b) funksional model
- bu modelni qurishda tashxis ob‘ekti sifatida qaraladigan
tizimni bir -biri bilan bog‗langan funksional elementlarga bo‗lish mumkin deb
hisoblanadi va bu model tashxisning maqbul texnologik jarayonini aniqlashga imkon
beradi.
Diagnostika tashqi belgilari, parametrlari va me‟yorlar
Transport
vositasi,
uning
uzeli,
agregatining
tuzilishi,
tuzilmaviy
elementlarning bir-biriga ta‘siri va bog‗liqligi tuzilmaviy (strukturaviy) deb atalgan
parametrlar bilan tavsiflanadi va baholanadi. Bu bog‗liqlik fizik miqdorlar orqali
ifodalanadi (tortish kuchi, bosim, tebranish amplitudasi, tovush kuchi, tok kuchi,
harorat va h. k). Tuzilmaviy parametrlar ko‗p hollarda Ob‘ektning texnik holatini
(masalan, eyilganlik, birikmadagi tirqish) bevosita tavsiflaydi. Tuzilmaviy
parametrlarni o‗lchash, odatda, oddiy asbob yordamida bajariladi, aniqlik va
haqiqiylik bilan tavsiflanadi. O‗lchash natijasi diagnostikalash Ob‘ekti texnik holati
o‗zgarishi sabablariga bevosita bog‗liq. Tuzilmaviy parametr qiymati bo‗yicha
Ob‘ekt texnik holatini baholash mumkin.
Tuzilmaviy parametrlarni, ko‗p hollarda, diagnostikalash ob‘ektini bo‗laklarga
ajratmasdan turib o‗lchab bo‗lmaydi. Bo‗laklarga ajratish diagnostikalash mehnat
84
hajmining o‗sishiga va qoldiq resursning kamayishiga olib keladi, chunki ajratish-
yig‗ish jarayonidan so‗ng o‗zaro ta‘sirdagi detallarning yana moslashuv davri
boshlanadi, bu davr esa jadal yeyilish bilan tavsiflanadi (18-rasm). Tuzilmaviy
parametrlar yordamida murakkab Ob‘ektlar texnik holatini kompleks baholashning
imkoni yo‗q.
Transport vositasi texnik holatini baholash uchun tuzilmaviy parametrlarni
bevosita o‗lchash imkoniyati cheklanganligi sababli diagnostik parametrlardan
foydalaniladi. Ular Ob‘ekt texnik holatini aniqlash imkonini beradi va o‗lchashlarni
ko‗proq qulaylik bilan o‗tkazish bilan tavsiflanadi. Diagnostik parametrlar buzilish
(nosozliklar)ning bilvosita ko‗rinishidir. Diagnostik parametr qiymatini Ob‘ektini
bo‗laklarga ajratmasdan turib aniqlash mumkin (masalan, moy bosimi, harorat,
ishlatilgan gazlardagi uglerod oksidi miqdori va h.k.).
Diagnostik parametr
- bu transport vositasi, uning agregat va uzellari texnik
holatining miqdoriy qiymatini bilvosita belgi (simptom)lar bo‗yicha bo‗laklarga
ajratmasdan turib aniqlanadigan sifatli o‗lchovidir. Diagnostik parametrlar tuzilmaviy
parametrlar bilan bog‗langan bo‗lib, Ob‘ektning texnik holati to‗g‗risida kerakli
ma‘lumot beradi.
Har qanday Ob‘ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo‗linadi:
1)
ishchi jarayonlar
- Ob‘ektning ish funksiyalarini belgilaydigan jarayonlar
(masalan, dvigatelda yonilg‗i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash,
energiya ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k;
2)
birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar
- ishchi jarayonlar bilan bir
yo‗lakay paydo bo‗ladigan jarayonlar (tebranishlar, urilishlar, issiqlik chiqarish va
h.k.). Bunday jarayonlar xarakteristikalari va parametrlarini kuzatish va tashqaridan
o‗lchash mumkin. Ishchi va hamroh jarayonlar va ularning hosilalari parametrlari
diagnostik parametrlar bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
Transport vositasi texnik diagnostikasi nazariyasi va amaliyoti chiqish
xarakteristikalari parametrlari miqdorlarining Ob‘ekt tuzilmaviy parametrlariga
bog‗liqligiga asoslangan.
Ishchi yoki birga sodir bo‗ladigan (hamroh) chiqish jarayonlarini Ob‘ektning
85
nosoz texnik holatidan darak beruvchi bilvosita tashqi
belgi (simptom)
deb qarash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |