25.3-§. Traktorlarga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi
Texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyasi traktor va mashinalarni sozligini va
ishlash qobiliyatini ta’minlovchi jami operatsiyalar majmuidan iborat. Texnik
xizmat ko‘rsatish texnologiyasi texnologik xaritalar tarzida taqdim etiladi va
ularda texnik xizmat jarayonlari, operatsiyalari, materiallar, qurilmalar, hamda
texnik talablar ko‘rsatiladi [11, 34, 35].
Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish
texnologiyasi quyidagi tamoillarga asoslanadi.
1.
Mashinalarga texnik xizmat va ta’minlash ishlari ularning texnik
holatiga ko‘ra nosozliklarini ogohlantirish uchun zarur holatida o‘tkaziladi.
2.
Mehnatning taqsimlanish va ixtisoslashtirilishi ish unumini va sifatini
yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
3.
Texnik xizmat ko‘rsatishning ma’lum tartibdagi ketma-ketligi.
4.
Texnik xizmat jarayonlarini boshqarish.
Texnik xizmatlarning mazmuni
.
Texnik xizmatga- yuvish, tozalash, nazorat,
tashxis, rostlash, moylash, to‘ldirish, mahkamlash va montaj-demontash ishlari
kiradi. Har bir traktorlar yoki mashinaga ko‘rsatiladigan texnik xizmat mazmuni,
bajariladigan ishlar ularning “Texnik tavsifnomasi va foydalanish bo‘yicha yo‘l-
209
yo‘riqlar” to‘plami (kitobi)da keltiriladi. Texnik xizmat qoyidalari shunday
tuzilganki, ularning avval o‘tkaziladigan raqamli texnik xizmat tarkibiga kiradi.
Tavsiya etilgan texnik xizmatlar mohiyatini qarab chiqamiz.
Traktorni chiniqtirishda texnik xizmat
.
Traktorni chiniqtirishga tayorlashda
quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor ko‘rib chiqiladi, chang va iflosliklardan
tozalanadi; konservatsiyalash moylaridan tozalanadi: akkumulyator ko‘rib
chiqiladi va ishga tayorlanadi; tarkibiy qismlarda moylar sathi tekshiriladi, zarur
bo‘lganda quyiladi; tarkibiy qismlar moylash apparati yordamida moylanadi;
rezbali bog‘lanishlar tekshiriladi, zarur bo‘lsa tortiladi (ma’kamlanadi); tasmalar
(generator, ventilyator, kompressor harakat uzatmalarining) tarangligi tekshiriladi,
zarur bo‘lsa rostlanadi; boshqarish mexanizmlari, zanjirlar tarangligi, shinalardagi
bosim tekshiriladi va rostlanadi; dvigatelning sovitish tizimi va ta’minlash tizimi
muvofiq ravishda sovitish suyuqligi va dizel yonilg‘isi bilan to‘ldiriladi; dvigatel
shovqini eshitib ko‘riladi; nazorat priborlari ko‘rsatishlarining me’yordaligi
tekshiriladi.
Traktorni chiniqtirishda quyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor chang va
iflosliklardan tozalanadi; tashqi kuzatish orqali yoqilg‘i, moy, elektr oqimi bor-
yo‘qligi tekshiriladi, bor bo‘lsa oqimni to‘xtatish chorasi ko‘riladi; dvigatel karteri
tagligidagi moy sathi, radiatordagi sovutish suyuqligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa
to‘ldiriladi; dvigatelning, boshqarish rulining, yoritish va signal jihozlarining, oyna
tozalagich va to‘xtatkichlarning ish qobiliyati tekshiriladi; uch smenadan so‘ng
ventilyator va generator tasmalarining tarangligi rostlanadi; traktor ko‘rib chiqiladi
va tozalanadi;
CHiniqtirish tugagandan so‘ng, quyidagilar tekshiriladi va zarur bo‘lganda
rostlanadi: tasmalar tarangligi, shinalardagi bosim, dizelning klapanlari va
“koromislo” orasidagi, mufta bog‘lanishidagi, tuzatgich va boshqarish
mexanizmidagi tirqishlar rostlanadi; havo tozalagichlarga texnik xizmat
o‘tkaziladi; akkumulyator batareyasi tekshiriladi, zarur bo‘lsa uni sirti, klemmalari
tozalanadi distirlangan suv quyiladi; dag‘al yonilg‘i tozalash filptridan chiqindilar
orqa ko‘prik to‘xtatgich bo‘limlaridagi moy, havoli ballonlardagi kondensatlar olib
210
tashlanadi; markazdan qochma moy tozalash filtri tozalanadi; gidravlik tizimning
filtrlari ham tozalanadi; traktorning tarkibiy qismlar moylash jadvaliga muvofiq
moylanadi; dizel va uning tarkibiy qismlarida, transmissiyada (moy tozalash filtri
bo‘lmagan holda); dvigatel moylash tizimi dizel ishlamagan holatda yuviladi;
traktorning tarkibiy qismlari ishlash jarayonida ko‘rish va eshitish orqali
tekshiriladi. Aniqlangan va topilgan nosozliklar tuzatilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |