ADABIYoTLAR
A.A.Matalin. Texnologiya mashinostroeniya - L. Mashinostroenie 1985-462 s.
Spravochnik texnologa- mashinostroitelya
A. G. Kosilovoy. R.K Masheryakova tom 2 M,1985.
3.A.Yu.Omirov, A.X.Qayumov Mashinasozlik texnologiyasi. Toshkent «O’zbekiston» 2003 yil.
3 – LABORATORIYa MASHG’ULOTI
TEXNOLOGIK TIZIMNING BIKRLIGINI TO’G’RI VA TESKARI
SURISH USULI BILAN ANIQLASH
1. Ishning maqsadi
Texnologik tizim bikirligini ishlab chiqarish usullaridan biri bo’lgan keskichni to’g’ri va teskari surish usuli bilan aniqlash va texnologik tizim moyilligi deb shartlangan ishlov berish xatoligini aniqlash.
2. Kerakli jihoz va uskunalar
Detal chizmasi.
Detal zagotovkasining namunasi.
1E95 markali tokarlik dastgohi.
O’tuvchi keskich.
Mikrometr.
3. Ishni bajarish uchun zarur ma’lumotlar va ko’rsatmalar
Texnologik tizimning bikirligi j kn/m (kGs/mm) kesish kuchini tashkil qiluvchisi Ru ni kesuvchi asbob kesish qirrasining ishlov berilayotgan zagotovka sirtiga nisbatan, shu sirt normali yo’nalishidagi o’lchangan siljishlar yig’indisi U ga nisbatiga ifodalanadi, ya’ni:
j = Py/U (1.1)
Silliq val zagotovkasiga uch kulachokli patronda tokarlik ishlov berish (1-rasm) boshlang’ich momentida, ya’ni keskich valning o’ng qismida turganda, kesish kuchining barcha normal tashkil qiluvchisi Ru zagotovkaga uzatiladi, bunda zagotovka o’qi Rzag ga teng masofaga suriladi (qisiladi). Ishlov berish jarayonida keskich tokarlik patroni tomon chapga surila borgan sari Rzag surilish kamayadi. Bunda tokarlik patroni qisilish qiymati Ugp ortib boradi va keskich torets tomoniga yaqinlashgan sari maksimumga u erishadi.
Texnologik tizimning bikirligi va moyilligi ishlov berilayotgan zagotovkaning o’lcham aniqligiga va shakliga ta’sir qiladi (2-rasm)
Dastgohni sozlashda zagotovkaga rnaz radiusda ishlov beriladigan xolda keskich o’rnatiladi. Ammo dastgoh uzellarining ustivorlik qisilishi Udas natijasida (biz ko’rib chiqayotgan xolda - Utp tokarlik patroni va Uzag zagotovka qisilishi) zagotovka o’qi O1 xolatdan O3 xolatga siljiydi, bu esa qisqich cho’qqisi bilan zagotovka aylanish o’qi orasidagi haqiqiy masofani ko’paytiradi. Bir vaqtning o’zida keskichning egilishi va siqilishi natijasida keskich chuqqisi bilan zagotovka aylanish o’qi orasidagi masofa yana qo’shimcha Uasb kattalikka ko’payadi.
utp
Uzag
Rx Ru
1-rasm. Texnologik tizimning elastik chekinish
(orqaga qaytish) ko’rinish.
Узаг
Уст
2-rasm. Ishlov beriladigan zagotovka o’lchamlariga elastik
deformatsiya ta’sirining ko’rinishi.
a) dastgoh va zagotovka qisilishidan zagotovka o’qining siljishi.
b) keskichning qisilishi va egilishi natijasida keskich cho’qqisi bilan zagotovka markazining o’zaro siljishi.
Dastgohni sozlashda o’rnatilgan nazariy qiymatga nisbatan ishlov berilayotgan zagotovka diamet rining umumiy ortishi D texnologik tizim qisilishi yig’indisining ikkilaganligiga teng, ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: |