Matematika o`qitish metodikasi


Mavzu: Uzunlik va yuza o’lchov birliklari



Download 13,8 Mb.
bet47/175
Sana14.07.2022
Hajmi13,8 Mb.
#797202
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   175
Bog'liq
2 курс Мажмуа МЎМ-20

Mavzu: Uzunlik va yuza o’lchov birliklari
REJA:

  1. Uzunlik o’lchov birliklari haqida tushuncha.

  2. Yuza o’lchov birliklari haqida tushuncha.

Dastlabki bosqichda o'qituvchi (ustoz) o'quvchilar mazkur miqdor haqida qanday tasavvurga ega ekanligi bilan qiziqadi. Bu maqsadga ikkita bir xil rangli, ammo turlicha uzo`nlikka ega bo'lgan qalamlar olib, o'quvchilarga ularni ta'riflab berishni taklif etadi. O'qituvchi bolalarning javobini yo'naltiruvchi savollar bilan ularning diqqatini aynan qalamlarning uzo`nligiga qaratadi, ya'ni ularning bin uzunroq, ikkinchisi qisqaroq ekanligini, qalamlarni bir-biriga taqqoslash yo'li bilan isbotlashga erishadi. O'qituvchi bunday mashqlarni yana boshqa predmetlarda, modellar, rasmlarda davom ettirib, o'quvchilarda har bir predmet uchun zaruriy bo'lgan sifat - uzo`nlik bo'lishini, ularni bir-biriga taqqoslash yo'li bilan va chamalash yo'li bilan aniqlash mumkinligini tushuntiradi..
Turli kesmalarni taqqoslash uchun o'lchamlardan foydalanish o'quvchilarning o'lchash jarayoni zaruriyatini anglashga tayyorlaydi. Masalan: doskada uzo`nliklari 90 sm va 120 sm bo'lgan ikki chiziq tortiladi. Bu chiziqlarni shunday joylashtirish kerakki, ularning qay biri uzun va qisqa ekanligini darhol asoslab berish iloji bo'lmasin (ularni taqqoslash iloji yo'q). O'qituvchi o'quvchiga uzo`nligi 30 sm bo'lgan o'lchamni berib, uning yordamida chiziqlarni bir - biriga taqqoslashni so'raydi. Erishilgan natija 3<4 tufayli shunday xu- losaga kelinadiki, chiziqlarning birinchisi ikkinchisidan qisqaroq ekan. Aynan, shunday mashq uzo`nligi 15 sm bo'lgan o'lcham bilan ham bajariladi. Natija 6<8 tufayli yana ilgarigi yakun - birinchi chiziq ikkinchisidan qisqaroq ekanligi ta'kidlanadi.
Keyingi o'quvchiga birinchi o'lchamni ikkinchi chiziqqa ko'yib, ikkinchi o'lchamni esa birinchi chiziqqa qo'yib o'lchashni tavsiya etadi.
Birinchi galda 4, ikkinchi galda 6 raqami chiqadi, ya'ni 4<6. O'qituvchi «birinchi chiziq ikkinchisidan uzunroq chiqayaptimi?», «Ehtmiol biz noto'g'ri o'ylagandirmiz?» deb so'raydi. Yuzaga kelgan vaziyat o'quvchilarda o'lchov jarayonida bu xil o'lchamlardan foydalanish za- ruriyatini tushunib yetishga xizmat qiladi. Bu holat esa miqdorlaming raqamli ifodasi o'lchov birligi bilan bog'liqligini tushunishga olib keladi. Bu tushunchani anglab etish turli mashqlar orqali erishiladi. Guruh ( sinf)larda, masalan quyidagi shaklda amaliy ishni o'tkazish mumkin. Har bir partaga zangori rangli o'lcham modeli va ikkita o'lchov kesmasi (biri qizil, ikkinchisi yashil ranglar) qo'yiladi.
O'qituvchi sinfga qarab chap tomonga o'tirganlar qizil o'lcham bi'an, o'ng tomonga o'tirganlar
«yashil o'lcham bilan o'lchaydilar» deydi. O'lchov davomida turlicha raqamlar chiqadi. Shunda o'qituvchi bolalar diqqatini tortib,»Bir narsa o'lchansa-yu,turlicha natija chiqishi mumkinmi?» deb savol beradi. O'quvchilar bu jarayon davomida turlicha o'lchov birliklari bilan o'lchaganlarini tu- shinib etishlari kerak.
Mana shunday topshiriqlarni ham berish mumkin: «Uch o'quvchi bir o'lchamni o'lchadilar (kesma avval daffarga chizib beri- ladi) bolalardan birining natijasi 8, ikkinchisi 4, uchinchisida 2 chiqdi. «Xo'sh, nega bunday chiqdi? Ularning qaysi biri to'g'ri?». O'quvchilar esa, o'lchov olib borgan bolalarning birinchisi o'lchov birligi sifatida bir katakni, ikkinchisi ikki katakni, uchinchisi to'rt ka- takni olganini anglab olishlari zarur bo'ladi.»Aniq o'lchov olib borgan bolalar o'lchov birligini aniq belgilab olib, ko'rsatib o'tganida barchasi haq bo'lar edi.»-degan hulosaga kelishlari Iozim. Shundan so'ng o'qituvchi doskadagi quyidagi shartli yozuvlarni ko'rsatadi. 8 ..,4...2
Ana shu kabi amaliy mashg'ulotlardan so'ng o'quvchilar uzo`nlikni o'lchash uchun o'lchov birligi
- santimetrni qo'llash zarur- ligi haqidagi xulosaga olib kelinadi. O'qituvchi bolalarni chizg'ich (lineyka) bilan tanishtirib, chizg'ich yordamida kesmalaming uzo`nligini o'lchash qoidalari tushuntiriladi. O'quvchilar bir nomdagi o'lchamlarda berilgan uzo`nliklarni qo'shish va ayirish, kesmalarini uzaytirish va qisqartirish, ularni taqqoslash, uzo`nliklar umumiy yig'indisi (jamlamasi) ni topish kabi mashqlarni bajaradilar.
Kesma uzo`nligi tushunchasi predmetlarni uzo`nligi bo'yicha taqqoslash asosida kiritiladi.
Amaliy ishlar so'zlar yordamida ifodalanishi bilan kuzatiladi. Uzo`nliklari bo'yicha "teng", "teng emas" so'zlarining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqaroq" kabi so'zlar bilan ifodalanadi.
1-sinfda santimetr, metr, detsimetr, kilogramm, ... o'lchovlari o'rganiladi.
O'quvchilar sm haqida ayoniy tasawur hosil qilishlari uchun sm modelini katakli qog'oz varag'idan taydalanib tushuntiriladi quvchilar:

  1. Berilgan kesmani o'lchash.

  2. Berilgan uzo`nlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishlari kerak. Bu masalani yechishning 2 ta usulini ajratish mumkin.

Birinchi usul - ustiga qo'yish usuli.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o'lchanayotgan yoki olinayotgan kesma santimetrining modellari bilan qoplanadi va ularning soni sanab chiqiladi. Bunday ish bolalarning har biri sm ni "payqashlarida", sezilarli yordam beradi.
Ikkinchi usul - qo'yib borish usulini ketma-ket bajarish.
O'quvchilar o'lchashda chizg'ichdagi chiziqlarni emas, balki kesmaga o'lchov necha marta joylashishini aniqlashni o'rganib ol- ganlaridan so'ng raqamlar bilan belgilashadi.
O'quvchilarni uzo`nlikni yangi birligi detsimetr bilan tanishtirishda ikkinchi o'nlikni o'rganish munosabati bilan boshlanadi. Detsimetr modeli yordamida o'lchashga doir ba'zi mashqlarni keltiramiz.

Download 13,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish