Ijtimoiy – iqtisodiy model
Ijtimoiy-iqtisodiy modellar taxminan, 18-asrdan qo’llanila boshlandi. F. Kenening “Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining shakllanishini ko’rsatishiga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning turli faoliyat yo’nalishlarini o’rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi. Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo’jaligi modellari yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko’rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, ish bilan bandlik, iste’mol, jamg’armalar, investisiya ko’rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo’llaniladi. Aniq xo’jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
Imitatsion model tushunchasi.
Imitasion model tushunchasi. Imitasion modellardan hozirgi kunda turli sohalarda juda keng foydalanilmokda. EHM da aholining gripp bilan kasallanishining tarqalishi, kimyoviy reaktorning ishi, shahar transportining yo’lovchilar bilan ta’minlanishi, zavodda ishlab chiqarishning o’sishi va boshqa ko’p ishlar imitasiya qilinadi, ya’ni bu yerda imitasion modellar yordamga keladi. Shu maqsadda boshqaruvning avtomatlashtirilgan sistemalari (BAS) tarkib topmoqda. BAS keng savollar to’plamiga javoblarni operativ olishni ta’minlaydi, bu esa boshqaruvda asosli yechimlarni qabul kilish uchun zarurdir, yuqori saviyadagi BAS imitasion modellar bilan ta’minlanadi. Imitasion model jarayondagi o’zgarishning oqibatlarini darhol ko’rsatadi, tor joylarini aniqlaydi, boshqaruv strategiyasini aytib beradi. Bunday model bilan ishlashda har qanday aqlga to’g’ri keladigan variantlarni ko’rikdan o’tkazish mumkin. Masalan, asbob-uskunalarni profilaktik xizmat maqsadida to’xtatish uchun vaqtni tanlash kerak bo’lsa, modelda turli variantlarni ko’rish oson va ulardan eng kam zarar keltiradigani tanlab olinadi. Bu holda ma’lum amallarining biror ketma-ketligi ko’rinishida ro’yobga chiqariladigan matematik modellardan foydalanilgan. Bunday modellar algoritmik yoki imitasion modellar nomini oldilar. Imitasiya so’zi tarjimada o’xshatmoq ma’nosini beradi. Obyektning vaqt mobaynida o’zgarib turadigan tashqi ta’sirlardagi xarakterini aks ettiruvchi matematik model imitasion model deyiladi. Imitasion modellashtirish usuli murakkab sistema ishlashi jarayonini o’rganish uchun EHM da ruyobga chiqariladigan imitasion modellardan foydalanishga asoslanadi. Imitasion modellashtirish usulining mohiyati shundan iboratki, murakkab sistema ishlashi jarayoni EHM da amalga oshiriladigan ma’lum algoritm ko’rinishida ifodalanadi. Buning amalga oshirilishi
natijalari bo’yicha dastlabki jarayon haqida u yoki bu xulosalar chiqariladi. Bu usulni amalga oshirish uchun maxsus modellovchi algoritm ishlab chiqiladi. Bu algoritmga mos holda EHM da o’zaro aloqa va o’zaro ta’sirlarni hisobga olgan holda o’rganilayotgan sistemaning elementar jarayonlarini bayon qiluvchi ma’lumot ishlab chiqariladi. Bunda modellovchi algoritm sistemadagi bo’lib o’tadigan jarayonlar ketma-ketligi saqlangan holda va sistemaning asosiy holatlarini aks ettirgan holda sistemaning mantiqiy tarkibiga mos keladigan qilib tuziladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |