Dam olish daqiqasi.
Geometrik boshqotirma ekran orqali bajariladi
Pastdagi ikkita siniq bo‘lakdan kvadrat shaklini yasang. Har bir siniq bo‘lakka sichqonchani olib borganda, bu bo‘lakni harakatlantirish mumkin bo‘ladi.
masala doskada bajariladi. Masala sharti asosida kichik suhbat o‘tkazilib, tabiatni sevishga, uni ardoqlashga chaqiriladi. Maktab gulzorini obodonlashtirishga qanday hissa qo‘shish mumkinligi aytiladi. Masalaga qisqa shart tuziladi.
Chinni gullar – 30 ta va hamma gulning 1/3 qismi Hamma gullar – ? ta
Yechish: 30 ∙ 3 = 90 (ta)
Javob: do‘konga hammasi bo‘lib 90 ta chinni gul keltirilgan.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlashda ekran orqali “Tipratikan” trenajoridan foydalaniladi. Tipratikanga faqat mingliklar ustidan yurib, olmaga yetib borishida yordam bering. Tipratikan kerakli barglar ustidan yurib, olmaga yetib borishi kerak. Barglarda birliklar, yaxlit o‘nliklar, yuzliklar, mingliklar yozilgan bo‘ladi. Tipratikanga faqat mingliklar ustidan yurib, olmaga yetib borishi kerak.
Uyga vazifa berish.
Uyga vazifa qilib 74-misol va 75-misollar beriladi. 75-masala sharti tushuntiriladi.
O‘quvchilarni baholash va darsga yakun yasash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi va g‘olib guruh o‘quvchilari rag‘batlantiriladi.
8-mavzu: Ming va ko’p xonali sonlar konsentrida nomеrlash bo’yicha darslarni kuzatish va tahlil qilish
Birlar sinfi, minglar sinfi, millionlar sinfi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga raqamlar, raqamlashga oid tushunchalar, ko‘p xonali sonlar sinfi haqida tushuncha berish. TK2: diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli ob’yekt va hodisalarni taqqoslay olish; FK1: 0 dan 1000 000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy olish, yoza olish, taqqoslay olish, tartibga solish, modellarda tasvirlay olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga estetik va iqtisodiy tarbiya berish. TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash; TK5: zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini
tasvirlab berish.
Rivojlantiruvchi: didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar bilimini mustahkamkash, matematika faniga qiziqishlarini orttirish. FK2: o‘qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza olish, tuzilgan reja asosida ishlay olish va o‘z faoliyatini to‘g‘rilab olish.
Tashkiliy qism.
Darsning borishi:
O‘quvchilarni “Bank” o‘yini bilan tanishtirish.
“Bank” nima degani?
“Bank” - kredit moliya muassasasi.
Pul deganda nimani tushunasiz?
Pul yagona hisob-kitob vositasi hisoblanadi.
O‘quvchilar, sizlarning bilimlaringizni reyting usulda 1, 2, 3, 4, 5 ball bilan baholayman. Eng yuqori baho 5 ball. Reyting oynasi doskaga ilinadi. Oynada 36 ta raqam joylashtirilgan. Наr bir o‘quvchi o‘z tartib raqamiga ega bo‘lib, parta chetlarida bu raqamlar ko‘rsatib qo‘yiladi. Qaysi tartib raqamdagi o‘quvchi turib javob bersa, javobi uchun reyting oynasidagi tartib raqamiga ball qo‘yiladi.
Bugungi matematika darsimizda hamma ko‘p ball yig‘ishga kirishsin. Reyting oynasi kimning necha ball olishini ko‘rsatib turadi. Dars so‘ngida ballarni so‘mga aylantirib, “Tadbirkor” bankimizni pullar bilan to‘ldiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |