TOPONIMLARNING PAYDO Bo’LISHI
Toponim-geografik nom ham so’z. Lekin toponimlar atoqli ot-lardir. Atoqli otlar til taraqqiyotining qiyosan keyingi bosqichlarida turdosh otlar (apellyativlar)dan kelib chiqqan. Qadimiy tillarda atoqli otlar bo’lmagan deyishadi. Avstraliya, Afrika va Amerikaning tub joy xalqlari — aborigenlar tillarida atoqli otlar juda kam ekan. Bunday tillarda turdosh otlar, qandaydir so’z birikmalari atoqli otlar vazi-fasini bajarar ekan. Ana shunday so’z birikmalari tobora turg’un shakl oladi. Odamlar tevarak-atrofidagi o’zlariga tanish kichik hududdagi joylarni «Baliq tutiladigan ko'l», «Sel keladigan soylik», «Qo’y qi-rilgan yaylov», «Cho'chqali soy» kabi butun bir gaplardan iborat so’z birikmalari bilan ataydilar.
Konkret geografik obyektlarni ifodalaydigan bunday so’z birik-malari va turdosh otlar ko’p bo’lmaganidan bora-bora atoqli otlarga aylanadi.
Geografik nomlarning paydo bo’lishi umumiy tushunchaning kon-kretlashishi va individuallashishi oqibati.
Turdosh otlar ana shu yo'1 bilan toponimlashadi, ya'ni topo-nimlarga aylanadi. Masalan, olma so’zi umuman olma bog’larini ifo-dalaydigan umumiy tushuncha ekan, turdosh otligicha qolaveradi. Bu tushuncha individuallashsa, konkret bir obyektni ifodalay boshlasa va shunday qilib ayrim bir tushunchani bildirsa, atoqli otga aylanadi qoladi.
Katta jar so’zlari individuallashmas, konkretlashmas, ya'ni biron obyektni ifodalamas ekan, salbiy relef shakllarini bildiradigan tur-dosh ot, apellyativ bo’lib qolaveradi. Shunday qilib, toponimlar geografik tushunchalarning konkretlashishi hamda individuallashishi jarayonida turdosh otlardan paydo bo’lgan va paydo bo’laveradi.
Toponimlashish odatda dastlabki umumiy tushunchaning muay-yan bir obyektga bog’lanishi jarayonida ro’y beradi. Shuning uchun bir so’zning o’zi yoki so’z birikmasi ayni vaqtda turdosh ot bo’lishi ham (agar tushuncha konkret bir obyektni ifodalamasa) yoki topo-nim ham bo’lishi mumkin (geografik obyektni bildirsa). Masalan, bug’doyzor bug’doy ekilgan har qanday dala, Bug’doyzor qiri esa konkret bir joyning nomi kabi.
Geografik nomlar turdosh otlar leksikasidan ajralib chiqqan payt-dan boshlab o’zi ifodalagan geografik obyektning belgilaridan uzoq-lasha boradi. Toponimlar nutqda shu obyektning boshqalardan farqli nishonalarini ta'kidlashga emas, balki konkret obyektni boshqalardan ajratib ko’rsatishga xizmat qiladi. Toponimga aylangan so’z yangi ma'no kasb etadi, endi bu so’z konkret, yagona, yangi bir tu-shunchaga aylanadi.
Geografik nomlar ko’pincha geografik obyektni ifodlaydigan tu-shunchadan boshqa ma'no anglatmay qo’yadi. Masalan, Qoraqishloq deganda, kichikroq aholi punkti tushuniladi. Qishloq ham qora rang-da bo’larmikan degan savol hammada ham paydo boiavermaydi. Bu qishloqning nomi qora degan urug’ nomidan kelib chiqqanini o’zbek urug’ qabilalarini mayda tarmoqlarigacha biladigan etnografgina aytib bera olishi mumkin.
Yoki Chorshanba qishlog’ining nega shunday atalganligi to’g’risida ko’pchilik o’ylab o’tirmaydi, uning qayerda,’ qaysi viloyat, qaysi tumanda, qanday qishloq ekanligi muhimroq. Shu yerda chorshanba kuni bozor bo’lgani haqida tushuncha elas-elas esga kelishi mumkin.
So’zning odatdagi ma'nosidan uzoqlashishi va muayyan obyekt bilan bog’liq konkret, individual tasawurning paydo bo’lishi toponim-lashish jarayoni sanaladi.
Toponimga aylangan so’z yangi ma'no kashf etish bilan ko’pincha tipik toponim shakl oladi, toponimlar uchun xos bo’lgan qo’shimchalar (suffikslar) paydo bo’ladi. o’zbekiston toponimlari, xususan oykonimlari uchun — iston (Sho’riston, Bog’iston),-iya (o’zbekiya, Mingiya), -kor (Paxtakor, Lalmikor), -cha (Quduqcha, Buloqcha) kabi affikslar xarakterlidir.
Hozirgi vaqtda geografik nomlarning toponimlashish darajasi turli-cha. Ba'zi bir toponimlarda so’zlarning toponimga aylanmasdan oldingi ma'nosi aniq bilinib turadi, boshqa bir xil toponimlarda qisman saqlanib qolgan, uchinchi bir xil nomlarda bilinar bilinmas seziladi,
yana bir xillarida esa umuman yo’qolib ketgan. Shuning uchun ham ma'nosi tushuniksiz bo’lgan toponimlarni bir oz o’zgartirib tushu-narli qilish to’g’ri emas, bunday nomlar qadimiy tillardan qolgan qimmatli lisoniy va tarixiy yodnomalar boiishi mumkin.
Ko’pincha toponimlar grammatik va semantik jihatdan hozirgi shaklga kelgunga qadar talay o’zgarishlarga uchragan. Toponimlarni paydo bo’lishiga qarab ikki turga bo’lish mumkin: tabiiy yo'1 bilan hosil bo’lgan, xalq tomonidan qo’yilgan toponimlar va sun'iy yo'l bilan hosil qilingan, qaror bilan qo’yilgan toponimlar.
Asli geografik nomlar xalq ijodi mahsulidir. Ko’pincha toponim-lar dabdurustdan paydo bo’lmaydi. Datlabki geografik obyektlar, masalan, qishloq turlicha atalishi mumkin. Aytaylik, relefiga, suv manbaiga uni o’zlashtirishga hissa qo’shgan kishilarning ismlariga, qarab «falonchi qishloq», «falonchining qishlog’i» deb yuritilishi mumkin. Bora-bora shu nomlardan biri yutib chiqadi. Masalan, u nayman urug’ining qishlog’i nomini oladi. Bunda chinakam toponimga aylanish jarayoni tugamaganidan toponim butun bir gapdan iborat va ishlatish uchun qo’pol bo’ladi va tilning leksik vositalarni tejash qonuniyatiga ko’ra bu toponim nihoyat Nayman shaklini oladi.
Geografik nom uzoq tarixiy vaqt davomida turdosh ot shaklidagi qiyofasini butunlay o’zgartirib yuborishi ham mumkin.
Masalan, otashparast — zardo’shtiylarni musulmonlar mug’lar deyishadi. o’zbekistonda Mug’on, Mug’xona kabi toponimlar ana shu otashparastlardan qolgan. Miq, Miqtepa singari nomlar ham o’sha mug’ so’zining jonli tildagi in'ikosidir. Yoki xonaqoh Xonqa, Dizak (diz, sug’d tilida «qo'rg’on») Jizzax, aqba (arabcha dovon) ovg’a shaklini olgan va hokazo.
Bir qancha toponimistlar geografik nomlar leksikaning boshqa qismlaridan farq qilib, sezilarli bir ma'noga ega emas va geografik obyektni boshqalardan ajratib ko’rsatish uchungina xizmat qiladi degan fikrda.
Fonetik o’zgarishlarni lisoniy tadqiqot yo’li bilan aniqlasa bo’ladi. Lekin geografik nomlar hech qanday ma'no tashimaydi, deyish to’g’ri emas. Bunday fikr toponimlarning qimmatli ma'naviy yod-gorliklar sifatidagi rolini inkor qiladi. Geologlar qanchadan qancha qimmatbaho yer osti boviiklarining toponimlarga qarab topilganini isbotlab berdilar.
Shunday qilib, geografiis. nomlar konkret geografik tushunchalar-
ni ifodalaydi. Vaqt o’tishi bilan geograflk nomlarning umumlashish va yirikroq obyektlarni ifodalash jarayoni ro’y beradi. Hozirgi katta bir hududning nomi dastlabki paytlarda kichik bir maydonni bildir-gan va asta-sekin butun bir hududning nomi bo’lib qolgan. Masalan, assuriyliklar Ege dengizining sharqiy sohilini miloddan awalgi ikki minginchi yillarda osu — «kun chiqish», «sharq» deb atay boshlagan. Keyinchalik butun bir qifa shu nom bilan ataladigan bo’lgan. Pomir, Tyanshan kabi yirik tog’li o’lkalarning nomlari ham dastlab biron cho’qqi yoki kichikroq tog’ni ifodalagan: xaritalar paydo bo’lib, kishilarning geografik tasawurlari kengaygandan keyin esa beqiyos tog’li hududlarga nom qo’yish ehtiyoji tug’ilgach, hozirgi tushuncha-ni anglata boshlagan.
Ana shu aytilganlardan toponimika o’rganadigan obyektlarning ko’lami haqida to’xtalib o’tishga to’g’ri keladi. Ma'lumki, mikro-toponimiya, mezotoponimiya va makrotoponimiya degan tushuncha-lar mavjud.
Mikrotoponiya kichik yer maydonlari, tabiiy yoki sun'iy chegara bilan ajralgan ekin dalalari, qabriston, quduq, tepalik kabi kichik obyektlarning nomlaridir, bunday nomlar hali uzul-kesil toponimga aylanib bo’lmagan bo’lishi mumkin: Isoning yeri, Mullaning qizi uch-gan (qoya), Yo’ldoshning oti uchgan kabi mikro toponimlarni rasmana toponimlar deb bo’lmaydi. Shu bilan birgalikda ham grammatik, ham semantik jihatdan toponimlik huquqini olgan mikrotoponimlar ham kam emas. 1966 yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida o’zim tug’ilib o’sgan Tamtum qishlog’i atrofidagi mikrotoponimlar orasida Katta yo’lning osti, Boltaboyning mo’lasi (mo’la-tosh terib qilingan belgi), Andizning teskayi (Andiz o’simligi o’sib yotgan kun tegmas yonbag’ir), Orziboyning yolg’iz toli, Yeryong’oq chiqqich («Yeryong’oq unib chi-qadigan joy») kabi chala toponimlar uchraydi.
Shu bilan birgalikda Yusupning yeri, Turdiqulning chorbog’i kabi toponimlashish arafasida turgan mikrotoponimlar ko’proq uchraydi. Bunda ko’pincha antroponim - kishi ismidan boshqa qo’shimchalar tushib qolib, ellips toponimlar hosil bo’lishi mumkin.Yuqoridaqayd qilingandek, bu ro’yxatda It yetmas (chopqir bo’lganidan «It yetol-mas» deb laqab olgan Muso ismli kishining yeri bo’lgan), Nebo’sa (o’zbeklarning nebo’sa urug’idan bo’lgan Xolmat ismli kishidan Sariboy bobo sotib olgan yer), Qalek (Xolbeksart ismli kishiga qarashli yer) kabi haqiqiy toponimlar ham bor.
Shunday qilib,mikrotoponimiyani toponimlarning beshigi deyish mumkin. Unda toponim hosil bo’lishining barcha bosqichlarini kuzatsa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |