Matematika o`qitish metodikasi



Download 13,8 Mb.
bet51/175
Sana14.07.2022
Hajmi13,8 Mb.
#797202
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175
Bog'liq
2 курс Мажмуа МЎМ-20

1 - sinf matematikasi uchun o'quv dasturi
1 - sinf da o'quvchilar ikki o'nlik ichidagi, ya'ni, 1 dan 20 gacha bo'lgan sonlarning nomlari (atalishlari) bilan tanishadilar. Bu esa, xususan, o'quvchilarda narsalarni sanash malakasini hosil qilish uchun qo'llaniladi.
1 - yarim yillikda o'quvchilar matematik amallar nomlari, tarkibiy qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari o'quvchilar matematik belgilarning ba'zi elementlari
- amal ishoralari (plyus - qo'shish, minus - ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan tanishishlari hamda 2 + 6 (2 va 6sonlariyig'indisi), 9-2 (9 va 2 sonlariayirmasi) va boshqa shunga o'xshash eng sodda matematik ifodalarni o'qish va yozishni o'rganib olishlari kerak.
3 + 3 va 7 + 3, 6 + 3 va 6 - 3 ko'rinishidagi ifodlarni taqqoslashga doir mashqlarni bajarishda bolalar bu ifodalar orsidagi o'xshash va farli xususiyatlarni ko'radilar va shu asosda ularningqiymatlari teng yoki teng emasligi, agar teng bo'lmasa, u holda berilgan ifodlardan qaysinisining qiymati katta (kichik) degan savollarni hal qiladilar. Chiqarilgan xulosa xar doim asoslanishi, so'ngra hisoblashlar yordamida tekshirilishi kerak. 1 - sinfda matematika o'qitishda o'quvchilarda og'zaki hisoblaslarning puxta ko'nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.

Dasturda 10 gacha, 100 gacha bo'lgan sonlar bilan qo'shish va ayirish amallarini bajarish o'rtasida uzviy aloqa o'rnatilgan. 10 ichida raqamlash hamda qo'shish va ayirishni o'rgangandan keyin 11 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni raqamlashga, 100 ichida sonlarni xonadan o'tmasdan qo'shish va ayirishga to'xtab o'tish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan o'qituvchi bolalarga nafaqat jadvalni eslab qolishlari uchun o'z vaqtida ko'rsatma beribgina qolmay, balki uni o'zlashtirishlari uchun zaruriy kundalik tayyorgarlik ishlarini ham olib boradi.


100 ichida sonlarni qo'shish va ayirishda oldin sonni yig'indiga, so'ngra yig'indini songa qo'shishning harxil usullari qaraladi. Shundan keyin esa yig'indini yig'indiga qo'shish va yig'indidan yig'indini ayirish qaraladi. O'quvchilar yig'indi va ayirmaning asosiy xossalaridan kelib chiqadigan qoidalar bilan tanishadilar. Bu qoidalardan foydalanib, ular og'zaki hisoblash, undan keyin esa yozma hisoblashning harxil usullarini ongli, tushunib o'zlashtiradilar, yechishning eng maqbul yo'llarini izlashni o'rganadilar.
Hisoblashlarning ravon va tez bo'lishiga katta e'tibor berilishi kerak. Shu bois qo'shish va ayirishga doir u yoki bu misolning yechilishini mufassil tushuntirishdan o'quvchi yo'l qo'ygan xatoliklarni tushuntirishda zarur bo'lib qolganda foydalanish kerak.
Tez hisoblash malakalarini shakllantirish uchun yechishni mufassil tushuntirishdan og'zaki, qisqa va lo'nda tushuntirishlarga o'z vaqtida o'tishni ta'minlash muhimdir.
1 — sinf (165 soat)

Narsalarning xossalari va narsalarning guruhlari. Geometrik shakllar. Fazoviy va vaqtiy tasavvurlar (10 soat)
Narsalarning asosiy xossalari: rangi, shakli', o'lchami, materiali. Narsalarni o'lchamlari bo'yicha taqqoslash: uzun-qisqa, keng- tor, baland-past, yo'g'on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam; rangi, shakli, materiali bo'yicha. Fazoviy tasavvurlar, narsalarning o'zaro joylashuvi; ustida-ostida (baland-past), chapda-o'ngda (chaproq-o'ngroq), oldin, keyin, orasida, yonida va hokazo.
Harakat yo'nalishi: chapdan o'ngroqqa, o'ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga.Narsalar guruhlarini taqqoslash: ko'p, kam, shuncha, ...ta ortiq (kam).Narsalar (birxil, harxil). Narsalar guruhlaridan berilgan xossaga ega bo'lgan (rangi, o'lchami, shakli, vazifasi) bitta yoki bir nechta narsani ajratish."Har biri", "hammasi", "... dan boshqa hammasi", "qolganlari" va hokazo tushunchalar.
1 dan 20 gacha bo'lgan sonlarning atalishi. Ketma-ketligi va narsalar sanog'i. Aylana, kvadrat, uchburchak. 1 dan 5 gacha bo'lgan sonlar. Raqamlash (18 soat)
Natural sonlar qatoridan birinchi o'nlik sonlarning atalishi va ketma-ketligi. Narslarni (asosiy narsalar va ularning tasvirlanishi, harakatlar, ovozlarni chiqarib) to'g'ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni 1, 2, 3, 4, 5 raqamlari bilan hosil qilish, o'qish va belgilash. Berilgan songa 1 ni qo'shish bilan undan keyin keladigan sonni hosil qilish, sondan 1 ni ayirish bilan bevosita undan oldin keladigan sonni hosil qilish. Miqdor va tartibli sanoq tushunchalari. Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik), "=", "+", "-", ">", "<" belgilari. Hisoblashda "+", "-"belgilari. 2, 3, 4, 5 sonlarining ikki kichik sondan iborat tarkibi.
Narsalarni sanash yordamida oddiy arifmetik masalalar yechish. 6 dan 10 gacha bo'lgan sonlar. 0 soni. Raqamlash (17 soat)
6 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni o'qish va yozish. 10 ichida narsalarni to'g'ri va teskari tartibda sanash. Sonlarni taqqoslash (katta, kichik, teng, teng emas). 0 soni va uni belgilash. Yig'indi va ayirmani topishga doir oddiy arifmetik masalalar (narsalar ustida amaliy ishlar, hisoblashlar yordamida rasmlardan foydalanilgan holda). Vaqt tasavvurlari: avval, keyin, oldin, oldinroq, keyinroq.
Narsalarning uzunligi. Shartli o'lchov asbobi yordamida narsaning uzunligini o'lchash.To'g'ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzo`nligi. Uzunlik birligi - santimetr. 10 ichida sonlarni taqqoslash. 10 ichida qo'shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (47 soat)
Qo'shishning asosiy xossalari. Qo'shishda 0 ning xossasi. Ayirishning xossasi. Ayirishda 0 ning xossasi. Qo'shish amalining tarkibiy qismlari (birinchi qo'shiluvchi, ikkinchi qo'shiluvchi, yig'indi) va ayirish amalining tarkibiy qismlari (kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma). Qo'shish bilan ayirish orasidagi munosabat. Qo'shishning o'rin almashtirish xossasi.
Hisoblash usullari:

  1. Bo'laklab qo'shish usuli, sonlarning o'rinlarini almashtirish;

  2. Bo'laklab ayirish va ayirish bilan qo'shish orasida bog'lanishga asoslangan ayirish usuli. Bir xonali songa 0,1, 2, 3, 4 ni qo'shish (10 ichida).

Bir xonali songa 5, 6, 7, 8, 9 ni qo'shish.
0,1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 ni ayirish (10 ichida).
10 ichida qo'shish jadvali, xuddi shunday ayirish amali uchun.
Quyidagi ko'rinishdagi ayirish va qo'shishni bajarish: 9-9, 0+5, 7- 0, 8+0.
l v a 2 amalli sonli ifodalarni o'qish, yozish va qiymatini topish. (qavssiz misollar). Berilgan sondan bir necha birlik katta yoki kichik bo'lgan sonni topish.
Yig'indini, qoldiqni, noma'lum qo'shiluvchilarni topish, sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirish) va taqqoslashga oid (amaliy ish va rasmlar, qisqa yozuv bo'yicha, to'liq bo'lmagan narsalar ko'rgazmasi asosida) sodda arifmetik masalalrni yechish.
Arifmetik amallarni qo'shish va ayirishga doir matnli masalalrni yechish. Kilogramm va litr haqida tushuncha. Masala yechimini yozish.
Nuqta. To'g'ri chiziq kesmasi. Kesmaning uzo`nligi. Santimetr uzo`nlik birligi, elgilanishi - sm.
Ko'pburchaklar. Ularning tasniflari. To'rtburchakning harxil turlari. Santimetr yordamida kesmaning
uzo`nligini o'lchash. Chizg'ich yordamida berilgan uzo`nlik asosida kesma chizish.Kesma uzo`nligini berilgan sondagi santimetrlarga qadar kattalashtirish va kichraytirish.
Kesmalarni chizg'ich yordamida ayirmali taqqoslash.Tanish geometrik shakllarning ko'rinishini o'zgartirish.

11 dan 100 gacha bo'lgan sonlar. Raqamlash. Geometrik shakllar ( 20 soat)


10 hisoblash birligi si fat id a. O'nliklar bilan sanash. 20 ichida bo'lgan sonlarni o'qish va yozish.
11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarning o'nlik tarkibi. 11 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni taqqoslash.

1 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni aytish va ular ketma-ketligi.


Quyidagi ko'rinishdagi qo'shish va ayirish: 14+1,18-1,10+3,15- 5,16-10.

Ayirish amali bilan sonlarni taqqoslash.21 dan 100 gacha sonlarni o'qish va yozish. Ularning o'nlik tarkibi. Bir xonali va ikki xonali sonlar. Sanashda ketma-ketlik tartibi.


Tarkibli masala bilan tanishtirish. Sonni bir necha birlikka orttirish (kamaytirish) va yig'indini topishga; yig'indiga sonni qo'shish; songa yig'indini qo'shish; yig'indidan sonni ayirishga doir masalalar yechish.
Uzunlik birliklari - detsimetr, metr, ularning belgilanishi: dm, m. Ular orasidagi munosabat.
Berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (santimetr, detsimetr yordamida).

Oddiy shakllarni murakkab shaklga aylantirish va aksincha.


100 ichida qo'shish va ayirish. Geometrik shakllar va kattaliklar (34 soat).
100 ichida sonlarni og'zaki qo'shish va ayirishda qo'shish va ayirish xossaiarini qo'liash.

Nol bilan tugaydigan ikki xonaii sonlarni qo'shish va ayirish. Ikki amalli ifodaiarda amailarni bajarish tartibi, qavslardan foydaianish.


Hafta. Hafta kunlari va sanog'i.
Quyidagi ko'rinishdagi qo'shish va ayirishlarni bajarish: 25+3, 30+24, 36-2, 36-20, 42+25, 58-28,
58-55, 26+4, 30-4, 38+42, 74+26, 60- 24, 100-7, 100-62.

Noma'lum kamayuvchini, noma'lum ayiruvchini topishga doir oddiy masalalar yechish.


Bir nech birlikka orttirish (kamaytirish)ga doir tarkibli masalalar yechish. Yig'indi, uchinchi qo'shiluvchini topishga doir, sonni yig'indiga qo'shish va yig'indini songa qo'shishga doir masalalar yechish. Qo'shish va ayirishga doir turli tarkibli masalalar.
O'tilganlarni birtizimga solish va umumlashtirish (19 soat)


3-mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o`itishda kompetesiyaviy yondashuv


Download 13,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish