Mavzu: “ Chor Rossiya tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishi” Reja: I. Kirish. II. Asosiy qisim



Download 5,11 Mb.
bet2/12
Sana08.07.2022
Hajmi5,11 Mb.
#758788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Chor Rosssiya rasm

Kurs ishining maqsadi: Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishini o‘rganish
Kurs ishining vazifalari:

  • Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlarini o‘rganish.

  • Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablarini o‘rganish.

  • O‘rta Osiyo bosib olinishining asosiy bosqichlarini o‘rganish.

  • O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishini o‘rganish.

  • Chor Rossiyasi tomonidan Qo‘qon xonligi hududlari va Toshkentga hujum qilinishni o‘rganish.

  • Buxoro amirligining Chor Rossiyasi vassaliga aylantirilishini o‘rganish.

  • Xiva xonligining bo‘ysindirilishini o‘rganish.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi, kirish, 2 bob, 2 bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.


II. Asosiy qism. I. BOB. Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari.
1.1. Chor Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari.
Qadimiy xalqimiz o‘zining bir necha ming yillik tarixi davomida ko‘plab mashaqqatli davrlarni boshidan kechirdi. Mana shunday mashaqqatli davrlardan biri podsho Rossiyasi bosqini va mustamlakachiligi davridir. Sho‘rolar davrida bu bosqin va mustamlakachilik «O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi», «O‘rta Osiyo Rossiya himoyasida» iboralari bilan xalqdan, o‘quvchilardan bekitib kelindi. Barcha adabiyotlar, darslik, qo‘llanmalar bu iboralarga moslashtirildi. Faqat erishgan istiqlolimizgina haqqoniy tariximizni yaratish va o‘rganishga imkon yaratdi. Tariximizdagi oq va qora dog‘lar ochib tashlandi. Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi va keyingi sho‘rolar istibdodining 130 yili davrida «...xalqimiz boshiga ne-ne kulfatlar, baloyu ofatlar yog‘ilmadi». Ular ham barcha bosqinchilar singari xalqimizning ma’naviy, madanii, tarixiy merosini yo‘q qilish, undan judo etish siyosatini tutdilar. Rus podshosi general Skobelevning : «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning ma’daniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi», degan so‘zlari ham ular tutgan siyosatni tasdiqlab turibdi. Mana shunday murakkab, mudhish yillarda ham ozodlik va xurlikka intilgan xalqimiz o‘z milliy tafakkuri, urf-odoblari, turmush tarzi, o‘z nasl-nasabini saqlab qola oldi. « O‘z tarixini bilgan va undan ruhiy quvvat oladigan xalq» gina yengilmas ekanligi yana bir bor isbotlandi. Xalqimizning ezgu tarixini dam, mudhish tarixini ham bilish kishilarimizga, ayniqsa yoshlarimizga kuch-quvvat bag‘ishlabgina qolmay, ularda Vatan tuyg‘usi hissini ko‘chaytiradi. Buning ustiga bugungi xayotning o‘zi turli-tuman g‘oyalar kurashidan, baxs, muzokaralardan iboratdir. «Ammo hamma gap,-deb ta’kidlagan edi I.A. Karimov milliy mafkura va milliy g‘oya hususida «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida,-har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sergak bo‘lishda». Biz bilan bugun baxsu-muzokara qiladigan mavzu xalqimizning 130 yillik istibdodining boshlang‘ich davri bo‘lgan mudhish tariximizga bag‘ishlanadi. Dunyodagi barcha mustamlakachi imperiyalar kabi Rossiya imperiyasi ham boshqa xalqlar yerlarini, boyliklarini bosib olishdek tajovuzkorona tashqi siyosat olib bordi. Bularga Qozon, Astraxan, Qrim, Sibir xonliklarini, Kavkazni Rossiya tomonidan bosib olinishi bunga misol bo‘la oladi. Biroq Rossiya O‘rta Osiyoni bosib olish maqsadlarida Angliya manfaatlari bilan to‘qnash kelib qoldi. 1764 yili Hindistondan Fransiyani siqib chiqarilib, uning mustamlakasiga aylantirilishi natijasida Buyuk Britaniya «nigohini» O‘rta Osiyoga qaratilishi Rossiyani tashvishga solib qo‘ydi va bu ikki imperiya o‘rtasida o‘zaro raqobat ko‘chaydi. Inglizlar josuslik maqsadlarida 1824 yili Markfordni, 1831 yili A. Byornsni Buxoroga, 1843 yili kapitan Ebbortni Xivaga, Volyerni Buxoroga yuborib, O‘rta Osiyo to‘g‘risida ma’lumotlar to‘play boshladilar. 1838-1842 yillarda ingliz-afton urushlari natijasida mag‘lubiyatga uchrasada O‘rta Osiyo bozorini qo‘lga kiritish maqsadidan voz kechmagan edi. Angliya hukumati 1841-1842 yillarda o‘z maqsadlarini ko‘zlab Rossiyaning O‘rta Osiyoni istilo qilishining oldini olish maqsadlarida Stoddart va Kannolini xonliklariga maxsus missiya bilan yubordi. Xonliklarning harbiy kuchlarini birlashtirishga Qo‘qon va Xiva xonlari (Sheralixon va Olloqulixon) rozi bo‘lishdi. Buxoro amiri Nasrullaxon esa ingliz elchilarini qatl qildirdi. Chor Rossiyasi va xonliklar o‘rtasida nifoq urug‘ini sochib, undan ustakorona foydalandi. Podsho Rossiyasining O‘rta Osiyoni tezroq eg‘allashidan asosiy maqsadlari nimalardan iborat edi?1. Bu davrda Rossiya - G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHdan iqtisodiy jihatdan orkada qolayotgan edi: 1860 yil Rossiya Fransiyadan 7,2 barobar, Germaniyadan 9 barobar, Angliyadan 18 barobar kam sanoat mahsuloti ishlab chiqargan edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotining sifati past, tannarxi esa yuqori edi. Shu sababli rus tovarlari “Yevropa bozorida raqobatga bardosh beraolmas edi. Rossiya uchun yangi bozor tekin xom-ashyo manbai kerak edi. 2. 1855-1857 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‘lubiyatga uchrashi natijasida Bolqondagi «orzusini» amalga olmaganligi O‘rta Osiyoning ahamiyatini yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan urushda Angliyani Turkiya tomonidan turib Rossiyaga qarshi urushganligi uchun «otni qamchilab O‘rta Osiyoni bosib olish unga dimlomatiya tarsakisini» bermoqchi bo‘ldi. 3. AQSHdagi 1861-1862 yildagi fuqarolar urushi natijasida Amerika paxtasini Yevropa va Rossiyaga kelmay qolishi natijasida Rossiya yengil to‘qimachilikni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Natijada Rossiyaning O‘rta Osiyoga nisbatan tajovuskorlik harakati tezlashdi. O‘rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib olinishi istilochilik va bosqinchilik harakati edi”5.

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish