Uyga vazifa berish va darsni yakunlash.
54-55-topshiriqlar.
O‘quvchilarni baholash.
Reyting oynasidagi ballar hisoblanadi. Eng ko‘p ball yig‘gan o‘quvchi qizga “Sinfimiz bilimdon Malikasi”, o‘g‘il bolaga esa “Sinfimiz bilimdon Shahzodasi” degan toj kiydiriladi. Ballarni hisoblab, so‘mlarga aylantirib, “Tadbirkor” bankiga solib qo‘yiladi.
9-mavzu: Uzunlik mavzusida darslarni kuzatish va tahlil qilish Uzunlik o‘lchov birliklari jadvalini takrorlash.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O‘quvchilarga arifmetik amallarning nomlarini aniqlashtirish va bu amal belgilaridan foydalanish haqida bilim berish. Uzo`nlik o‘lchov birliklari jadvalini takrorlash, uzo`nlik o‘lchov birliklarini hayotda qo‘llay olish malakalarini rivojlantirish. TK1: fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish; FK1: arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida arifmetik amallarni bajara oladi.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mehnatni sevishga, ota-onalarini hurmat qilishga chaqirish, kasbga yo‘llash. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi. Ma’naviyat daqiqasi o‘tkaziladi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “klaster” metodi bilan uzo`nlik o‘lchov birliklarini esga oladilar. O‘qituvchi doskaga “uzo`nlik o‘lchov birliklari” deb yozilgan qog‘ozni ilib qo‘yadi. O‘quvchilar navbatdan chiqib, atrofiga uzo`nlik o‘lchov birliklaridan bilganlarini yoza boshlaydilar. Undan so‘ng har bir yozilgan birliklar yana davom ettiriladi. Masalan, sm o‘lchov birligini qayerda isglatish mumkin? Daftarda, dars davomida, kihik o‘lchovlarni o‘lchashda, kabi. Eng uzun o‘lchov birligi bo‘lgan km ni yo‘llarni o‘lchasda ishlatilishi yoritiladi.
II. Yangi mavzuning bayoni:
Yangi mavzu ekranda darslikning 117-topshirig‘i bilan tushuntiriladi.
Sonlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish arifmetik amallardir. Ularni ifodalash uchun maxsus belgilardan foydalaniladi. Agar ikkita son bu belgilardan biri bilan birlashtirilsa, u holda sonly ifoda hosil bo‘ladi. Sonli ifodani qiymatini bilish uchun unda keltirilgan amallarni bajarish kerak bo‘ladi.
29 va 65 sonlaring yig‘indisi 29 + 65
123 va 84 sonlarning ayirmasi 123 – 84
97 va 3 sonlarning ko‘paytmasi 97 ∙ 3
72 va 8 sonlarning bo‘linmasi 72 : 8
Shundan so‘ng darslikning 191-betida berilgan amal belgisi va ifodalarni o‘qiydilar. Darslikda berilgan ifodalarning qiymatlari qanday hisoblanganligini tushuntiradilar. Quyidagi ifodalarni hisoblaydilar.
42 000 + 2 = 42 002
42 000 – 2 = 41 998
42 000 : 2 = 21 000
42 000 ∙ 2 = 84 000
masala doskada tushuntirish bilan bajariladi. Tikuvchilik kasbiga qiziquvchi o‘quvchilarga shu kasbning afzalliklari va o‘ziga xos tomonlari aytib o‘tiladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
18 m dan – 9 ta kastum
34 m dan - ? ta kastum Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi va rag‘batlantiriladi.
Yechish: 1) 18 : 9 = 2 (m) bitta kastumga sarflanadigan mato
2) 34 : 2 = 17 (ta) tikilishi mumkin bo‘lgan kastumlar soni Javob: 34 m dan 17 ta kastum tikish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |