4.1. Rasm. O‘lchamlarni avtomatik olish usuli bо‘yicha
tanavorlarga ishlov
berish
Tanavor 2-ni a va b о‘lchamlarini olish uchun uni frezalashda (4.1,a-rasm)
frezalash dastgohi stolining balandligi bо‘yicha dastlab shunday о‘rnatiladiki,
qisqichning qimirlamas labi-1 tayanch yuzasi, freza aylanish о‘qi orasidagi К=Dfr
/ 2 + a masofada tursin. Shuningdek freza - 3 yon yuzasi (stolning kо‘ndalang
yо‘nalishida) qimirlamas labining vertikal yuzasidan b masofaga uzoqlashtiriladi.
Bu, dastlabki sozlashda birinchi tanavor uchun "Aniqlikka еrishguncha
ishlov berish va о‘lchash" usulidan foydalaniladi. Shunday sozlashdan keyin,
partiyadagi barcha tanavorlarga oraliq о‘lchovlar qо‘llanilmasdan ketma-ket ishlov
beriladi (bu erda tanlab nazorat qilish istisnodir) va dastgoh stolini kо‘ndalang va
vertikal yо‘nalishlarida qо‘shimcha harakatlarsiz bajariladi. k va b о‘lchamlar,
ishlov berish jarayonida о‘zgarmasdan qolsa, ishlanuvchi tanavorlar a va b
о‘lchamlari shu berilgan sozlangan dastgohlarda ishlov berilganda bir xilda
saqlanadi.
Xuddi
shuningdek, tanavor-2 (4.1,b-rasm) yon yuzasini kesib tushirishda
ham, tanavor о‘lchami a qisqich moslama-1 yon yuzasi bilan tayanch-4
yuzasigacha bо‘lgan s masofa bilan aniqlanadi. Tayanch-4 еsa о‘z navbatida
keskich-3 ning keyingi siljishini chegaralab, va tayanch-4 yuzidan keskich tig‘i
qirrasigacha bо‘lgan masofa b ham ushlanadi.
Bu о‘lchamlar, shu sozlangan dastgohda doimiy bо‘lsa, ishlanuvchi tanavor
о‘lchami a ning aniqligi о‘zgarmas saqlanadi.
Shunday qilib, "Aniqlikka avtomatik еrishish" usuli sozlangan stanoklarda
bо‘lganligi uchun, talab еtilgan ishlov berish
aniqligi ishchi-operatorga
bog‘liqlikdan, birinchidan dastlab dastgohni sozlagan sozlovchiga, maxsus
moslama tayyorlagan asbobsozga va tanavordagi baza va о‘lchamlarni belgilab
beruvchi hamda о‘rnatish va mahkamlash uslubini aniqlovchi hamda kerakli
moslama loyihasini belgilovchi texnologga о‘tadi.
«Aniqlikka avtomatik еrishish» usulining afzalliklari quyidagilar:
-Ishlov berish aniqligining ortishi va ishga yaroqsizlikning kamayishi;
-Qirindi qalinligiga ishlov berishning bog‘liq еmasligi (chunki qо‘yim,
sozlangan dastgohda boshidan о‘zi bu miqdordan kо‘proq qilib tayinlanadi) va
ishchi malakasiga va uning diqqat-еtiboriga bog‘liq bо‘lmaydi;
-Birlamchi bichish-razmetkalashga
vaqt ketkazilmasligi, sinov qirindi olib,
keyin hosil bо‘lgan yuzani о‘lchab ovora bо‘lmaslik, natijada ishlab chiqarish
unumdorligining oshishi;
-Bundan tashqari tanavorga ishlov beruvchi ishchining ishonch va
xotirjamlik bilan tayanchga tirab ishlashi; ishlov
berish jarayonida ritmik
harakatlarning kamayishi hisobiga ishchining kam charchab, yuqori unumdorlikka
еrishishi. Yuqori malakali ishchini rasional ishlatilsa, sozlangan dastgohlardagi
ishlar, shogird-operatorlarga topshirilsa ham bо‘ladi;
-Кeyinchalik avtomatlashtirishni rivojlantirib borilsa bu vazifalar stanok-
avtomatlar va dastur orqali boshqariluvchi dastgohlar zimmasiga yuklansa ham
bо‘ladi;
-Yuqori malakali
ishchilar dastgohlarni sozlab, 8-12 tagacha bо‘lgan
dastgohlarni boshqarish bilan band qilinadi, natijada har-xil sarflar kamayib, ishlab
chiqarishning tejamkorligi ortadi.
Bu usulning afzalligidan seriyalab, yirik seriyalab va ommaviy (kо‘plab)
ishlab chiqarishlarda keng qо‘llaniladi.
Bu usulni mayda seriyalab ishlab chiqarishda qо‘llansa tejamkorlik jixatdan
yaxshi natijalar bermaydi va о‘zini qoplay olmaydi, chunki partiyadagi detallar
soni juda ham kam bо‘lganligi sababli maxsus dastgohlarni,
moslama va
asboblarni, shuningdek sozlash jarayonlarini qо‘llash о‘zini qoplay olmaydi,
tayyorlangan detalning tannarxi juda ham yuqori bо‘ladi; jiddiy texnologik
tayyorgarlik, texnologik jarayonni puxta qilib yaratish va puxta sozlash
sxemalarini qо‘llash mayda seriyalab ishlab chiqarish sharoitida amalga
oshirilmaydi.
Ко‘rib chiqilgan har bir berilgan aniqlikka еrishish usulida о‘ziga xos har-xil
sabablarga kо‘ra paydo bо‘luvchi sistematik va tasodifiy
ishlov berish xatoliklari
kuzatiladi. Bu еsa, aniqlikka turli omillarning ta’sir еtishi natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: