Mavzu: “ Chor Rossiya tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olinishi” Reja: I. Kirish. II. Asosiy qisim


Buxoro amirligining Chor Rossiyasi vassaliga aylantirilishi



Download 5,11 Mb.
bet6/12
Sana08.07.2022
Hajmi5,11 Mb.
#758788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Chor Rosssiya rasm

2.2. Buxoro amirligining Chor Rossiyasi vassaliga aylantirilishi.
General Kaufman o`rta Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qo`lga kiritish bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlikning harbiy kuchi Qo`qon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar tufayli zaiflashgan edi. Kaufman Turkiston general-gubernatorligi bilan Buxoro amirligi chegaralarini puxta o`rganib chiqib, amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga o`zgartirilgan yangi variantini tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi. Shunda Kaufman uni general-gubernatorlik chegaralariga bosib kirishga tayyorgarlik ko`rishda ayblab, 4 mingdan ziyod askardan iborat harbiy otryad to`pladi va 1868-yil aprelda Samarqandnibosib olishga kirishdi, biroq uning amir Muzaffar qo`shinini Samarqandga to`plagan, deb qilgan taxmini tasdiqlanmadi.
Buxoro qo`shinlari Cho`ponota tepaligida yaxshi o`rnashib olgan edi. Samarqandga olib boruvchi uchala yo’1 ham, shuningdek, Zarafshon kechuvi ham buxoroliklar tomonidan to`pga tutildi. 1868-yil 1 -mayda Kaufman tepalikka hujum qilishni buyurdi. Podsho armiyasi askarlarini Buxoro sarbozlari miltiq va to`pdan tinmay o`qqa tutib turganiga qaramay, Zarafshon irmog`idan ko`krak qadar suv kechib, Cho`ponota tepaligiga jadal ko`tarila boshlashdi. Ular shunchalik jadal qamrab kelardiki, sarbozlar chekinishga majbur bo`ldilar. Buxoro qo`shinining ilg`or jangovar qismi tor-mor qilindi.
Keyingi kun Zirabuloq tepaligida ikkinchi jang bo`lib o`tdi. Qanchalik qarshilik ko`rsatmasin, Buxoro amiri qo`shini mag`lubiyatga uchradi. 2-may kuni podsho qo`shinlari Samarqandga jangsiz kirib kelishdi. Kaufman Samarqand bekligini berish, "harbiy xarajatlarni" to`lash va 1865-yildan buyon Turkiston o`lkasida qo`lga kiritilgan barcha narsani Rossiyaniki deb e’tirof etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, amir Muzaffarga maktub yo`lladi, biroq javob ololmadi.
General Kaufman nazardan qochirgan kuch mavjud bo`lib, bu — xalq qarshiligi edi. Samarqand yaqinidagi Urgut shahrida xalq lashkari to`plana boshladi. Kaufman polkovnik Abramovni Urgut aholisi huzuriga taslim bo`lish taklifi bilan jo`natdi. Himoyachilar unga javoban miltiqlardan o`qqa tutish bilan javob berdilar. Hujum boshlanib, podsho qo`shinlari otryadlaridan biri shaharga yorib kirishga muvaffaq bo`ldi. Shahar ko`chalari va bog`larida jang boshlanib ketdi. Himoyachilar qattiq qarshilik ko`rsatishar, ko`pincha o`zlari hujumga o`tib, kutilmaganda hujumchilarning orqasida paydo bo`lib qolishardi. Yo`llarda har 120—150 qadamda uyumlar bo`lib, shahar himoyachilari ularning ortiga yashirinishardi. Urgutda podsho qo`shinlari artilleriyasi hal qiluvchi rol o`ynadi, kartech otib, shahar himoyachilariga katta talafot yetkazdi. Kuchlar jihatdan noteng bo`lgan jang kunduzi soat uchda tugadi. Podsho qo`shinlarining ilg`or otryadi shahar qal’asini egalladi va qarshilik to`xtatildi. Urgut himoyachilari mag`lub bo`lishdi, so`ng Kattaqo`rg`on shahri egallandi. Bu paytda aholining Samarqandni ozod etish uchun kurashiga Kitob hokimi Bobobek va Shahrisabz hokimi Jo`rabek boshchilik qilishdi. Ular podsho qo`shinlari uchun kutilmagan bir vaqtda kelib qolishdi. 1868-yil 2-iyunda xalq lashkari otryadlari shaharga kirishdi va samarqandlik qo`zg`alonchilar bilan birgalikda podsho qo`shinlari garnizoni joylashib olgan shahar qaFasiga hujum qilishdi. QaPada qamalda qolganlar yordam so`rab, Kaufman huzuriga ketmaket chopar jo`natishdi. Jami 20 askar jo`natildi, biroq ulardan atigi bir nafari Kaufman huzuriga yetib bordi. Chopar: "Bizni o`rab olishgan, uzluksiz hujum qilishmoqda, talafot ko`p, ko`mak kerak...", deb yozilgan maktub keltirdi. Xabar 6-iyun kuni kechqurun olindi va otryad yordam berish uchun zudlik bilan yo`lga tushdi. Qo`zg`alon qilayotgan xalq qal’ani egallashga urinib, 4-iyundan 7-iyungacha kuniga bir necha martadan hujum qilardi. Ikki tomondan ko`plab talafot berilayotganiga qaramay, otishma to`xtamasdi. Tunda nisbatan sukunat bo`lardi. 8-iyunda qal’a garnizonini qutqarish uchun Kaufman yetib keldi. Yaxshi jangovar ta’lim olgan muntazam qo`shinlar qo`zg`alonchilar hujumini qaytardi. Qo`shinning qolgan qismi Samarqanddagi podsho qo`shinlari garnizoniga yordamga kelgan general Kaufman qo`mondonligi ostidagi qo`shinlar tomonidan Zirabuloq do`nglildarida tor-mor qilindi. Birlashgan qo`shinlar Samarqandni tark etib, toqqa chiqib ketishdi yoki atrofdagi qishloqlarga tarqalib ketishdi. Shaharga yana podsho qo`shinlari kirib kelishdi.



Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish