Gidronimlari. Toshkent viloyati respublikada suv resurslariga eng boy viloyatdir. Sirdarayoning o’rta oqimi, uning yirik irmoqlari -Chirchiq (irmoqlari Chotqol, Piskom, Ugom, Ko’ksuv), Ohangaron viloyat hududidan oqib o’tadi. Bu daiyolarning har biriga yana qancha soy-jilg’alar qo’shiladi.
Umuman olganda viloyat hududida juda ko’plab katta-kichik daryo, soylar, jilg’alar bor. Buloq, chashmalar, quduqlar ham anchagina. Tabiiy geografik obyektlar katta-kichik bo’lsa ham, toponimlarning katta-kichigi bo’lmaydi. Makrotoponim ham, mikrotoponim ham muayyan bir ma'noni anglatadigan so’zlar.
Gidronimlarning ko’pchiligining ma'nosi tushunarsiz bo’lishi mum-kin. Buning birinchi sababi shundaki, topografik xaritalar mahalliy tillarni yaxshi bilmaydigan rus topograflari tomonidan tuzilgan; ik-kinchidan, borish qiyin boigan tog’li joylarda qadimiy nomlar saqlanib qolgan. Masalan, Bo’stonliq tumanidagi Dodekatim, Paltov, Ohanga-ron tumanidagi Jiblon, Urgaz daryolarini izohlash qiyin.
Shunday boMsa ham ayrim gidronimlarning ma'nosini izohlash mumkin.
Viloyatning eng katta daryosi Chirchiq nominiiig «Kichik Sir’ deb izohlangani ma'lum (lug’atga qarang).
Aslida ko’pgina uzoq tarix davomida til va talaffuz o’zgarishilariga uchrashi boic hozir tushunish qiyin shaklga kelib qolgan. Gidronim-lar orasida metaforik - majoziy nomlar ko’p uchraydi. Masaian, Parkent tumanida Haromzodasoy degan soy bor. Ma'Iumki, harom-zoda yoki haromi nikohsiz ota-onalardan tug’ilgan bolani bildiradi va bu so’z «yaramas», «iflos», «ablah» ma'nolarini ham anglatadi. Tez-tez toshib tevarak-atroflarni vayron qilib turgani sababli, xalq bunday soyni nafrat bilan haromzoda deb atagan boiishi mumkin.
Respublikamizda Tentaksoy degan bir necha suv obyekti bor. Parkent tumanidagi bir soy ham shunday ataladi. Bunday soyjar, oshib-toshib yo'1-ko'priklarni buzib, ekinzorlarni bosib ketishgan. Xuddi shunday Yuguriksoy (Parkent tumani) «shoshib-pishib tez oqadigan», Sargardonsoy (Bo’stonliq tumani) o’zanini tez-tez o’zgartirib turadigan soy ma'nosini anglatadi. Navoiy tumanida Sargardonqum degan qumlik bor, bu yerda qum tepalari — barxan-lar tez-tez o’z o’rnini o’zgartirib turadi.
Bo’stonliq tumanidagi Kelinchaksoyning suvi hech toshmasdan bir maromda oqadi. Uning nomi shu xususiyatidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |