So’ZBOSHI
Kishilar oq-qorani tanib tirikchilik qila boshlashibdiki, tevarak-atroflaridagi yerlarni, daryo-ko’llarni, tog’laru qir-adirlarni, o’tloq-yaylovlarni ma'lum bir nom bilan atab kelganlar. Dastlabki topo-nimlar oddiy turdosh otlardan farq qilmaydigan sodda nomlar edi. Atrof tabiiy muhiti haqidagi tasawur kengayib, bir buloqni ikkin-chisidan, bir o’tloqni boshqasidan, yaqindagi tepalikni narigisidan farqlash ehtiyoji tug’ila boshladi. Shundan so’ng Kattabuloq — Kichik-buloq, Qiziltepa — Ko’ktepa, Tuyayaylov — Echkiyaylov singari mu-rakkabroq joy nomlari paydo boigan. Ijtimoiy ong rivojlangan sari tushunchalar soni ortib geografik nomlar grammatik va semantik ji-hatdan murakkablasha borgan. Hali yozuv paydo bo’lmagani sababli ibtidoiy zamondagi geografik nomlar bizgacha yetib kelmagan.
o’rta Osiyoning, jumladan o’zbekistonning xorazmiy, sug’diy, qadimgi turkiy yozuvlarda yetib kelgan toponimlari ko’p emas. Yu-non manbalarida tilga olingan geografik nomlarimiz ham sanoqli. Milodning birinchi ming yilligi oxiri — ikkinchi ming yilligi boshlari mintaqamiz uchun yozma manbalarda ko’hna toponimlar ko’plab qayd qilingan davr edi. «Devonu lug’otit-turk», «Buxoro tarixi», «Hudud ul-olam», «Arab geograflari kutubxonasi» jildlari so’zsiz, benazir toponimik manbalardir. Bu yodnomalarda tilga olingan geografik nom-larning anchasi hamon o’zining shakl-shamoyilini saqlab qolgan.
o’rta asrning oxirlari toponimik materiallarni qamrab olishda ik-kinchi oltin davr bo’ldi. Xususan, Amir Temur va Temuriylar tarixi, birinchi galda Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»lari, Zahiriddin Boburning xotiralari — «Boburnoma», Shayboniylar tarixi, Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asari va boshqa yodnomalarda ko’plab shahar va qishloqlar, daryo, soylar, mavze va maskanlar tilga olingan. Abulg’ozi Bahodiry^nning «Shajarai taroki-ma», «Shajarai turk» asarlarida bir qancha geografik nomlar bilan birga ko’plab etnonimlar — qabila-urug’ nomlari keltirilganki, bu materiallar toponimchilar uchun bebaho manbalardir.
Xiva, Buxoro, va Qo’qon xonliklari hujyatlarida, vaqfnomalarda, vasiqalarda ko’plab joy nomlari, shuningdek toponimlarning kaliti bo’lib xizmat qiladigan talay geografik, ijtimoiy-siyosiy va boshqa materiallar uchraydiki, bunday boy manbalarni o’rganmasdan turib, o’zbekiston toponimikasi haqida fikr yuritish ko’ngildagidek samara bermaydi.
Xiva, Samarqand, Buxoro, Qo’qon, Toshkent hujjatlarining
ponimik va terminologik xazinalarini o’rganishda Ya. Cg’ulomov,
vl. Yo’ldoshev, V. V. Bartold, P. P. Ivanov, V. L. Vyatkin, A. A.
.myonov, O. D. Chexovich, O. A. Suxareva, A. B. Ahmedov, A. R.
vluxamadjonov, R. G. Muqminova kabi olimlar katta ishlarni amalga
bshirgan.
Qoilanmada ana shu boy tarixiy meros hamda mo'1 toponimik naterial zamonaviy toponimik tadqiqot «tegirmonidan» o’tkazildi,
Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, toponimika, xususan t )'zbekiston toponimikasi oson soha emas. Shuning uchun bo’lsa kerak, Kespublikamizdagina emas, balki butun Hamdo’stlik mamlakatlarida ham toponimikadan bironta turg’un darslik yaratilgani yo’q. Faqat Belarus Respublikasida A. V. Juchkevichning oliy o’quv yurtlarining geografiya fakultetlari uchun mo’ljallangan «Obqaya toponimika» («Umumiy toponimika’) o’quv qoilanmasi (Minsk, 1968, 429 s.)bir necha marta nashr etildi.
Qo’lingizdagi qo’llanmaning arxitektonikasiga qarang: toponimik tadqiqot tarixi va asosiy toponimik qonuniyatlar qisqacha yoritilgach, har bir viloyat (shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi) uchun o’lkashunoslik materiali bo’lib xizmat qiladigan hududiy toponimi-yaga, so’ngra toponimlarning «qurilish materialllari» hisoblangan toponimik leksikaga, undan keyin amaliy toponimikaga boblar ajra-tilgan. Oxirgi bobda ayrim yozma yodgorliklar toponimik jihatdan tahlil qilingan.
Kitobxon matndan toponimika haqida har taraflama ma'lumot topa oladi deb ishonamiz. Shu bilan birga u geografik, lingvistik va tarixiy yo’nalishlardagi toponimika bo’yicha birinchi qo’llanma bo’lgani bois ma'lum bir kamchiliklar bo’lishi tabiiy,
Mazkur qo’llanma jamoatchilik nazaridan o’tib, tegishli fikrlar to’plangach, toponimikadan maxsus darslik yaratish uchun negiz bo’lib xizmat qilishi mumkin deb umid qilamiz.
I-bob
TOPONIMIKANING UMUMIY QONUNIYATLARI
KIRISH
Har bir kishining o’z nomi — ismi bor. Bir xil ismli kishilab ya'ni adashlar ko’p bo’lgan holda, ularni laqab bilan farq qilganlai Familiyalar ham aslida kishilarni bir-biridan farq qilishga xizma' qiladi.
Umuman, inson narsalarga nom qo’ymasdan yashay olmaydi Dunyodagi hamma narsaning nomi bor. o’simlik va hayvonlarninf mahalliy nomlaridan tashqari ilmiy, lotincha nomlari ham mavjud Har qanday o’simlik va hayvonni lotincha nomiga qarab turli millat mutaxassislari darrov bilib oladilar. Demak, nomlar bir narsani ikkinchi narsadan farq qilishga yordam beradi.
Bir joyni ikkinchisidan, bir jilg’ani boshqa bir jilg’adan, bii ko’chani yonidagi ko’chadan, tog’-adirlarni, shahar va qishloqlarni bir-birlaridan farq qilish uchun ham kishilar nomlar o’ylab chiqar-gan. Joy nomlari, geografik nomlar yoki toponimlar deb ataladi Toponimlarni toponimika fani o’rganadi.
Toponimika yunoncha topos — joy va onoma (yoki onima) — nom so’zlaridan tarkib topgan.
Joy nomlari, ya'ni toponimiya bir necha turga bo’linadi. Bular. gidronomiya (yunoncha gidro — suv), ya'ni daryolar, ko’llar, den-gizlar, soylar, kanallar, qo’ltiqlar, bo’g’ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya (yunoncha oros — tog^, ya'ni yer yuzasining relef shakl lari — tog’lar, cho’qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oyko-nimiya (yunoncha oykos — uy), polinimiya (yunoncha polis — sha-har) yoki urbanonomiya (lotincha urbos — shahar), ya'ni qishloq hamda shaharlarning nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros -kichik), ya'ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o’tloqlar daraxtzorlar, jarlar, yo’llar, ko’priklar va hatto atoqli otga ega bo’lgan ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug’-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar etnotoponimlar (yunoncha etnos — xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esn antropotoponimlar (yiinoncha antropos — odam) deb atash mumkin.
Toponimikani qaysi fanlar qatoriga kiritish kerak, degan muno-zara uzoq davom etdi.
Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko’llar, tog’lar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o’rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi.
Geografik nomlar, ya'ni toponimlar til lug’at tarkibining bir qismi bo’lib, til qonuniyatlariga bo’ysunadi. Albatta, so’zni tilshunos-lik — lingvistika fani o’rganishi kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o’rganadigan onomastika fanining bir qismi bo’lib, tilshunos-lik fanlari qatoriga kiradi.
Ikkinchi tomondan, geografik nomlar xaritaning eng muhim elementi sifatida biron mamlakat yoki o’lka tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shu nuqtai nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin.
Shu bilan birgalikda, joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambar-chas bog’liq. Joylarga qanday nom berish awalo jamiyatning muay-yan bosqichdagi ehtiyojlari bilan belgilanadi. Joy nomlari tarixini bilmasdan turib toponimika bilan shug’ullanish kutilgan natijani bermaydi. Ana shuning uchun ham toponimika tarix fanlari qatoridan o’rin oladi.
Demak, toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig’idagi fandir. Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil bo’lgan lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to’g’ri izohlab berilishi mumkin.
Ko’rinib turibdiki, biron-bir geografik yoki bir guruh nomning kelib chiqishi va tarixini mumkin qadar aniqroq tushuntirib berishni maqsad qilib olgan toponimik tadqiqot oson ish emas, balki talay vaqt hamda katta kuch talab qiladi.
TOPONIMIKA VA TILSHUNOSLIK
Do'stlaringiz bilan baham: |