Qaysi xonalar birliklari I sinfni, qaysilari II sinfni tahkil etadi. Har bir sinf necha xonadan iboratligi ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarga qayta aloqa o‘rnatiladi va savollar bilan mustahkamlanadi.
51-misolni og‘zaki bajariladi. Har bir qatordan bittadan o‘quvchi savollarga javob beradi.
3) 358 ming; 2) 702 ming; 3) 40 ming; 4) 56 ming sonlarida har bir xonaning nechta birligi bor?
Masala o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish sxemasidan foydalanib muhokama qilinadi.
Javobnamunasi:358 ming sonida 3 ta yuz minglik, 5 ta o‘n minglik va 8 ta bir minglik yoki oltinchi xonaning 3 birligi, beshinchi xonaning 5 birligi va to‘rtinchi xonaning 8 birligi bor.
Javob bergan o‘quvchilar baholanib reyting oynasiga qo‘yiladi.
masala doskada bajariladi. Bu o‘rinda o‘quv qurollarining qanday saqlanishi haqida tushuncha beriladi. Do‘konda 200 ta katakli va ulardan 3 marta ko‘p bir chiziqli daftar bor. Do‘konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor? Masalaning qisqa sharti.
Katakli d. – 200 ta
?
Bir chiziqli d. – ?, 3 marta ko‘p
Yechish:
200x3=600 (ta) bu bir chiziqli d. 600+200=800 (ta) bu hamma daftar
Javob: do‘konda hammasi bo lib 800 ta daftar bor.
Damolishdaqiqasi. O‘quvchilar quyidagicha dam olish daqiqasi she’rga mos harakatlar bilan bajariladi. Gul teramiz dasta-dasta,
Biz Vatanga kamarbasta. Bilim olib egallaymiz, Fan cho‘qqisin sekin-asta!
masala. Masala doskada yozma bajariladi va sharti asosida o‘quvchilar qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga yo‘naltiriladi.
Tanlovga 48 ta oq-qora tasvirli va undan 4 marta kam rangli fotosuratlar yuborildi. Tanlovga hammasi bolib nechta fotosurat yuborilgan?
Masalaning qisqa sharti. Oq-qora surat – 48 ta
Rangli surat- ?, 4 marta kam ?
Yechish:
48: 4=12(ta rangli s) 48+12=60 (ta surat) Jami: 60 ta surat bor.
Yangimavzunimustahkamlash.
“Qiziqarlikubiklar”o‘yini.
3 ta o‘quvchi doska yoniga chiqib parta ustidagi ustiga misollar yozilb qo‘yilgan kubiklarni aylantiradi. O‘ziga qarab turgan tomondagi misolni yechib beradi. Bir minutda kim ko‘proq misolni to‘g‘ri yechsa shu o‘quvchi g‘olib chiqadi.
Kubikchalarda yozilgan misollar:
60:3
125•8
648-50
489+181
200:50
480:12
532-412
987+113
45•15
62•28
963-753
158+3
312+581
65•13
435:15
685-568
546+125
48•102
66•12
857-229
527+198
645:3
46•23
848-529
Misol ishlash tartibi o‘qituvchining ogohlantirishi bilan boshlanadi. Oldinga qarab turgan o‘quvchiga uzatiladi. Misollarning yeshilishi tekshirilib g‘olib qator aniqlanadi.