211
-
traktorning tarkibiy o‘ismlari moylash jadvali va sxemasiga muvofiq
moylanadi:
Ikkinchi texnik xizmat (TX-2)da quyidagi operatsiyalar bajariladi;
-
traktor chang va iflosliklardan tozalanadi;
-
traktorni tashqi tomondan ko‘rib chiqiladi;
-
yonilg‘i , moy va elektrolit oqmayotganligi tekshirilib chiqiladi, agar
oqish kuzatilsa, uni to‘xtatish chorasi ko‘riladi;
-
dizel
karterining taglikdagi
moy
sathi,
radiatordagi
sovutish
suyuqligining miqdori tekshiriladi, zarur bo‘lsa etarli darajada to‘ldiriladi;
-
dizelning, boshqarish rulining, yoritish va xabarlash tizimining,
oynatozalagich va to‘xtatgichlarning ish qobiliyati tekshiriladi.
Quyidagi parametrlar, ko‘rsatkichlar tekshiriladi va zarur bo‘lsa rostlanadi:
-
shinilardagi ‘avo bosimi va tasmalarning tarangligi;
-
akkumulyator batareyasida elektrolitning zichligi, tekshiriladi va zarur
bo‘lsa batareyalar zaryadlanadi, hamda akkumulyator batareyasi sirtining tozaligi,
klemma sirtlari havo almashtiruvchi teshiklar probkasi tekshiriladi zarur bo‘lsa
tozalanadi;
-
dag‘al filtr tagidagi cho‘kindilar, orqa ko‘prikning to‘xtatgich va burash
momenti oshirgich bo‘lmalarida to‘plangan moy to‘kib tashlanadi:
-
havo ballonida to‘plangan kondensatorlar ham to‘kib tashlanadi;
-
klemmalar va o‘tkazgichlarning uchlari moylanadi;
-
traktorning tarkibiy o‘ismlari moylanadi (moylash jadvali va sxemasiga
muvofiq).
Dizelning gaz taqsimlagich mexanizmi klapanlari va koromislolari
orasidagi tirqishlar, qo‘shish muftasi dizelning burash
momentini oshirgichni
qo‘shish muftasi, to‘xtatgichi, kardan uzatmasi, asosiy dvigatelning qo‘shish
muftasi burilishni boshqaruvchi mufta, g‘ildirakli traktorlar to‘xtatgich tizimi, rul
g‘ildiragidagi mexanizm, zanjir (gusenitsa)lar tarangligi, boshqarish organlari
siljishi masofasi va rul chambarchagidagi kuchlar rostlanadi.
212
Traktorning tarkibiy qismlarida moylar almashtiriladi va moylanadi
(moylash jadvali va sxemasiga muvofiq); markazdan qochma moy tozalagich
tozalanadi; dvigatelning moylash tizimi yuviladi va dvigatelning quvvati
tekshiriladi; tashqi rezbali va boshqa bog‘lanishlarning
mahkamligi tekshiriladi
zarur bo‘lsa mahkamlanadi ; havo tozalagich germetikligi , moylash tizimining
bosh magistralidagi bosim va rotorning aylanishlar davomiyligi tekshiriladi.
TXK-2 ning TXK-1 dan asosiy farqi moylash tizimining yuvish va moyni
almashtirish va qo‘shimcha rostlash, tekshirish ishlarini tashxiz asboblari va
nazorat o‘lchash asboblari yordamida olib borishdan iborat.
Uchinchi texnik xizmat ko‘rsatish (TXK-3) o‘z tarkibiga TXK-2 ning
hamma operatsiyalarini qamraydi.
Farqli tomonlari quyidagilardan iborat:
TXK-3 da murakkab operatsiyalar o‘tkazilishi munosabati bilan u statsionar
holatda, maxsus asboblar, jihozlar o‘rnatilgan
texnik xizmat manzillarida
o‘tkaziladi. Traktorning hamma qismlari echib olinmasdan tashxis qo‘yiladi.
Dvigatelning quvvati va yonilg‘i sarfi tekshiriladi va rostlanadi. yoqilg‘i
apparaturasining elektr jihozlari, gidravlik tizimining murakkab va texnik xizmat
manzillarida o‘tkaziladi.
Joriy ta’mirlash (remont) yoki asosiy ta’mirlash (remont) oldidan
o‘tkaziladigan TXK-3 da traktorning resursini diagnostikalash (tashxis) o‘tkaziladi.
Bu traktorni remontga qo‘yish yoki yana foydalanishni davom ettirish imkoniyatini
aniqlaydi.
Kuzgi-qishgi ish mavsumiga o‘tishda (MTXK) texnik xizmatda quyidagi
operatsiyalar bajarilishi lozim: dvigatelning sovitish tizimi past temperaturada
muzlamaydigan sovitish suyuqligi bilan to‘ldiriladi; individual isitgichlar
qo‘shiladi va maxsus isituvchi chexollar o‘rnatiladi; yozgi moy turlari qishga
muljallangan
moylar bilan almashtiriladi; dizelning moylash tizimidagi radiator
ajratiladi; rele-regulyator mavsumga rostlanadi va vint «zima» holatiga o‘rnatiladi;
akkumulyatordagi elekrolitning zichligi qishgi me’yorga keltiriladi; dvigatelni
yurgazib engillashtirish vositalarining ish qobiliyati tekshiriladi; dvigatelni
213
yurgizib yuborish vaqti, generatorning zaryadlash toki, rele-regulyatorning ishlash
toki va kuchlanishi, izolyasiyalarning puxtaligi, kabinaning
isitish tizimining ishi
tekshiriladi; namoyon bo‘lgan nosozliklar tuzatiladi.
Bahorgi-yozgi ish mavsumiga o‘tishdagi texnik xizmat (MTXK)da quyidagi
operatsiyalar bajarilishi lozim: traktordan isitgich detallar echib olinadi;
dvigatelning moylash tizimining radiatori qo‘shiladi; sovitish tizimidan individual
isitgich ajratiladi; rele-regulyatorning mavsumiy vinti «leto» holatiga o‘rnatiladi;
akkumulyator batareyasidagi elektrolit zichligi yozgi me’yorga keltiriladi;
dizelning ta’minlash tizimi yozgi moy bilan to‘ldiriladi;
Sovitish tizimi radiatorning sovitish qobiliyati, elektroo‘tkazgichlar
izolyasiyasi puxtaligi, generatorning zaryadlash toki,
rele-regulyatorning ishlash
toki va kuchlanishi tekshiriladi.
Traktorga o‘zgacha sharoitda texnik xizmat ko‘rsatish
Do'stlaringiz bilan baham: