amir etib tayinlanganini e’lon qilishdi va dastawal Shahrisabzni, so`ng Qarshi va Karmana shaharlarini egallashdi. General Kaufman qarshilik manbalarini bostirish uchun general-mayor Abramovni jo`natdi. Qarshi shahri yaqinida shafqatsiz jang boshlandi. Jo`rabek va Bobobek asir tushib qolib, Abdumalik to`ra ustun kuchlar zarbasi ostida Shahrisabzga chekindi. U yerdan qolgan qo`shin bilan Afg`onistonga, so`ng Peshovar (Hindiston)ga o`tib icetdi. Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi mustamlakachilik urushining ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.
Protektorat— zamonaviy siyosiy adabiyotda mustamlaica mamlakatlar qaramligining bir shakli, degan ma’noda ishlatiladi. Bunday qaramlikka tushgan mamlakat garchi ichki ishlarida birmuncha mustaqilligini saqlab qolsa ham, lekin tashqi siyosat va mudofaa masalalari uning ustidan protektorat o`rnatgan davlat ixtiyoriga o`tadi.
Kerki qal`asi (Buxoro amirligi)
Do'stlaringiz bilan baham: |