Toshkent esa dastlab Choch, keyinchalik Shosh, X asrdan e'tiboran Toshkent shaklida qayd qilingan.
Qayd qilingandek, toponimlar turli davrlarning va turli tillarning mahsulidir. Xalqning tili bilan tarixi chambarchas bog’liq.
Nom qo’yish jarayoni o’z qonuniyatlariga ega bo’lib, birinchi navbatda tarixiy voqealar taqozosi bilan dunyoga keladi. Gadoytop-mas, Qulqishloq, Namozgoh, Oqmachit, Maddohlar, Xonobod, Taxti Sulaymon, Eski Vaqf, Mirshabxona, Boylar, Bevatan, Moxovqishloq, Eshonlar, Xaros (aynan «Eshak tegirmon») jamiyat turli tabaqalarga bo’lingan tarixiy davr mahsulidir.
o’ZBEKISTON TOPONIMIYASI Geografik nomlar muayyan hududda ajralgan holda emas, balki o’sha hudud bilan, u yerdagi tabiiy-tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog’liq holda o’iganiladi. Ayni vaqtda tevarak-atrofdagi hudud, o’lkalarning tabiati, tarixi hamda toponimiyasi ham hisobga olinishi kerak. Chunki geografik nomlar uzoq davrlar mahsuli bo’lgani bois vaqt o’tishi bilan ozmi-ko’pmi shaklan va mazmunan o’zgarishi, xalqlarning ko’chib yurishi natijasida esa bir joydan ikkinchi bir joyga o’tib qolishi mumkin.
Toponimlar til lug’at fondining bir qismi, biroq ular lug’at tarkibidagi boshqa so’zlardan uzoq vaqtgacha o’zgarmasdan turishi bilan farq qiladi. Iste'moldan butunlay chiqib ketgan yoki kichik bir hududda uchraydigan so’zlar ko’pincha geografik nomlar shaklida saqlanib qolgan bo’ladi. Bir vaqtlar keng iste'molda bo’lgan bulan (los), do’lta (sirtlon), buqalamun (xameleon), kish (sobol) kabi hayvon nomlari, baraz (tog’ tepasidagi kichikroq tekis maydoncha), bo’ktar (tog’ etagi), qo'1 (soy), qasaba (shaharcha), qora suv (buloq suvi), chordara (qorovul budkasi), hisor (qo’rg’on), to’rtkol (ay-nan-chordevor) «shahar vayronasi» kabi geografik atamalar hozirgi davrda o’zbekistonda butunlay ishlatilmaydi yoki kichik-kichik hudud-lardagina saqlanib qolgan. Biroq bu so’zlardan tuzilgan toponimlarni topsa bo’ladi. Ana shuning uchun ham joy nomlari tilning turli tarixiy davrlardagi lug’at tarkibini o’rganishda qimmatli manba hisoblanadi.
o’zbekistonning geografik nomlari, ya'ni toponimiyasi o’rta Osiyo toponimiyasining bir qismi sanaladi. o’rta Osiyodagi geografik nom-larning asosiy qismini hozirgi o’zbek, turkman, qirg’iz, qoraqalpoq, qozoq hamda tojik tillari yordamida osongina tushunish mumkin.
E.M.Murzayev qayd qilganidek, toponimlar hozirgi ma'muriy yoki etnografik chegaralarni tan olmaydi. Buning ma'nosi shuki, tojikcha toponimlar o’zbekiston, Turkmaniston va Qirg’iziston hudud-larida, o’zbekcha va qirg’izcha nomlar esa Tojikiston xaritasida ham ma'lum miqdorda mavjud.
o’rta Osiyoga turkiy xalqlar kelmasdan oldin, hozirgi o’zbekiston hududidagi vohalarda yashagan mahalliy xalqlar va qabilalar-xoraz-miylar, sug’diylar Choch (Toshkent) atroflari hamda Farg’ona vodi-ysi (qadimgi Parkan) aholisi saklar (shaklar) o’zbeklarning eng qadimiy ota-bobolari hisoblangan va sharqiy eron tillarida so’zlashganlar. Shunday qilib, o’zbekiston hududida eroncha nomlar substrat topo-nimlar, ya'ni o’zbeklar tomonidan assimilyatsiya qilingan tub nom-lar hisoblanadi. Samarqand, Xorazm, Jizzax, Qo’qon, Pishag’ar, Bog’iston kabi ko’p sonli qadimiy nomlar ana shunday substrat toponimlardir.
Yunonlarning o’rta Osiyoga kirib kelishi toponimiyada biron bir sezilarli iz qodirmagan. Tojikistondagi Iskandarko’l nomining Iskandar Zulqarnayn ismiga hech aloqasi yo’q. Chunonchi, Bobur bu ko’lni tilga olganda uning biron-bir nomini keltirmaydi. Bundan tashqari, Iskandar, Iskandarariq, Iskandardaryo, Iskandarquduqkabi topo-nimlar anchagina uchraydi. Tarixchi A.Muhammadjonovning ta'kidlashicha, o’zbekistonda Iskandar nomli quduqlar anchagina bor. Xalq bu quduqlarni makedoniyalik Iskandar nomi bilan bog’laydi.
Aslida bu nomlarning ko’plari keyingi paytlarda paydo bo’lgan. Masalan, Toshkent yaqinidagi Iskandarariq xalq orasida Iskandarto’ra laqabi bilan mashhur bo’lgan chor Rossiyasining knyazi Nikolay Nikolayevich nomi bilan ma'lum.
Turkistonda arablarning uzoq davr davomida hukmronlik qilishi joy nomlarida o’z aksini topgan. Bunda arab tilining adabiy til bo’lib xizmat qilishi katta rol o’ynagan.
Arabcha nomlar orasida avliyolar, payg’ambarlar va har xil diniy e'tiqodlar bilan bog’liq bo’lgan nomlar alohida o’rin tutadi. Arablar zamonidan qolgan toponimlarning eng ko’p sonlisi Rabotlardk.Arab-lar o’zlari bosib olgan joylarda harbiy punktlar — ko’pdan-ko’p rabotlar (ribotlar) qurgan. Chunonchi Buxoro biqinidagi Boykand (Paykand) yaqinida 1000 dan ortiq rabot boigan. Bu rabotlarda turkiy xalqlarning hujumlariga qarshilik ko’rsatadigan qo’shinlar tur-gan. Rabot nomli toponimlar o’zbekiston hududida hozir ham kam emas. Masalan, Chor Rossiyasining harbiy olimi
N.F.Sitnyakovskiyning 1899 yilgi «Ro’yxat»ida Zarafshon vodiysining faqat Buxoro qismida Balandrabot, Beshrabot, Yettirabot, Jarrabot, Deganrabot, Kaltarabot, Kattarabot, Oltirabot, Oqrabot, Toshrabot,Changrabot, Chorrabot, Chuqurrabot, Qo’tirrabot, Qo’shrabot, Rabot, Rabotio’zbek, Rabotimulla, Raboti Yusuf, Navrabot, Yangirabot kabi 160 dan ortiq qishloq, bundan tashqari, shu qishloqlar nomi bilan atalgan bir necha o’n ariq qayd qilingan. Shuningdek, bob (bobil), nahr, tal (tepa), masjid (machit), madrasa kabi arab atamalari geografik nomlar tarkibida ko’p uchraydi.
Shuni aytish kerakki, aslida arabcha bo’lsa ham turkiy xalqlar tillarining lug’at tarkibidan o’rin olgan bu kabi so’zlardan tarkib topgan toponimlarni turkiy nomlar deyish to’g’ri bo’ladi.
Turkiy geografik nomlar o’zbeistondagi toponimlarning asosiy qismini tashkil etadi. Lekin, o’zbekcha geografik nomlarning ko’pchiligi keyingi asrlarda vujudga kelgan.
Shu bilan birga o’rta Osiyoda, jumladan, o’zbekistonda arab-lardan oldin paydo bo’lgan nomlar ham bor. Masalan, Narshaxiy-ning «Buxoro tarixi» kitobida tilga olingan blr qancha nomlar Buxoro atroflarida hozirgi kunlarda ham uchraydi. Shopurkon, Romitan, Kar-mana, g’ijduvon, Ishtixon kabi qadimiy ariq hamda qishloqlar ana shular jumlasidan.
O.D.Chexovich XIV asrdagi Buxoro shayxi Sayfiddin Boxarzi xotirasiga bag’ishlangan vaqf hujjatlarini o’rganib, Buxoro atrofidagi ko’pgina geografik nomlar hozir ham mavjud ekanligini aniqladi.
Mo’g’ullarning kirib kelishi o’rta Osiyo toponimiyasini yanada murakkablashtirib yubbrdi. Bulung’ur, Darxon, Norin, Norinko’l, Norinkapa, Shiberti kabilar mo’g’ulcha nomlardir. Shunisi qiziqki, Norinko'1 degan ariq N.F. Sitnyakovskiyning «Ro’yxati»da ham uchray-di. Dovon, ko’tal, to’qay, shiber, qapchig’ay kabi mo’g’ulcha atamalar o’rta Osiyo turkiy xalqlari tillari leksikasidan va toponimiyasidan mustahkam o’rin olgan.
o’rta Osiyo, jumladan o’zbekistondagi ruscha nomlar turli yoilar bilan paydo bo’lgan. Vannovskiy, Vladikino, Vrevskaya, Obruchevo,Ursatevskaya kabi temir yo'1 stantsiyalari chor hukumati hokimla-rining qarorlari bilan qo’yilgan rasmiy nomlar edi.
Rus dehqonlari ko’chirib keltirilgan joylarda anchagina ruscha nom-lar paydo bo’lgan. Mirzachoiga rus dehqonlari dastlab 1886 yilda ko’chirib keltirilgan. o’sha yili bu yerda to’rtta posyolka vujudga kelgan.
Bular Zaporojskiy, Nadejdinskiy, Romanovskiy va Sretenskiy posyol-kalari edi. 1898 yilga kelganda Sirdaryoning har ikkala sohilida 9 ta rus posyolkasi bunyod etildi. Bundan keyin paydo bo’lgan ruscha geog-rafik nomlar ham Rossiyadagi nomlardan farq qilmas edi, boshqacha aytganda, ruslar o’zlari yashab kelgan yoki o’zlariga tanish bo’lgan joy nomlarini qo’ygan edilar.
Sho’rolar davrida paydo bo’lgan geografik nomlar aksari sobiq proletariat dohiylari, sho’ro davlati va kommunistik partiyaning rah-barlari va partiya hamda davlat yugurdaklarining nomlaridan iborat mafkuraviy nomlar edi. Mustaqillik yillarida «qizil» toponimlar be-kor qilinib, joylarning tarixiy nomlari tiklandi va sof xalqona topo-nimlar paydo bo’ldi.
Yuqorida aytilganlardan ko’rinadiki, o’zbekiston toponimiyasi bir necha davr mahsuli bo’lib, har bir davrning o’ziga xos toponimlari mavjud.
Ma'lumki, ko’pgina toponimlar zaminida oddiy atamalar, tur-dosh so’zlar yotadi. Shu bilan birga bir qancha joy nomlari ayrim shevalargagina xos so’zlardan tarkib topgan. Professor Ye.D. Poli-vanov turkiy tillardan hech birida shevalar o’zbek tilidagichalik ko’p emas deb yozgan edi. o’zbek shevalarida shunday so’zlar uchraydiki, deb davom etgan edi olim, ularning bir qismi adabiy tilda yoki boshqa shevalarda muqobili yo’q bo’lib, bir qismining esa boshqa so’z bilan ifodalanadigan variantlari mavjud. o’zbekiston toponimiyasi-ning xarakterli xususiyatlaridan biri ana shu «muqobili yo'q» so’zlardan tarkib topgan toponimlarning ko’pligidir.
Chunonchi, Samarqand va Jizzax viloyatlarining bir qancha tu-manlarida tangi (tor dara), gaza (tog’ qirrasi), zov (tik qoya), qashqa (yo'l o’tgan tepalik, tog’ suvi), tagob (takob - suv yoqasi, o’zani, dara), shiver (botqoqlik), aqba — ovg’a (tog’ dovoni) kabi geografik atamalar xalq shevalarida juda faol ishlatiladi va ayni vaqtda bu tu-manlarda ana shu so’zlardan tuzilgan toponimlar uchraydi. Shu narsa e'tiborga molikki, yuqorida qayd qilingan so’zlarning ko’pchiligi qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda, chunonchi, Mahmud Koshg’ariy «Devoni»da, «Boburnoma»da uchraydi. Demak, bu atamalar ilgari vaqtlarda hozirgiga nisbatan ancha keng doirada ishlatilgan.
o’zbekiston toponimiyasining xarakterli xususiyatlaridan yana biri unda etnotoponimlarning, ya'ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug’-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlarning nihoyatda keng
tarqalganligidir (etnotoponimlar haqida quyida toiaroq ma'lumot beriladi).
Respublikamiz joy nomlari xususan mikrotoponimlar ichida an-tropotoponimlar, ya'ni kishilarning ismi, familiyalari hamda laqab-lari bilan ataladigan toponimlar son jihatidan etnotoponimlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Ba'zi bir kishi ismlarini bilib olish oson emas. Kishi ismlari orasida sarimsoq, piyoz, hatto yovshon (shuvoq) kabi o’simlik nom-lari, yo’lbars, sher, bo’ri, to’ti, qo’zi, to’qli, xo’roz kabi hayvon nomlari uchraydi.
Kishilarning laqablari ayniqsa, xilma-xil bo’lgan. Laqab ko’pincha, familiya rolini o’tagan deyish mumkin. Bir xil ismli (adash) kishi-larda har birining o’z laqabi bo’lgan. Zomin tumani Tamtum qishlog’idagi kishilar laqablaridan misollar keltiramiz: Boy Sariboy
Sari mesh (semiz kishi boigan), Sariboy do’shi keng (ko’kragi
keng kishi ekan), Sulton dev — Sulton qayqi, Bo’ronboy beparvo
Bo’ronboy ko’zi yomon (shilpiq ko’z), Musa teshik (oqma) —
Musa it yetmas (chopqir), Abdi yo’g’on (o’jar odam bo’lgan) —
Abdi devona (bechoragina kishi bo’lgan) — Abdi zarang (garang-
qulog’i og’ir kishi o’tgan).
Toponimchilar Rossiya materiallari asosida shu narsani aniqladi-larki, joylar ko’pincha, kishilarning laqablaridan nom olgan ekan. Akademik S.B.Veselovskiy Moskva shahri yaqinida joylashgan va asosan yer egalarining laqablaridan nom olgan 50 ga yaqin rus qishlog’ining ro’yxatini keltirgan; masalan, Pushkino qishlog’i XIV asrning ik-kinchi yarmida yashagan Pushka laqabli Grigoriy Alekseevich Mor-xinin sharafiga, Sobakino qishlog’i XIV asrning o’rtalarida o’tgan Sobaka laqabli Ivan Fedorovich Fominskiy nomiga, Tushino qishlog’i XIV asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan Tusha laqabli Vasiliy Ivanovich Kvashkin xotirasiga qo’yilgan va hokazo.
o’zbekistondan ham xuddi shunday faktlarni topish mumkin. Chunonchi, o’sha Tamtum qishlog’ida Itetmas degan joy bor. Asli bu yer Musa itetmas ismli kishiniki bo’lgan. Nebo’sa nomli joy esa nebo 'sa urug’idan bo’lgan Xolboy ismli kishining yeri bo’lgan. Xolboy nebo’sadan Sariboy ismli kishi sotib olgan, lekin hozir ham bu joy Nebo’sa deb ataladi.
Demak, bir-biridan juda uzoqda bo’lgan va ijtimoiy-tarixiy jihat-dan bir-biridan katta farq qiladigan hududlarda ham joylarga nom
qo’yish printsipi deyarli bir xil bo'lgan.Toponimiktadqiqotlardaana shu xususiyatlarni hisobga olmaslik mumkin emas.
o’zbekiston tomonlarining grammatik xususiyatlari to’g’risida shuni aytish kerakki, toponimlarning ko’pchiligi ikki va uch komponent-dan tuzilgan. Bo% Yom, So’x, Pop kabilar bir komponentli ellip-tik, ya'ni qisqargan toponimlardir. Antropotonimlar, ayniqsa, et-notoponimlar ham bir komponentli bo’lishi mumkin. Qo’ng’irot, Chinoz, Boyovut, Beruniy, Navoiy ana shunday nomlar jumlasidan.
Boshqa turkiy toponimlar kabi, o’zbekcha toponimlar orasida ham fe'l shakllari keng tarqalgan. Kuyganyor, Qolgan Sir, Qolgan Chirchiq, Shomurot yorgan. Fe'llar mikrotoponimlar tarkibida ay-niqsa, ko’p uchraydi: g’ajiruchti, Takasakragan, Qatiqto’kildi va hokazo.
o’zbekcha toponimlarda geografik atama (indikator, nomenklatura atama, turdosh so’z) toponim oxirida, aniqlovchi esa so’z boshida keladi: Toshkent, Mirzacho’l, Dehqonobod, Oyoqquduqva hokazo. Geografik nomlar, ayniqsa, mikrotoponimlar ba'zan butun-bir gaplardan iborat bo’ladi: Qozoqoldi kalonyuqori, Qozoqoldi kalono’rta, Mulla Qoraning yeri, Yo’ldoshning oti yiqilgan (qoya) va hokazo. Boshqird olimi J.G.Kiekboev ana shunday toponimlarga Amin Mulla besen sapkan — «Mulla Amin pichan chopgan (er)» degan topo-nimni misol qilib keltiradi.
Bu misollar A.V. Nikonovning «Mikrotoponimlar atoqli otlar bilan turdosh so’zlar o’rtasida oraliq mavqeni egallaydi» degan fikrini isbotlaydi.
o’zbekcha toponimlar orasida suffiksli toponimlar ham bor. Biroq o’zbekcha toponimlarda suffiks slavyan xalqlari yashaydigan mam-lakatlardagi kabi katta o’rin tutmaydi. Masalan, rus aholi punktla-rining 90 foizidan ko’prog’i suffikslidir.
o’zbekiston toponimlari tarkibida eng ko’p keladigan affikslar (topoformantlar): -zor (Marg’zor, Olmazor), -kat, -kent (Navkat, Binkat, Parkent), -iston (Guliston, Bog’iston), -loq (Toshloq, Sangloq, Qum-loq), -obod (Dehqonobod, Dashnobod, Xalqobod, Xonobod), -li, -lik, -liq, (Gazli, Tolli, Soylik, Ohaklik, Bo 'stonliq, Qo yliq), -on (Ohangoron, Childuxtaron, So’zangaron), -xona (Arabxona, Bo’rixona, Ufganjixona), -goh, go (Namozgoh, Janggoh), -chi (Sho’rchi, o’qchi, Chiroqchi), -cha (Sho’rcha, Ko’kcha, Shoxcha),-ak, -ik (Hisorak, Jizzax, Bog’dodiq, Xumdonak), -kor (Paxtakor, Lalmikor) va boshqalar. Shuni alohida
qayd qilib o’tish kerakki, -//, -chi kabi affikslar etnonimlar tarki-bida ham uchraydi. Masalan, bolg’ali, jag’albayli, oytamg’ali, qo’shtamg’ali, uchtamg’ali, to’rttamg’ali, qanjig’ali, qaychili, qarg’ali, sirg’ali, so’loqli, taroqli, tuyoqli, bo 'zachi, qutchi kabi etnonimlar ana shular jumlasidan. Bundan shunday xulosa chiqadiki, o’zbekiston toponimlarini af-fikslariga qarab tasnif qilganda atamalar toponimga aylanmasdan ol-din ularning tarkibida affiks bor-yo’qligini uzil-kesil aniqlab olish shart.