Abstrakt modelga misol keltiring?
Abstrakt modellar, o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar. Matematik modellar obyektning tuzilishi va o’zaro bog’lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlari, formulalari va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat. Matematik modellar jarayon yoki hodisani tavsiflovchi matematik belgilar tizimi hisoblanadi. Iqtisodiy matematik modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi. Turli iqtisodiy ko’rsatkichlar, jumladan, milliy daromad, iste’mol, ish bilan bandlik, jamg’armalar, investitsiya ko’rsatkichlarining o’zgarishi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun murakkab iqtisodiy modellar qo’llaniladi. Aniq xo’jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.
Abstrakt model.
Abstrakt modellar o’z navbatida ikki guruhga bo’linadi: matematik va iqtisodiy matematik modellar. Matematik modellar obyektning tuzilishi va o’zaro bog’lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlar, formulalar va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat
Analitik modellarning kamchiliklarini keltiring.
Analitik modellarning kamchiliklari. Obyektning bitta yoki bir qancha analitik ifodalar ko’rinishida yozilgan matematik modelini analitik model deyiladi. Ammo analitik modellarni ishlab chiqish har vaqt ham mumkin bo’lavermaydi yoki ularning murakkabligi tufayli maqsadga muvofiq deb hisoblanmaydi. Masalan, ko’p o’lchovli optimallash masalasi to’g’ri tuzilgan va yechilgan bo’lsa, eng yaxshi yechimni (rejani) beradi. Agar bu yechimni aniq bajarsak, u holda haqiqiy natijalar eng yaxshi holda kelib chiqadi. Lekin biz bilamizki model qanchalik mukammal va batafsil bo’lsa ham, u voqyelikni faqat qandaydir aniqlik bilan taqribiy aks ettiradi.
Model hisobga olmaydigan omillar har doim topiladi. Shuning uchun optimal modelli yechim, umuman aytganda, uni eng puxta amalga oshirilgandan keyin optimal bo’lmay qolishi mumrin. Bu esa muhim narsa. Yechimni amalga oshirilish jarayonida qandaydir kutilmagan holatlar kelib chiqishi mumkin, (masalan, bugun kimdir kasal bo’lib ishga kelmadi, ertaga qo’shni sexdan tayyor mahsulot (zagatovka) olib kelishmadi, indiniga stanok sinib qoldi) bular esa keyingi strategiyaga jiddiy ta’sir qiladi. Qisqacha aytganda, hisoblangan optimal rejani ro’yobga chiqarish jarayonining muhimligi bu rejani topishdan ko’ra kam
emas. Zero bu jarayonni ro’yobga chiqarish jarayonining o’zini ham modellashtirish mumkin. Bu bilan biz iqtisodiy – matematik modellarning boshqa sinfiga – boshqaruv modellariga, xususan reja bajarilishining boshqaruvi modellariga kelamiz. Rejaning bajarilishini boshqarish jarayonini modellashtirish zarurati iqtisodiy obyektlar va jarayonlarning imitasion modellarini o’rganishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |