Mashinalaridan foydalanish, texnik



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj



 
Igamberdiev A.K. Aliqulov S
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI 
MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK 
SERVIS
 
 
 
TOSHKENT 
– 2020



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RTA VA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
A.K.Igamberdiev, S.Aliqulov 
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI 
MASHINALARIDAN FOYDALANISH, 
TEXNIK SERVIS 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 
oliy o‘quv yurtining 5430100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish 
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan 
TOSHKENT-2020 



Annotatsiya 
O’quv qo’llanma 5430100-qishloq xo’jaligini mexanizatsialashtirish 
bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan

O’quv qo’llanma Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, o’quv reja va 
fanning namunaviy hamda ishchi dasturlariga mos ishlab chiqilgan

Mashina traktor agregatlaridan foydalanishning nazariy asoslari, ularning tarkibini 
asoslas, tuzishh, ish rejimlarini tanlash, rostlash, dalani ishga tayyorlash va 
zagonlarda ishlash, harakatlanish usullarini asoslash hamda agregatlarning ishini 
baholashning asosiy me'zonlari bayon qilingan.
Mashinalarga texnik xizmat 
ko'rsatish va diagnostikalash, tashqi belgilar bilan nosozliklarni aniqlash, texnik 
xizmatni tashkil etish asoslari masalalariga ham bag'ishlangan. 
Аннотация 
Учебное пособие предназначено для студентов направления 
подготовки бакалавра 5430100 –механизация сельского хозяйства. 
Учебное пособие разработано в соответствии с требованиями 
государственных образовательных стандартов высшего образования, 
учебных планов и программ дициплины. 
Изложены теоретические основы эксплуатации машинно-тракторных 
агрегатов, 
даны 
рекомендации 
по 
обоснованию 
необходимых 
технологических операций, комплектованию агрегатов, выбору режимов их 
работы и регулировок, подготовке полей и загонов к работе, обоснованию 
способов движения, а также рассмотрены основные критерии оценки работы 
МТА. В учебном пособии рассматриваются вопросы технического 
обслуживания и диагностирования машин, определения неисправностей по 
внешним признакам, основ организации технического сервиса. 



Annotation 
The manual is intended for students in the direction of preparation for the 
bachelor 5430100 –mechanization of agriculture. 
The manual has been developed in accordance with the requirements of state 
educational standards of higher education, curricula and discipline programs. 
The theoretical foundations of the operation of machine-tractor units are 
presented, recommendations are given on the justification of the necessary 
technological operations, the acquisition of units, the selection of their operating 
modes and adjustments, the preparation of fields and pens for work, the 
justification of the ways of movement, and the main criteria for evaluating the 
operation of the MTA are considered. The training manual addresses issues of 
technical maintenance and diagnostics of machines, determination of malfunctions 
by external signs, the basics of organizing technical service. 
Taqrizchilar: 
B.M.Xudayarov 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini 
mexanizatsiyalash 
muhandislari 
instituti 
professori, texnika fanlari doktori. 
Q.B. Imomqulov 

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-
tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, texnika 
fanlari doktori. 
© «__________________________________________________» , 2020 



KIRISH 
Hozirgi kunda fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda 
keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, 10 dan ortiq 
yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari 
oxirgi yillarda 45 foizga ko‘payib, ularning soni 75 mingtadan ortgan. 
Bu borada Respublikamizda Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, 
Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining 
ilg‘or tajribasidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Xozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi 
davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur 
sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori 
qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq 
belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan 
muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida samaradorlikning yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan sohaning 
zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, ulardan samarali foydalanish darajasiga 
bog‘liq.
Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012 — 2016 yillarda qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 10 maydagi "Qishloq 
xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 29 maydagi
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis 
xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini 
jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari



bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu qarorlarda sohaga oid qator vazifalar 
belgilangan, jumladan: 
1.
Mashina-traktor agregatlari parkini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish, 
ta’mirlash, diagnostikalash, uzoq muddat saqlash; 
2.
Texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishning to‘liq yo‘lga qo‘yishda ilm-
fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvini ta’minlash; 
3.
Tashina-traktor parklarining mavjud texnikalarini ta’mirlash va servis 
xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirish; 
4.
Mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi zarur 
texnikalar bilan jihozlangan va ko‘chma xizmat ko‘rsatuvchi mintaqaviy servis 
markazlarini tashkil etish; 
5.
Texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash va diagnostikalash, detal, 
uzel, agregatlar resursini tiklash texnologik jarayonlarini 
bajaruvchi tarmoq Markazlarini yaratish; 
6.
Mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish 
tizimini takomillashtirish; 
7.
Texnikaviy xizmatlar ko‘rsatish Markazining jihozlarini modernizatsiya 
qilish, mexanizatsiya, remont va texnik xizmat ko‘rsatishni zamon talabi 
darajasidagi texnika, jihozlar va malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi fanga oid 
masalalar. 
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor 
parklari, muqobil mashina-traktor parklari, shuningdek, boshqa tegishli tuzilmalar 
yuqori unumli, tejamkor texnika hamda agregatlar bilan ta’minlanmoqda. SHuni 
ta’kidlash kerakki, oxirgi yillarda agrar sohada yurtimizda 60 ga yaqin turdagi 
qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Mashina-traktor agregatlaridan foydalanish darajasini oshirishning nazariy 
asoslarini, ularning harakatlanish qonuniyatlari, agrotexnik, ekspluatatsion-
texnologik va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar ushbu 
o‘quv qo‘llanmada talabalarga taqdim etilgan. 




Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish