AVTOMOBILSOZLIKDA OYNALARNI ISITISH TIZIMINING TERMINALINI KAVSHARLASH UCHUN KOMPYUTERLI AVTOMATLASHTIRILGAN QURILMANI ISHLAB CHIQISH.
Sayitov Shavkatjon Samidin o`g`li
Fargona politexnika instituti assistenti
Telefon: +99890 5468281, +998993648281
Jeknil_91@mail.ru
Annotasiya. Ushbu maqolada avtomobillarning orqa oynasini isitish tizimining terminallarini kavsharlash texnologiyasini o'rganish natijalarini tadqiq etiladi va terminalni kavsharlash jarayoni uchun yangi ishlab chiqilgan texnologik qurilma tavsiflanadi.
Tayanch iboralar: Kavsharlash, terminal, jarayon, qizdirish, boshqarish, qurilma, rejim, yarim avtomat, texnologiya.
Kirish. Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish sanoati asosan texnologik jarayonlarni qay darajada avtomatlashtirilganligi bilan belgilanadi. Sohaning holati esa zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etilishi darajasi asosida baholanadi. Jahon avtomobilsozligi yuqori texnologik uskunalar va texnologiyalarni qo’llanishini talab etadi. Ayni paytda O'zbekiston avtomobilsozlik sanoati mavjud bo’lgan davlatlar ro'yxatiga kiritilgan. O'zbekiston Respublikasida ushbu tarmoq uchun xalqaro standartlarga javob beradigan butlovchi qismlar ishlab chiqaradigan bir qator ishlab chiqarish korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Bunday korhonalardan biri "AVTOOYNA" korxonsi zamonaviy texnologik reglamentlar asosida avtomabil oynalarni qayta ishlaydigan hozirgi zamon uskunalar o'rnatilgan [1,2,3].
Avtomobil oynalari ikkita yupqa (qalinligi 1,9–3 mm) alohida qatlamdan va ular orasiga maxsus plyonka qo’yib bir butin holatga keltiriladi. Tayyorlash jarayonini “laminasiya” deb ataladi. Xar bir oyna aniq bir egilishli bolib, aniq texnologik karta bo’yicha tayyorlanadi. Avtomobil oynasi uchun yuqori sifatli oynalardan foydalaniladi.
Tayyor avtomatik oynalarni ishlab chiqarish jarayoni ko'plab qadamlar va operatsiyalardan iborat. Eng muhim bosqichlardan biri bu terminalni avtomobil oynalariga kavsharlash jarayonidir.
Ishning maqsadi. Terminalni avtomobilning oynalariga kavsharlash texnologiyasini tadqiq etish va oynaga kavsharlash texnologiyasini takomillashtirish bilan jarayonni yarim avtomatlashtirish uchun qurilmani ishlab chiqish [4].
Bizning tadqiqotlarimizga natijasida kavsharlash uchun optimal kavsharlashagichdagi temperatura va kavsharlash temperaturasi aniqlandi.
- kavsharlash joyi va kavsharlash yordamchi materiali temperaturasi +40 - + 50C – oralikda bo’lishi mustaxkamlikni ta’minlaydi;
- harorat bu oralikdan ko'tarilganda yopishishni sekinlashtiradi va qotishma hosil bo'lib qoladi;
- Harorat juda past bo'lganda, kavsharlanish mustaxkamligi pasayadi va uzilishlar paydo bo’ladi.
Tadqiqotlar asosida kavsharlash jarayonini yarim avtomatlastirish uchun maxsus kavsharlash qurilmasini (kavsharlash steplerini) yaratdik. U quydagilarni bajarish imkoniyatiga ega:
Terminallarni avtomatik uzatish;
Terminalni kavsharlash joyiga optimal bosimda ushlab turish;
Kavsharlash jarayonida o’rnatilgan temperaturani ta’minlash;
Kavsharlash vaqtini boshqarish.
Yarim avtomat kavsharlash qurlmasini boshqarish tizimi “arduino uno” mikrokontrolleri tashkil etib, unga zaruriy analog va diskret kirish chiqishli datchiklar ulangan:
1-rasm. Avtomobilsozlikda oynalarni isitish tizimining terminalini kavsharlash uchun kompyuterli avtomatlashtirilgan qurilmasining prinspial sxemasi
Xulosa. Yaratilgan yarim avtomat kavsharlash qurilmasi kavsharlash jarayoni mexnat unimdorligini 1,5 barabarga ortirish bilan kavsharlash sifatini standsrtlar bo’yicha yaxshilaydi. Bundan tashqari kavsharlash yordamchi materiallarini tejash imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Технология электрической сварки металлов и сплавов плавлением./ Под ред. акад. Б.Е. Патона. - М.: Машиностроение. 2004.
2.Россошинский А.А. Прогрессивные методы в пайке. Киев. 1986.
3. Техническая документация ООО «Автоойна»
4.Сайитов Ш.С., Абдурахмонов С.М., Ощепкова Э.А., Рахмонов Д.Х.,
Хурибоева М.Ш. Новая конструкция для пайки терминала системы подогрева заднего стекла автомобиля. Актуальная наука. Международный научный журнал. 2019.,№ 9. 22-27.
Do'stlaringiz bilan baham: |