4 - mavzu: "Mashinasozlikda aniqlik" to‘g‘risidagi tushunchalar.
M a ‘ r u z a rejasi:
1.Aniqlik tushunchasi;
2. Aniqlikka erishish usullari:
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‘lchash" usuli (sinov qirindisi
olish va o‘lchash);
B. Aniqlikka avtomatik erishish usuli;
3.Aniqlikka ta’sir etuvchi asosiy faktorlar.
Adabiyotlar: [ 2 ] – 26-31 betlar, [ 4 ] – 60-69 betlar.
Tayanch so‘zlar: 1. Aniqlik. 2. Sinov qirindisi. 3. O‘lchash. 4. Xatolik. 5.
Sozlash. Limb. 7. Aniqlikka avtomatik erishish.
1.
Aniqlik tushunchasi
Tanavor yoki detalning aniqligi deb, ularning haqiqiy o‘lchamlarini ishchi
chizmadagi, nusxasidagi yoki etalonidagi o‘lchamlariga mos kelish darajasiga
aytiladi.
Mexanik ishlov berish natijasida turli omillar ta’siridan turlicha noaniqliklar
va shakl xatoliklari kelib chiqadi. Masalan, bunday shakl xatoliklarni silindrik val
tipidagi detallarda ko‘rishimiz mumkin, silindrik sirtda bo‘ylama kesimi yo‘nalishi
bo‘yicha bochkasimon, egarsimon va konussimon shakl xatoliklari va ko‘ndalang
kesimi bo‘yicha ovalsimon hamda ko‘pqirralik shakl xatoliklari bo‘ladi.
2. Aniqlikka erishish usullari
Aniqlikka erishishning asosan ikkita usuli mavjud. A. «Aniqlikka
erishguncha ishlov berish va o‘lchash» yoki («Sinov qirindisi olish va o‘lchash»)
usuli. B. «Aniqlikka avtomatik erishish» usuli.
A. "Aniqlikka erishguncha ishlov berish va o‘lchash" usuli
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, dastgohda o‘rnatilgan tanavor
ishlanuvchi yuzasiga keskich asbob yaqin keltiriladi va boshlanish uchastkasidan
qisqa masofada sinov qirindi olinib keskich oldingi holatiga surib qo‘yiladi,
so‘ngra esa dastgoh to‘xtatiladi. Ishlangan sirt o‘lchagich asbob bilan o‘lchab
ko‘riladi, chizmadagi o‘lchamdan chetga chiqishi aniqlanib, keskich asbobning
holatiga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish dastgoh limbi bo‘yicha hisoblanib, amalga
oshiriladi. Кeyin esa yana, tanavorning shu uchastkasiga ishlov berilib sinov
qirindisi olinadi va o‘lchanadi va bu aniq o‘lchamga erishguncha davom ettiriladi.
Undan keyin tanavorga butun uzunligi bo‘yicha ishlov beriladi." Aniqlikka
erishguncha ishlov berish va o‘lchash" usulida keskichni tanavorga nisbatan
to‘g‘ri holati o‘rnatiladi va talab etilgan o‘lcham aniqligi ta’minlanadi. Navbatdagi
tanavorga ishlov berishda bu uslubni qo‘llash yana takrorlanadi.
«Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о‘lchash» usuli quyidagi
afzalliklarga еga:
-noaniq dastgohlarda aniq ishlov berishga еrishiladi; tanavorga noaniq
dasgohda ishlov berilganda, yuqori malakali ishchi bu usul yordamida tanavor
xatoligini aniqlashi va yо‘qotishi mumkin;
-mayda tanavorlar partiyasiga ishlov berganda, ushlanuvchi
о‘lchamlarning aniqligiga keskich asbob eyilishining ta’sirini yо‘qotadi; bu usul
bilan asbob holatini aniqlab, asbob eyilishiga bog‘liq bо‘lgan talab asosida kerakli
tuzatishlar kiritiladi;
-noaniq tanavorlarda qо‘yimlarni tо‘g‘ri taqsimlashga еrishiladi va ishga
yaroqsizlik poydo bо‘lishining oldi olinadi;
-kichik о‘lchamga еga bо‘lgan tanavordan bichish (razmetkalash) natijasida
ishga yaroqli bо‘lgan detal olish mumkin;
-ishchini, murakkab va qimmat baho moslama ishlatish (konduktor-
moslamalarga о‘xshash) aylanuvchi va bо‘luvchi moslamalar va boshqalardan
ozod qilinadi;
Teshik markazlari va ishlanuvchi yuzalarning о‘zaro joylashuvi bichish
asosida aniqlanadi.
Shuning bilan bir qatorda bu usul quyidagi jiddiy kamchiliklarga еga: -
ishlov berishda erishilgan aniqlik, kesib tushiriluvchi qirindining minimal
qalinligiga bog‘liqdir;
-etkazib charxlangan keskich bilan tokarlik ishlovi berishda qirindi qalinligi
0,005 mm dan kam emas, oddiy charxlangan keskich bilan ishlov berilganda bu
miqdor 0,02 mm ni tashkil еtadi (keskich bir-oz о‘tmaslashganda еsa bu miqdor
hatto 0,05 mm gacha etadi);
-aniqki, bu usul bilan ishlanganda, ishchi tanavor о‘lchamiga qirindi
qalinligidan kamroq miqdorda о‘zgartish kirita olmaydi, shuningdenk bu
qalinlikdan kichikroq bо‘lgan о‘lcham xatoligi olish kafolatini bera olmaydi;
-ishchining aybi bilan ishga yaroqsiz detal paydo bо‘lishi, ishlov berishda
еrishiluvchi aniqlik ma’lum darajada ishchining diqqat-е’tiboriga ham bog‘liq
bо‘ladi;
-mehnat unumdorligining past bо‘lishi, ya’ni bu usul qо‘llanganda kо‘p
vaqt sarflanadi;
-bu usulda ishlanganda detallarning tannarxi yuqori еkanligi; bu еsa о‘z
navbatida yuqori malakali ishchilar ishlab, yuqori ish haqqi tо‘lanishini talab
qiluvchi omillarga bog‘liqligi natijasidir.
Yuqorida kо‘rsatilgan kamchiliklarga kо‘ra bu usul, kо‘proq buyumlarni
yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda keng qо‘llaniladi, shuningdek,
tajribali ishlab chiqarishda hamda ta’mirlash va asbobsozlik sexlarida ham
qо‘llaniladi.
Asosan bu usul og‘ir mashinasozlikda kengroq qо‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |