Mavzu: “ Chor Rossiya tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishi” Reja: I. Kirish. II. Asosiy qisim


Xiva xonligining bo‘ysindirilishi



Download 5,11 Mb.
bet9/12
Sana08.07.2022
Hajmi5,11 Mb.
#758788
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Chor Rosssiya rasm

2.3. Xiva xonligining bo‘ysindirilishi.

“Kaufman o`zining birinchi harbiy kampaniyasidan so`ng besh yil davomida Xivaga yurish uchun tayyorgarlik ko`rdi. Pyotr I farmoni bilan yurish qilgan Bekovich-Cherkasskiy qo`shinining katta qismi halokatga uchraganiva Perovskiy qo`shinlarining yomon tayyorgarlikko`rilganligi sababli Xiva xonligi chegaralarigachayetib bormay, qaytib ketishga majbur bo`lgani uning yodida edi. Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik davom etardi, chunki Xiva ustidan nazorat o`rnatishbutun Amudaryo ustidan hukmronlikni, bu yerdamuntazam kema qatnovini yo`lga qo`yishni va uningquyi oqimidagi g`oyat boy tekislikdan foydalanishimkoniyatini berar edi. O`rta Osiyoni Rossiya imperiyasi tomonidan bosibolinishining uchinchi bosqichi (1873—1879) o`rtaOsiyodagi barcha harbiy harakatlari orasidagi eng kengko`lamlisi edi. Undan ko`zlangan maqsad Xiva xonligini bosib olish edi. Hujum to`rt harbiy okrugdan: g`arb-da — Mang`ishloq, shimolda — Orenburg, sharqda —Turkiston va Krasnovodsk harbiy okruglaridan olib borildi. Ularda 12 ming nafardan ziyod .askar bor edi. Transport 4600 otdan va 20 ming tuyadan iborat edi. Kaufman ushbu barcha kuchlarning bosh qo`mondoni etib tayinlandi.”8



U ushbu ulkan armiya bilan 1873-yil fevralda o`zining Toshkent, Kazalinsk, Orenburg, Mang`ishloq va Krasnovodskdagi barcha bazalaridan deyarli bir vaqtda yo`lga chiqdi. Biroq hujum rejasi yomon rejalashtirilganligi sababli, qo`shin avvaliga sovuq 25 daraja va keyinroq issiq soyada 42 darajaga yetadigan, qum 60 darajagacha qiziydigan, quduqlarda deyarli suv bo`lmagan dasht-u biyobondan o`tishda katta qiyinchiliklarga duch keladi. Toliqqan odamlar holdan toyib, dastlab bitta-bitta, keyinchalik esa guruh-guruh bo`lib ortda qola boshlashdi.
Qo`shin hali yo`lning yarmini ham bosib o`tmasidan 120 kishilik rotalarda jangga shay askarlar ko`pi bilan 25 nafar qolgandi.
Yo`lga chiqqan 13 ming kishidan 7,5 ming nafarigina Xivagacha yetib bordi, xolos. Ko`pchilik issiqdan yoki kasalliklar tufayli vafot etdi yoxud yarador holda o`z bazalariga qaytib ketdi. Krasnovodsk va Mang`ishloq qo`shinlari jazirama issiqdan va suv yetishmasligidan holdan toyganligi sababli yo`lning yarmiga bormay orqaga qaytib ketdilar.
Turkiston, Orenburg qo`shinlari 1873-yil may oyida Xiva xonligi chegaralariga yaqin kelishdi. Yo`lda podsho qo`shinlariga xivaliklarning ko`plab mayda guruhlari hujum qilib, jiddiy talafot yetkazishardi. Xiva vohasi va Amudaryo sohillariga yaqinlashgan sayin xivaliklarning qarshiligi kuchayib borardi. 1873-yil may oyida Hazorasp qaPasi va Qo`ng`irot yaqinida ayniqsa shiddatli janglar bo`lib o`tdi. May oyi davomida Xo`jayli, Mang`it shaharlari yaqinida va Xivaning o`zidan 10 krn masofada ham shu kabi shiddatli janglar bo`ldi. Biroq Xiva qo`shinlari uncha katta bo`lmagan guruhlar bilan hujum qilishgani bois podsho qo`shinlari ularni parokanda qilib, shaharlarni bosib olishga muvaffaq bo`lardi.
1873-yil may o`rtalarida podsho qo`shinlarining ilg`or otryadi Xivaga yetib bordi va hujutn boshladi. Birinchi hujum qaytarildi va podsho otryadi katta talafot ko`rdi. Hujumga qo`mondonlik qilgan general Veryovkin hatn yarador bo`ldi. Talafot juda katta bo`lgani sababli otryad chekinishga hamda general Kaufman boshchiligidagi asosiy kuchlar yetib kelishini kutishga majbur bo`ldi.
Kaufman yetib kelishi bilan qo`shin yana shaharni qo`lga kiritishga urinib ko`rdi, biroq bu urinish ham muvaffaqiyatsiz chiqdi. Kaufman muzokaralar olib borishga qaror qildi, shundan keyingina unga Hazorasp darvozasi ochildi. 29-may kuni general shaharga tantana bilan kirib keldi.
Xivani bosib olgach, Kaufman xon xazinasini kontributsiya hisobidan musodara qilishni va uni Sankt-Peterburgga jo`natishni buyurdi. Qadimiy qo`lyozmalar, tanga tayyorlanadigan chekanlar (tanga-chaqa zarb qiladigan tamg`a va zarb tasviri), qo`ng`irot sulolasi xonlarining hokimiyati ramzlari ham qo`shib jo`natildi. Shundan so`ng Kaufman Gandimiyon qishlog`idagi qarorgohiga yo’1 oldi va Xiva xoni bilan muzokaralar shu yerda o`tkazildi.



Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish