Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Texnik servisni rivojlantirish istiqbollari



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj

 
25.6-§. Texnik servisni rivojlantirish istiqbollari
Texnik xizmat ko‘rsatishning quyidagi uchta strategiya keng tarqalgan: 
- xizmat ko‘rsatish tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‘ng uning oqibatini 
yo‘qotish uchun amalga oshiriladi; 
- xizmat ko‘rsatish tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning 
miqdori yoki yoqilg‘i sarfiga asoslanib qatiyan belgilangan grafik (reglament) 
bo‘yicha amalga oshiriladi; 
- xizmat ko‘rsatish tadbirlari mashinalarga o‘rnatilgan avtodiagnostika tizimi 
va davriy tashxis asosida amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Birinchi strategiya asosan oddiy va kichik (mini) texnikalarda qo‘llaniladi. 
Bunda texnikalarda nosozliklar vujudga kelgandan keyin texnik xizmat ko‘rsatish 
tadbirlari bajariladi. 
Bu strategiyani ikkinchisi Mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) davlatlarida 
keng qo‘llaniladi. Uning asosiy mazmuni GOST-20793-86 da keltirilgan. 
Uchinchisi ko‘proq istiqbolli bo‘lib, mashinalarda murakkab elektron 
jihozlari o‘rnatilishi va texnik servis o‘tkazishda elektron-mexanik tashxis 


225 
anjomlarining qo‘llanishi va yuqori malakaga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashni 
taqqoza etadi.
Hozirgi kunda texnik xizmat ko‘rsatishning preverantiv (o‘zuvchan) 
strategiyasi taklif etilmoqda. Bu strategiyaning texnik servis tadbirlarini muqim 
texnik servis shahobchalarida zamonaviy diagnostika uskunalaridan foydalanilgan 
holda mavsumlar oralig‘ida yoki mavsumdan oldin amalga oshirishdan iborat. 
Bunday strategiyada, texnik servisda mehnat sarfi me’yoriy qiymatdan 2-4 
marotaba yuqori bo‘lishiga qaramasdan nosozlikning yuzaga kelish oralig‘i 30% 
oshganligi aniqlangan. 
Respublikamizda g‘alla kombaynlari, paxta terish mashinalari, haydov 
traktorlari bilan ta’minlanish darajasi yuqori bo‘lmagan hozirgi davrda, mavsumiy 
ishlarda foydalaniladigan texnikalarga texnik servisni prevantiv strategiya bilan 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. 
-
Qishloq xo‘jaligi mashinalarini qayta tiklash va texnik xizmat 
ko‘rsatishning rivojlanishiga ko‘maklashish uchun axborat almashishning 
avtomatlashgan tizimi va ma’lumotlarning yagona bazasi yaratiladi.
-
Texnik servisni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari: 
-
texnik servis uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini 
oshirish; 
-
texnik servisga oid me’yoriy, uslubiy, huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish; 
-
texnik servisda ishlatiladigan nazorat va diagnostika vositalarini ishlab 
chiqish; 
-
zavodlarning joylardagi tayanch punktlari orqali firmaviy texnik 
servisning diler modelini joriy qilish; 
-
mashinani xizmat muddati tugagandan so‘ng egasidan qaytarib sotib 
olish va zavodlarga yuborib, u erda takomillashtirilgan variantda qayta ishlab 
chiqarish va arzon narxda sotishni yo‘lga qo‘yish; 
-
texnikalarga texnik xizmat ko‘rsatishda resurstejamkor texnologiyalarni 
joriy etish va kengaytirish 


226 
-
tashxislash, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini kompyuterlashtirish, 
ularni avtomatik boshqarish tizimini joriy etish va boshqalar.

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish