25.4-§. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish
Avtomobillarga ko‘rsatiladigan texnik xizmat turlari va davriyligi. Qishloq
xo‘jaligida foydalaniladigan avtomobillarga texnik xizmat tegishli xujjatlarga
muvofiq o‘tkaziladi. Avtomobillarga texnik xizmatlar xo‘jalikda yoki maxsus
stansiya (TXKS) larda o‘tkaziladi
10-jadval
Avtomobillarga ko‘rsatiladigan texnik xizmatlar, ularning
turlari va davriyligi
Texnik xizmat turlari
Texnik xizmat davriyligi, bosib o‘tilgan yo‘l, km
Har kungi texnik xizmat
KTXK
Birinchi texnik xizmat TXK-1:
yuk avtomobillarigna
Ikkinchi texnik xizmat TXK-2:
yuk avtomobillariga
Mavsumiy texnik xizmat MTX
Har smenada 1 maratoba (ish tugashi bilan yoki
boshlanishi oldidan)
2500
10000
Yiliga ikki marotaba (bhorgi-yozgi va kuzgi
qishgi foydalanish davrida
215
Har kungi texnik xizmat (KTXK) har 10 soatdan keyin traktorning yoki
mashinaning har bir smenasida o‘tkaziladi.
Traktorlarga bahorgi-yozgi foydalanishga o‘tishdagi mavsumiy texnik
xizmat havoning turg‘un issiqlik darajasi +5
o
S dan yuqori bo‘lgan vaqtda
o‘tkaziladi, kuzgi-qishgi foydalanishga o‘tishda esa +5
o
S dan past bo‘lgan issiqlik
darajasida o‘tkaziladi.
Avtoxo‘jalikning texnikalar va remont vositalari bilan ta’minlanganligiga
qarab texnik xizmat ko‘rsatish va remont qilishning 3 ta shaklini qabul qilish
mumkin:
-
Yirik yaxshi jixozlangan avtoxo‘jaliklar TKX va remont ishlarini
o‘zlarining ustaxonasida o‘tkazadi.
-
TXK va murakkab bo‘lmagan remontlarni o‘zlarini ustaxonasida,
murakab remontlarni markaziy TXK va remont qilish tashkilotlariga olib
borib remont qilish.
-
Barcha TXK va remont ishlari markazlashgan holda markaziy
ustaxonalarda va remont tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Texnik xizmatni tashkil etish asosan avtoxo‘jalikning bajaradigan vazifalari
va avtomobillarining soniga, foydalanish sharoiti, xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining
joylashuviga bog‘liq bo‘ladi. Avtomobillar bajaradigan texnologik jarayonlar
xizmat zonalari va bajaradigan ishlar turlari bilan har xil bo‘lishi mumkin. Lekin
ularga texnik xizmat ko‘rsati sh barcha turdagi xizmatlardan va ish hajmidan,
avtomobillar soni va garajlarning katta va kichikligidan qat’iy nazar bir xil
o‘tkaziladi.
Ko‘p avtoxo‘jaliklarda TXK uchun maxsus remont brigadalari tashkil
etilgan. Avtomobillarning aloxida agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish
jarayonida na faqat mayda nosozliklar va kamchiliklar balki rachoqlangan joylar,
detallarning kuchli eyilishi va boshqa kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bunday
kamchiliklar asosan 1 va 2 TXK da ko‘zda tutilmagan va albatta joriy remontga
tegishli bo‘ladi. Bu remontlarga aloxida naryad ish xaqqi joriy remont uchun
rasmiylashtiriladi.
216
Avtomobillarga TXK texnologik jarayonining sxemasi quyida keltirilgan.
Barcha avtomobillar reysdan qaytgandan so‘ng texnik ko‘rikdan o‘tishlari
shart. Navbatki mexanik avtomobilning fakticheski probegi (bosib o‘tgan yo‘li),
tashqi ko‘rinishi, komplektligini tekshiradi va xaydovchidan mashinaning ish
jarayonida aniqlangan kamchiliklari va otkazlarini so‘rab oladi. Agar avtomobil
texnik soz bo‘lsa, u holda navbatchi mexanik uni tozalash va yuvish zonasiga
yuboradi va parkni stoyankasiga qo‘yadi. Agar avtomobilga rejali TXK yoki
zayavkali remont talab etiladigan bo‘lsa, u holda tozalash va yuvishdan so‘ng
kamchiliklarni bartaraf etish zonasiga olib boriladi. Avtoparkdan ishga chiqishda
xaydovchi putevka va zapravka qilish xujjatini oladi. Nazorat punktida navbotchi
mexanik avtomobilning tashqi ko‘rinishi va sozligini tekshiradi.
Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va remont qilish zonasida postlarning
joylashuvining 3 ta usuli bo‘lishi mumkin.
1.
tupikovoe (berk)
2.
pryamotochniye (ochiq)
3.
smeshannoye (aralash).
Birinchi usulda tozalash va yuvishdan boshqa barcha ishlar bir joyda amalga
oshiriladi. Bu usul ko‘proq kichik garajlarda va ustaxonalarda amalga oshirildi.
Ikkinchi usulda ish jaxmi ish postlari bo‘yicha bo‘lingan bo‘lib bir postning
ishi ikiknchi postning ishi bilan bog‘lik bo‘ladi. YA’ni bir postdan keyin ish
ikkinchi postda bajariladi.
Bunday usul odatda xo‘jalikning katta ustaxonalarida amalga oshiriladi.
(remont zavodlarida, remont korxonalarida va b.)
Uchinchi aralash usulda berk usul xar hil va uzoq muddat bajariladigan TXK
va remont ishlari uchun, ochiq usul esa mashinalarga TXK va remont ishlari uchun
bir xil vaqt sarf qilinadigan ishlar uchun qo‘llaniladi.
TXK stansiyalarida TXK-1 va TXK-2 smenali dastur bo‘yicha potochnыy
liniya bilan TXK-1 da 20-25 ta, TXK-2 da 10-12 va TXK-2 oldidan diagnostika
qilishda 14-18 avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tashkil etilishi mumkin.
217
Potok usul bilan TXK va remontni amalga oshirishda smenali dasturning ish
hajmi bo‘yicha bir hilligi asosiy rol o‘ynaydi. Bu asosan avtomobillarni regulyar
TXK va remontga kelib turishga bog‘liq.
Tashkiliy ishlardan eng murakkabi avtomobillargan TXK-2 hisoblanadi.
GOSNITI tavsiyasiga binoan xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini 5 guruxga bo‘lish
maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.
Asosiy agregat va uzellar ishi resursini va texnik holatini aniqlovchi
nazorat-diagnostik operatsiyalar.
2.
Dvigatelni yurgizish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’minlash tizimi va elektr
jixozlariga xizmat ko‘rsatish operatsiyalari.
3.
Qolgan agregat, uzel va tizimlarga xizmat ko‘rsatish operatsiyalari.
4.
Moylash, tozalash va ta’minlash operatsiyalari.
5.
TXK-2 o‘tkazishda nazorat va rostlash operatsiyalari.
Ta’kidlash kerakki, TXK-2 bilan birga ko‘p takrorlanadigan JTga tegishli
ishlarni ham bajarish mumkin bo‘ladi. Bu qo‘shimcha JT bilan bog‘liq ishlar har
bir TXK turi bo‘yicha olib boriladigan ishlar hajmining 15…20 % dan oshib
ketmasligi kerak.
TXKni ixtisoslashtirish xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning malakasini
oshishiga katta imkon yaratib beradi. Bu yuqori unumli jixozlarni qo‘llash, ulardan
samarali foydalanish, ish unumini oshirish imkonini beradi.
Avtomobillarga agregatli-uchastkalar bo‘yicha TXK va ta’mir ishlarini
tashkil etish ancha qulay va samarali bo‘lganligi iuchun ko‘proq amaliyotda
qo‘llniladi.
Bunda uchastka asosiy ishlab chiqarish zveno hisoblanib barcha kompleks
ishlarni amalga oshiradi. YA’ni TXK va ta’mir qilish bo‘yicha avtomobillarning
barcha agregat va uzellari bo‘yicha ishlar bajariladi (11-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |