174
15-AMALIY MASHG’ULOT
Materialshunoslikda qo’llaniladigan pechlar bilan tanishish. Uglerodli
po’latlarning termik ishlashining ular tuzilishiga va mexanik
xos salariga ta’siri
Ishdan maqsad: Bir necha xil markali po’latlarga termik ishlov beri ko’nikmalariga ega
bo’lish.
Masalaning qo’yilishi:Termik ishlashda sovish tezligining po’latning qattiqligiga
ta’sirini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Bir necha xil markali po’latlar, qizdirish pechlari, dag’al
qumqog’ozlar, qattiqlikni o’lchovchi Brinell va Rokvell uskunalari.
Ishni bajarish uchun namuna:
Ma’lumki, po’lat zagotovkalarni termik ishlashda
ularni zarur haroratgacha
qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt saqlangach, turli tezlikda sovitiladi. Bunda
ularning kimyoviy tarkibi o’zgarmasa ham tuzilishi o’zgarishi hisobiga mexanik va
texnologik xossalari o’zgaradi. A. A. Bochvar tasnifiga ko’ra termik ishlash 1-xil
yumshatish, 2-xil yumshatish, toblash va bo’shatishlarga ajratiladi. 1-xil yumshatishda
fazada o’zgarishlar bormaydi. Bu xil yumshatishlarga diffuzion,
qayta kristallanish va
ichki zo’riqish kuchlanishlarini kamaytirish uchun olib boriladigan yumshatishlar
kiradi. 2- xil yumshatish faza o’zgarishlar bilan boradi. Bu xil yumshatishlarga to’la va
chala yumshatishlar, normallashlar kiradi. Tubanda uglerodli po’latlarni termik
ishlashda tuzilish o’zgarishlarini Fe—Fe
3
S holat diagrammasining tegishli sohalarini
kuzataylik. Ma’lumki, perlit tuzilishli evtektoid po’lat zagotovkani
uy haroratida asta-
sekin
qizdirib borsak, u Ac1 kritik harorat (727°S) da austenitga o’tadi. Ferrit
bilan
perlit tuzilishli evtektoidgacha bo’lgan po’latlarni asta-sekin qizdirib borsak, perlit
faza Ac1 kritik haroratda austenitga o’tadi, haroratning yanada ko’tarilishida ferrit faza
austenitda eriy boshlab, As
3
kritik haroratda esa batamom eriydi.
Agar perlit bilan ikkilamchi tsementit tuzilishli evtektoiddan keyingi po’latlarni
asta-sekin qizdirib borsak, perlit faza As
x
kritik haroratda austenitga o’tadi.
Haroratning yanada ko’tarilishida ikkilamchi tsementit austenitda eriy boshlab, u As
t
kritik haroratda batamom eriydi.
19
Yuqoridagi ma’lumotlardan ma’lumki, Fe—Fe
3
C holat diagrammasidagi GSE
chizig’i kritik haroratdan yuqoriroq haroratda po’latlar austenit tuzilishli bo’ladi. Savol
tug’iladiki, nima uchun po’latlarni to’la yumshatishda, toblashda,
normallashda ularni
As
z
kritik haroratdan 30-50°S gradus yuqoriroq qizdirish zarur? Ko’zatishlar
ko’rsatadiki, po’latlarni qizdirishda ularning donalar o’lchami qaytarilganlik darajasiga
ko’ra turli tezlikda yiriklashadi. Masalan, yaxshi qaytarilmagan evtektoid po’latlarning
donalar o’lchami As
1
+ 30/50°S haroratgacha o’zgarmasa-da bu haroratdan yuqoriroq
haroratda keskin yiriklashadi. Yaxshi qaytarilgan po’latlarda esa donlar o’lchamining
keskin o’zgarishi 900-950°S haroratga to’g’ri keladi. Buning boisi shundaki, donalar
aro joylashgan oksidlar, nitridlar, sulьfidlar va boshqa birikmalar
shu haroratga qadar
donlar o’sishiga qarshilik ko’rsatadi, lekin harorat 900-950°S ga yetganda ularning
austenitda erishi yuz beradi. Binobarin, ular donlar o’sishiga qarshilik ko’rsata
olmaydilar. Po’latlarning bu xususiyatini qizdirish haroratlarini belgilashda e’tiborga
19
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons.UK 2014 (365-370 р.)
175
olish kerak. Agar po’latlarni bu kritik haroratdan o’ta qizdirilsa masalan, 1000-1100°S
gacha austenit donlar yiriklashib ketadi. Ma’lumki, donlar qancha yirik bo’lsa, ular
shuncha mo’rt bo’ladi. Agar po’latlarni AE chizig’ida (Fe—Fe
3
C diagrammasiga
qarang)
yaqin haroratga qizdirilsa, yirik donli po’lat havo kislorodi hisobiga kuyib,
zagotovka ishga yaroqsiz holga keladi. Demak, po’latlarni termik ishlashda qizdirish
haroratini po’lat markasiga ko’ra to’g’ri belgilashning ishlash sifatiga va ish
unumdorligiga ahamiyati g’oyat katta. Termik ishlashda pechlar termojuftli
potentsiometr bilan jihozlangan bo’lib, pechni zarur haroratda sao’laydi. (SHu bilan
birga ba’zan amalda metallarni qizdirishda ularning cho’g’lanish ranglaridan ham
foydalanish mumkin.
20
Ikkinchi tomondan, masalan, evtektoid po’latni austenit holatidan, sekin
sovutishda austenitda uglerodning erish qobiliyati kamayishi
sababli undan uglerod
ajralib, tsementit hosil bo’ladigan markazlarni yuzaga keltiradi. Austenitlarning sovish
tezligini rostlash ila perlit donalari o’lchamini o’zgartirish mumkin. Quyida po’latlarni
termik ishlash usullar va ularni qanday bajarish xaqida ma’lumotlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: