O’zbekiston respublikasida aholiga xizmat ko’rsatish darajasini tahlil qilish



Download 24,51 Kb.
Sana17.01.2022
Hajmi24,51 Kb.
#380814
Bog'liq
O


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLIGA XIZMAT KO’RSATISH DARAJASINI TAHLIL QILISH

Xizmat ko'rsatish sohalari tarkibi (B.A. Manak)

1 Aholining moddiy talab ehtiyoji

- Savdo


- Umumiy ovqatlanish

- Uy joy


- Transport

- Aloqa


- Ijtimoiy ta'minot kredit va sug'urta.

2 Shaxs ehtiyojlari



  • Ta'lim;

  • sog'likni saqlash;

  • madaniyat sanat;

  • jismoniy tarbiya va sport;

  • rekreatsiya va hk.

Xizmat ko'rsatish sohalari. Xizmat ko'rsatish sohasi nima ekanligini, unga tegishli bo'lgan faoliyat sohalarini (tarmoqlarini) aniqlamasdan turib tushunish qiyin:

  • aholini ijtimoiy himoya qilish;

  • maishiy xizmatlar;

  • uy-joy kommunal xo'jaligi (uy-joy kommunal xo'jaligi);

  • chakana savdo;

  • kredit va moliyaviy xizmatlar;

  • rekreatsion iqtisodiyot;

  • tibbiy xizmat;

  • umumiy ovqatlanish;

  • aloqa va boshqalar.

Xizmat ko‘rsatish sohalari birgalikda jamiyatning ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etadi.

2020-yilda xizmat ko’rsatish sohalari qanchalik rivojlandi

2020-yil yakuniga ko’ra yashash va ovqatlanish, sog’liqni saqlash sohalarida pasayish kuzatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 218 853,5 mlrd. so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 25 155,7 mlrd. so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3% ni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar beradi.

2020- yilning yanvar oyiga nisbatan joriy yilning dekabr oyida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4,2 trln. so‘mga o‘sdi va 20,5 trln. so‘mga yetdi.

Taqqoslash uchun: 2019- yilning mos davrida hajmi 2,6 trln. so‘mga o‘sgan va 16,1 trln. so‘mga teng bo‘lgan.

2020- yilning IV diskret choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 61,8 trln. so‘mni tashkil etib, 2019- yilning IV choragiga nisbatan (52,7 trln. so‘m) hajmi 9,1 trln. so‘mga oshdi. Yuqori o‘sish moliyaviy xizmatlar (25,6%), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (15,3%), shuningdek, ta’lim sohasidagi xiz matlar (7,4%) va savdo xizmatlarida (1,7%) qayd etildi. Xizmatlar sohasiga taalluqli bo‘lgan boshqa barcha faoliyat turlari bo‘yicha 2019- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlarining pasayishi kuzatilmoqda.

Transport sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining sezilarli darajada pasayishiga qaramay, xizmatlarning umumiy hajmida ularning ulushi ustun bo‘lib qolmoqda — 24,6%.

2020- yilning yanvar-dekabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 25,8% ni tashkil etdi, bu esa 56 553,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi. Taqqoslash uchun: 2019- yilda ularning hajmi 48 748,2 mlrd. so‘mga yoki umumiy hajmining 25,2% iga to‘g‘ri keldi.

2020- yilning yanvar-dekabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 12 886,0 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2019- yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 115,3% ga yetdi.

2020- yilning yanvar-dekabr oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlarning yuqori hajmi Samarqand (736,7 mlrd. so‘m), Farg‘ona (608,1 mlrd. so‘m), Toshkent (582,7 mlrd. so‘m) va Buxoro (537,6 mlrd. so‘m) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3 762,5 mlrd. so‘m) qayd etildi.

Prezidentning “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Qarorda ko‘rsatilishicha, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.



Hujjatda belgilanishicha:

  • kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan Z yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi O‘zbekisgon Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi;

  • tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlariga, ayniqsa maishiy, ta'lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik sub'yektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;

  • mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kami-da 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;

  • O‘zbekiston prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.



Download 24,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish