223
Izoh: (+) - texnik xizmat ko‘rsatilishini, (-) – ko‘rsatilmasligini bildiradi.
Belgilangan xizmat ko‘rsatishlar davrlaridan og‘ishish mashinalardan
foydalanishda buzilishlar keskin ko‘payib, ish unumdorligini pasayishiga
olib keladi. Masalan, traktor sifatli rostlanmasa yoqilg‘i
sarfi oshadi,
quvvati tushib, ish sifati pasayib ketadi, agregat tez buziladi, ta’mir
xarajatlari ortadi.
Qishloq xo‘jalik mashinalarini ishga rostlash
sifatli bajarilmasa
agrotexnologik jarayon buziladi, agrotadbir sifatsiz bajariladi, nihollar zararlanadi,
hosil miqdori kamayadi.
Qishloq xo‘jalik mashinalari uchun esa har kunlik va mavsumiy davrlarda
texnik xizmatlar ko‘rsatilib, ularning bajarish muddatlari ushbu mashinalardan
foydalanish mavsumlar bilan belgilanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatishlarning davrlari va ularda
bajariladigan ishlarning
turlari texnikalarni ishlab chiqaruvchi mashinasozlik korxonalari konstruktorlik va
servis xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi. Bunda texnikaning qismlari,
birikmalari, agregatlari va detallarining ishlash sharoitlarini hamda qo‘llaniladigan
moylash materiallarining xususiyatlarini xarakterlovchi ko‘rsatgichlarining
o‘zgarishi bo‘yicha o‘tkazgan laboratoriya va dala eksperimntlari natijalari orqali,
ya’ni quyidagi puxtalik ko‘rsatgichlari – buzilmasdan ishlash yoki uzluksiz ishlash
davomiyligi, chidamliylik va yaroqsiz holatga etgunga qadar
ishlash davomiyligi,
ta’mirlashga yaroqlilik - mashinaning texnik xizmat ko‘rsatishga, tashxislash va
nosozlikni bartaraf etishga, ta’mirlashga
moslashganligi, saqlanuvchanlik –
mashinaning saqlash va tashish chog‘ida ishga yaroqsizligini ushlab turish
xossalari orqali aniqlanadi.
Texnik xizmat ko‘rsatishning quyidagi uchta strategiya keng tarqalgan:
-
xizmat ko‘rsatish tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng
uning
oqibatini yo‘qotish uchun amalga oshiriladi;
-
xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning
miqdori yoki yoqilg‘i
sarfiga asoslanib
qatiyan belgilangan grafik
(reglament) bo‘yicha amalga oshiriladi;
224
-
xizmat ko‘rsatish tadbirlari mashinalarga o‘rnatilgan avtodiagnostika
tizimi
va davriy tashxis asosida
amaldagi texnik holatiga muvofiq
amalga oshiriladi.
Birinchi strategiya asosan oddiy va kichik (mini) texnikalarda qo‘llaniladi.
Bunda texnikalarda nosozliklar vujudga kelgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatish
tadbirlari bajariladi.
Ikkinchi strategiya Mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) davlatlarida keng
qo‘llaniladi. Uning asosiy mazmuni GOST-20793-86 da keltirilgan.
Uchinchisi ko‘proq istiqbolli bo‘lib, mashinalarda
murakkab elektron
jihozlari o‘rnatilishi va texnik servis o‘tkazishda elektron-mexanik tashxis
anjomlarining qo‘llanishi va yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni
taqqoza etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: