1 — sinf (165 soat)
Narsalarning xossalari va narsalarning guruhlari. Geometrik shakllar. Fazoviy va vaqtiy tasavvurlar (10 soat)
Narsalarning asosiy xossalari: rangi, shakli', o'lchami, materiali. Narsalarni o'lchamlari bo'yicha taqqoslash: uzun-qisqa, keng- tor, baland-past, yo'g'on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam; rangi, shakli, materiali bo'yicha. Fazoviy tasavvurlar, narsalarning o'zaro joylashuvi; ustida-ostida (baland-past), chapda-o'ngda (chaproq-o'ngroq), oldin, keyin, orasida, yonida va hokazo.
Harakat yo'nalishi: chapdan o'ngroqqa, o'ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga.Narsalar guruhlarini taqqoslash: ko'p, kam, shuncha, ...ta ortiq (kam).Narsalar (birxil, harxil). Narsalar guruhlaridan berilgan xossaga ega bo'lgan (rangi, o'lchami, shakli, vazifasi) bitta yoki bir nechta narsani ajratish."Har biri", "hammasi", "... dan boshqa hammasi", "qolganlari" va hokazo tushunchalar.
1 dan 20 gacha bo'lgan sonlarning atalishi. Ketma-ketligi va narsalar sanog'i. Aylana, kvadrat, uchburchak. 1 dan 5 gacha bo'lgan sonlar. Raqamlash (18 soat)
Natural sonlar qatoridan birinchi o'nlik sonlarning atalishi va ketma-ketligi. Narslarni (asosiy narsalar va ularning tasvirlanishi, harakatlar, ovozlarni chiqarib) to'g'ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari bilan hosil qilish, o'qish va belgilash. Berilgan songa 1 ni qo'shish bilan undan keyin keladigan sonni hosil qilish, sondan 1 ni ayirish bilan bevosita undan oldin keladigan sonni hosil qilish. Miqdor va tartibli sanoq tushunchalari. Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik), "=", "+", "-", ">", "<" belgilari. Hisoblashda "+", "-"belgilari. 2, 3, 4, 5 sonlarining ikki kichik sondan iborat tarkibi.
Narsalarni sanash yordamida oddiy arifmetik masalalar yechish. 6 dan 10 gacha bo'lgan sonlar. 0 soni. Raqamlash (17 soat)
6 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni o'qish va yozish. 10 ichida narsalarni to'g'ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni taqqoslash (katta, kichik, teng, teng emas). 0 soni va uni belgilash. Yig'indi va ayirmani topishga doir oddiy arifmetik masalalar (narsalar ustida amaliy ishlar, hisoblashlar yordamida rasmlardan foydalanilgan holda). Vaqt tasavvurlari: avval, keyin, oldin, oldinroq, keyinroq.
Narsalarning uzunligi. Shartli o'lchov asbobi yordamida narsaning uzunligini o'lchash.To'g'ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzo`nligi. Uzunlik birligi - santimetr. 10 ichida sonlarni taqqoslash. 10 ichida qo'shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (47 soat)
Qo'shishning asosiy xossalari. Qo'shishda 0 ning xossasi. Ayirishning xossasi. Ayirishda 0 ning xossasi. Qo'shish amalining tarkibiy qismlari (birinchi qo'shiluvchi, ikkinchi qo'shiluvchi, yig'indi) va ayirish amalining tarkibiy qismlari (kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma). Qo'shish bilan ayirish orasidagi munosabat. Qo'shishning o'rin almashtirish xossasi.
Hisoblash usullari:
Bo'laklab qo'shish usuli, sonlarning o'rinlarini almashtirish;
Bo'laklab ayirish va ayirish bilan qo'shish orasida bog'lanishga asoslangan ayirish usuli. Bir xonali songa 0,1, 2, 3, 4 ni qo'shish (10 ichida). Bir xonali songa 5, 6, 7, 8, 9 ni qo'shish.
0,1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ni ayirish (10 ichida). 10 ichida qo'shish jadvali, xuddi shunday ayirish amali uchun.
Quyidagi ko'rinishdagi ayirish va qo'shishni bajarish: 9-9, 0+5, 7- 0, 8+0.
l v a 2 amalli sonli ifodalarni o'qish, yozish va qiymatini topish. (qavssiz misollar).
Berilgan sondan bir necha birlik katta yoki kichik bo'lgan sonni topish. Yig'indini, qoldiqni, noma'lum qo'shiluvchilarni topish, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish) va taqqoslashga oid (amaliy ish va rasmlar, qisqa yozuv bo'yicha, to'liq bo'lmagan narsalar ko'rgazmasi asosida) sodda arifmetik masalalrni yechish. Arifmetik amallarni qo'shish va ayirishga doir matnli masalalrni yechish.
Kilogramm va litr haqida tushuncha. Masala yechimini yozish.
Nuqta. To'g'ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzo`nligi. Santimetr uzo`nlik birligi, elgilanishi - sm. Ko'pburchaklar. Ularning tasniflari. To'rtburchakning harxil turlari. Santimetr yordamida kesmaning uzo`nligini o'lchash. Chizg'ich yordamida berilgan uzo`nlik asosida kesma chizish.Kesma uzo`nligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish.
Kesmalarni chizg'ich yordamida ayirmali taqqoslash.Tanish geometrik shakllarning ko'rinishini o'zgartirish. 11 dan 100 gacha bo'lgan sonlar. Raqamlash. Geometrik shakllar ( 20 soat)
10 hisoblash birligi si fat id a. O'nliklar bilan sanash. 20 ichida bo'lgan sonlarni o'qish va yozish. 11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarning o'nlik tarkibi. 11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni taqqoslash.
1 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni aytish va ular ketma-ketligi.
Quyidagi ko'rinishdagi qo'shish va ayirish: 14+1,18-1,10+3,15- 5,16-10.
Ayirish amali bilan sonlarni taqqoslash.21 dan 100 gacha sonlarni o'qish va yozish.
Ularning o'nlik tarkibi. Bir xonali va ikki xonali sonlar. Sanashda ketma-ketlik tartibi.
Tarkibli masala bilan tanishtirish. Sonni bir necha birlikka orttirish (kamaytirish) va yig'indini topishga; yig'indiga sonni qo'shish; songa yig'indini qo'shish; yig'indidan sonni ayirishga doir masalalar yechish.
Uzunlik birliklari - detsimetr, metr, ularning belgilanishi: dm, m. Ular orasidagi munosabat. Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (santimetr, detsimetr yordamida).
Oddiy shakllarni murakkab shaklga aylantirish va aksincha. 100 ichida qo'shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (34 soat).
100 ichida sonlarni og'zaki qo'shish va ayirishda qo'shish va ayirish xossaiarini qo'liash.
Nol bilan tugaydigan ikki xonaii sonlarni qo'shish va ayirish. Ikki amalli ifodaiarda amailarni bajarish tartibi, qavslardan foydaianish.
Hafta. Hafta kunlari va sanog'i.
Quyidagi ko'rinishdagi qo'shish va ayirishlarni bajarish: 25+3, 30+24, 36-2, 36-20,
42+25, 58-28, 58-55, 26+4, 30-4, 38+42, 74+26, 60- 24, 100-7, 100-62.
Noma'lum kamayuvchini, noma'lum ayiruvchini topishga doir oddiy masalalar yechish.
Bir nech birlikka orttirish (kamaytirish)ga doir tarkibli masalalar yechish. Yig'indi, uchinchi qo'shiluvchini topishga doir, sonni yig'indiga qo'shish va yig'indini songa qo'shishga doir masalalar yechish. Qo'shish va ayirishga doir turli tarkibli masalalar.
O'tilganlarni birtizimga solish va umumlashtirish (19 soat)
Do'stlaringiz bilan baham: |