90
muvofiqlik mezonlari bo‗yicha Ob‘ektning ekspluatatsiyasi
davom ettirilishi
mumkin. Shuning uchun texnik hujjatlarda transport vositasining keyingi
ekspluatatsiyasi mumkinligini bildiradigan parametrlar
miqdorlarining oraliqlari
keltirilishi mumkin. Diagnostik me‘yorlarga quyidagilar kiradi (23-rasm).
Boshlang‗ich me‘yor (S
b
) - Dastlabki (nominal) qiymat diagnostik
parametrning miqdoriga, u esa chiniqtirish va ishlatib moslashdan o‗tgan yangi, soz
transport vositasining tuzilmaviy parametriga mos keladi.
Dastlabki qiymat,
loyihalashda belgilanadi va ishlab chiqarishda ta‘minlanadi, ya‘ni Ob‘ektni
sozlaydilar yoki ta‘mirlaydilar. Boshlang‗ich me‘yor texnik hujjatlarda keltiriladi.
Tirqishning kattalashuvini ―kompressiya‖ deb ataladigan diagnostik parametr
yordamida baholash mumkin.
Chegaraviy me‘yor (S
ch
) - Ob‘ektning
shunday miqdoriki, unga yetishgandan
keyin diagnostikalash Ob‘ektining ekspluatatsiyasi xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik
yoki ekspluatatsiyani davom ettirish nuqtayi nazaridan maqsadga muvofiq bo‗lmay
qoladi (ayrim hollarda esa imkoni bo‗lmaydi).
23-rasm. Diagnostik parameter me‟yorlarining bosib o„tilgan yo„l bo„yicha
o„zgarishi.
S
b
- diagnostik parametrning boshlang‗ich me‘yori; S
ch
- diagnostik parametrning
chegaraviy me‘yori; S
a
- diagnostik parametming joriy vaqtdagi (qiymati; S
Y
Q
-
diagnostik parametriing yo‗l qo‗yilgan me‘yori4 L
n
L
Y
Q
va L
ch
-diagnostik parameter
91
texnik holati me‘yorlariga tegishli masofalar.
Bu me‘yor davlat standartlari talablarida va texnik hujjatlarda keltiriladi.
Diagnostika o‗tkazish va profilaktik xizmatlarning
davriyligini hamda
diagnostik parametrni o‗lchash vaqtidan texnik ta‘sir o‗tkazish vaqtigacha tuzilmaviy
va diagnostik parametr o‗zgarishlarining ehtimollik xarakterini hisobga olgan holda
ishlash davomiyligining qandaydir zaxirasi zarur.
Avvalgi diagnostikalashda o‗lchangan diagnostik parametrning miqdori
chegaraviy miqdorga yetmaganligini va nazoratlar oralig‗ida
bu qiymatning
me‘yorlangan miqdordan oshib ketganligini ko‗rsatishi mumkin. Shu munosabat
bilan transport vositalari ekspluatatsiyasida parametrning chegaraviy qiymati o‗rniga
diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan foydalaniladi.
Chegaraviy va ruxsat etilgan chegaraviy parametrlar qiymatlari orasidagi farq
nazoratlar oralig‗ida berilgan buzilmasdan ishlash
ehtimolligi darajasini
ta‘minlaydigan ―zaxira‖ni tashkil etadi (23-rasm).
Yo‗l qo‗yilgan me‘yor (S
yq
) - ekspluatatsiya jarayonida diagnostikalashda ko‗p
hollarda diagnostik parametrning ruxsat etilgan chegaraviy qiymatidan foydalaniladi.
Yo‗l qo‗yilgan me‘yor asosida Ob‘ekt holatiga diagnoz qo‗yiladi va ekspluatatsiyani
davom ettirish, profilaktik ta‘sir yoki ta‘mirlash ishlari bo‗yicha tegishli qaror qabul
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: