Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet16/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   145
Bog'liq
Топонимика

LKishilarning xo’jalik faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy oyko-nimlar.
Toponimika tarixiy — iqtisodiy geografiyaga xo’jalik faoliyatining qadimiy turlari geografiyasini, qadimda keng rasm bo’lgan kasb — hunar nomlarini, ko’hna savdo yo’llari va o’tmishda qazib chiqa-rilgan yer osti boyliklari geografiyasini aniqlashda katta yordam be-rishi mumkin. Kishilarning xo’jalik faoliyatini, mehnat taqsimotini ko’rsatadigan qadimgi kasb-hunar nomlari bilan bog’liq oykonim-lardan misollar keltiramiz: Aravakashlar, Aravachilar, Asalchi, Astar-bof, Attoron, Ayoqchi, (idishhtovoq ustasi) Ayoqchiovul, Bog’bon, Boj-bon, Baydoqchi, («bayroqchi») Baqirchi, («miskar») Baliqchi, Baliqchi-lar, Baliqchimahalla, Bordonchi, Baxmalbof, Baxshilar, Baxshiyon, Bax-shitepa, Bofondalar, («to'quvchilar») Bilamixchi («atala — bo’lamiq sotuvchilar»), Binokor, Bichoqchi, («pichoq ustasi» — bir qancha turkiy tillardagi kabi Buxoro atroflarida ham pichoqni bichoq de-yishadi. Aslida ham shunday, ya'ni bichoq so’zi bichmoq fe'lidan kelib chiqqan), Bo’zachi, Bo’zchi, Bo’yrabof, Bo’yrabofcha, Bo’yrachi, Bo’yoqchi, Vaximkor (vaqfkor, vaqf yerlarda ishlaydigan dehqon), Gilambof, Go 'spandjallob (qo’y olib sotuvchi savdogar), Dabboqi (kunchi) Darg’a, Darg’aovul, Darg’alilar (darg’a — kema kapitani) Darbozlar, Dorigar (dori-darmonlar tayyorlovchi mutaxassis), Dodxo (dodxo), Dasturxonchi Devorzan (paxsachi), Degrez, Dehqon, Deh-qonobod, Dugdo’z, Dukchi, Dukchilar, Dukchilik, Jevachi (sovutchi), Yomchi (yamshik), Zargar, Zargarlar, Zargaron, Ipakchi, Ishchi-xiz-matchi, Ishchilar, Kamongaron (o’q — yoy ustalari) Konchilar, Kira-kashxona, Karvonboshi, Karvonguzar, Karnaychi, Kosagar (kosa ustasi) Kosagaron, Ketmonchi, Kigizchilik, Kulol, Kuloh, Kulolon, Kuloltepa, Kundakor (kunda iistasi), Ko’nchi, Ko’nchiboy, Mokusozon, (moki ustasi), Mamiqgul (Paxtakor) (Qoraqalpog’iston), Mergan, Mergan-
lar, Mergancha, Miltiqchi, Mirob, Miroblar, Mixchagar (mix yasovchi usta) Mixchagoron, Mizado’zon (etikdo’zlar), Murdasho ‘ylar, Navkar, Nag’orachi, Naqqosh, Nalbandon (taqachilar) Namadgaron (kiyiz ustalari) Nonvoyon (nonvoylar), Nospurush, Nurchilar (elektrchi-lar) (yangi oykonim), Olachabof (oiacha to’quvchi), Podachi, Polizchi, Ponsat (tojikcha ponsad «beshyuz»-amaldor), Paxtakesh, Paxtakor (ko’p uchraydi), Paxtachi, Pillakor, Pillakesh, Pichoqchi, Piyozkoron, PiyozcMik, Po 'latchi, Po 'stindo % Sabzikor, Sobungaron, Sovungar, Saqachi (kanalning bosh inshooti ustasi — Xorazm), Salloq (mol so’yib terisini shilib oladigan qassob), Sartaroshiar, Somsapaz, Sohibkor, Surmachi, Sutchilar, Tabib, Tandirchi, Tanobchi, Taqachi, Taqido’z ('do’ppi tikuvchi), Temirchi, Tirgaron (o’q-yoy ustalari), Tovoqchi, Tovuqchi, Ustaovul, Ustalar, Ustaliq (ustalar ma'nosida), Boyliq (boylar), Xo’jaliq (xo’jalar) degani, Harrotlar (taroqchilar), Charmgar (ko’nchi), Charmgaron, Chegarachi, Chig’irchi, Chiqirchi, Chitgaron (chitga gul bosuvchilar), Chitkarlar, Cho’yinchi («degrez» - cho’yanchi), Sho-likor, Sholikorlar, Sholkhi, Shifokor, Egarchi, Elchi, Yuzikchi, Yumushkor, o’qchi, o’roqchi, o’rmonchi, Qamchinbof, Qamishchi, Qassoblar, Qas-sobon, Qiymado’z (qiyqimlardan quroq buyumlar tikuvchi), Qushbegi, Qushchilar, Qutisozon (sandiqchilar), Qo’rchin (o’q-dorilar ombori qorovuli), Qo’chqorchi, g’aznachi (xazinachi), g’allakor, g’attachi, GHshtchilar. Arpapoya, Anorzor, Anjirbog’, Bog’zor, Bozorboshi, Sarbozor, Bozotjoy, Bedazor, Gaiaosiyo, Qo’shtegirmon, g’allakor, Lalmikor, Pax-takor, Karvonsaroy, Madrasa, Machit, Shakarqamish, Sholipoya kabi ko(pdan-ko'p oykonimlar o’tmishning iqtisodiy, sotsial-iqtisodiy geografiyasi namunasi sanaladi.

GIDRONIMIYA


Barcha suv obyektlarining nomlari gidronimlar deyiladi (yunon-cha «hidro» — suv, «nom» — nom). Okean, dengiz, ko'1, soy, jilg’a, quduqning har biri suv obyektidir. Suvsiz hayot yo'q. Yer sharida dastlabki hayot ham suvda, okeanda paydo bo’lgan degan fikr bor.
Toponimikaning bo’limi - gidronimika suv obyektlarining nom-larini, ularning kelib chiqishini, atalish qonuniyatlarini o’rganadi.
Yer shari yuzasinirtg qariyb 71 foizini 4 ta — Tinch, Ailantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari egallagan. Okeanlarning ayrim qism-lari dengiz deyiladi. Quruqlikda suv to’lib qolgan chuqurliklar ko’llar
deb ataladi. Ba'zan o’ta katta ko’llar dengizlar ham deb yuritiladi (Kaspiy dengizi, Orol dengizi, Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko’llar, Rossiyadagi Baykal ko’li).
Oqar suvlar katta-kichikligiga qarab bir necha turga bo’linadi. Yer osti va yer usti suvlaridan hosil bo’ladigan katta oqar suvlar daryolar deyiladi. Dunyodagi eng katta daryolar sifatida Janubiy Amerikada Amazonka, Shimoliy Amerikada Missisipi, Xitoyda Yantszi, Rossiyada Ob, Yenisey, Volga, o’rta Osiyoda Amudaiyo, Sirdaryo qayd etilgan.
Kichikroq daryolar soylar, kichik soylar esa jilg’alar deyiladi. Daryo yoki soyga qo’shiladigan suvlar irmoqlar, daryo yoki soydan ajralib chiqadigan ariq yoki suvlar esa tarmoqlar deb yuritiladi.
Qo’lda qaziladigan katta suv yo’li kanal yoki anhor (Xorazmda arnd) deb, kichik sun'iy suv yo’li ariq, rud (ro’d) deb ataladi.
Bu so’zlardan har biri Respublikamiz hududida bir qancha gid-ronimlar tarkibida uchraydi. Masalan, nahr atamasi nar yoki nor shaklini olgan. Hozirgi Samarqand viloyatidagi Zarafshon daryosidan boshlangan Narpay kanali o’rta asriarda Nahri Fay deb atalgan, undan sal yuqoriroqdan suv oladigan bir kanal hozir Payariq deb yuriti-ladi, bu — Nahri Fay gidronimining o’zbekcha shaklidir.
Andijon viloyatida Shahrixon soyidan suv oladigan Ulug’nor kanali asli Ulug’nahr demakdir.
Toponimistlar gidronimlarni eng qadimiy toponimlar deb baho-lashadi. Haqiqatan ham shunday. Masalan, Amudaryo bilan Sir-daryoning qadimiy nomlari har qanday osori atiqa yodgorliklarining yoshi bilan bellasha oladi.
o’rta Osiyodagi eng yirik daryo — Amudaryo qadimgi yunon ta-rixchisi Gerodot (miloddan awalgi V asr) asarlarida Araks deb, ke-yinroq (miloddan awalgi I asr — milodning I asrida) o’tgan yunon tarixchilari asarlarida Oks (yoki Oksos) deb atalgan. Olimlar ana shu Oks (ba'zan Akes) Amudaryoning qadimiy turkiy nomi — o’kuz «daryo» so’zining o’zginasi deb hisoblaydi. Aveslo va boshqa tarixiy manbaalarda Amudaiyoning Arang, Raxa, Ranxa, Aranxa degan qadimiy nomlari ham uchraydi. Arablar uni Jayxun «jo'shqin (daryo)» deb atashgan. Jayxun yahudiylarning muqaddas kitobi «Tavrot»da tilga olin-gan Jixon daryosiga nisbat berib atalgan, degan fikr ham bor.
Rus olimi V.V.Bartold arablar Jayxun bilan Sayxun (Sirdaryo) nomlarini Shimoliy Suriyadagi Jayxon va Sayxon daryolari nom-
lari bilan atashgan bo’lsa kerak deydi. o’rta asr tarixchisi Gardiziy «Jayxun har qanday katta daryoni bildiradigan turdosh ot» degan edi. Bu to’g’ri fikrga o’xshaydi. Masalan, Zarafshondan tarqalib, Buxoro shahrini suv bilan ta'minlab turgan Shahrud (Shohrud emas) - «rudi shahri Buxoro»ning qisqartirilgan shakli. Aslida Shahrud («shaharga suv beradigan anhor») ning quyi qismi Jay-xun deb atalgan, Shahrud kanalidagi uchta to’g’on boshining biri
harn Jayxun deyilgan.
Amudaryoning qadimiy eroniy nomi Vaxsh (Vaxshob) bo’lgan. Daryoning yirik irmoqlaridan biri hozir ham Vaxsh deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy Vaxsh xorazmliklarda suv parisi - malak nomi deb yozgan. Professor H.Hasanov ma'lumotlariga qaraganda, Pokistonda Amudaryoni hozir ham Vakshu-nada deb atashar ekan. o’rta Osiyoda Vaxsh, Vaxshivar, Vaxshivardara degan bir nechta joy-lar bor.
Amudaryoning hozirgi nomi o’rta asrlarda mavjud bo’lgan Omul (Omuy, Omuyya) shahri (hozirgi Chorjo’y) nomidan olingan deyi-shadi. Shahar daryodan nom olgan bo’lishi ham mumkin. Akademik V.V.Bartold «Bu so’z ariylardan ham oldingi amard xalqi nomidan kelib chiqqan bo’lsa kerak» degan farazni oldinga suradi.
Mahmud Koshg’ariyda har qanday sokin, barqaror, turg’un nar-saning amul deyilishini aytib o’tish mumkin («Devonu lug’at-it turk», I tom, 104-bet).
Tarixiy manbalarda Amudaryoning Termiz daryosi, Kalif daryosi, Arang, Raxa, Aranga, Urganch datyosi, Xorazm daryosi kabi nomlari uchraydi.
Sirdaryoning nomlari ham ko(p bo’Igan. Qadimgi yunon tarix-chilarining asarlarida Yaxartes (Yaksart), ba'zan Tanais, zardushtiy-larning muqaddas kitobi «Avesto»da Danu, Yaosha, X asrda yozilgan «Hudud ul-olam» qo’lyozmasida Xashart, Runik turkiy yozuvlarda Yenchuo’guz, Firdavsiyning «Shohnoma» sida va Hamdalloh Qazvi-niyning «Nuzhat al-qulub» («Qalblar huzuri» 1339 yil) asarida Gul-zarriyun, arablar kelgandan keyingi ko’pgina solnomalarda Sayxun, arab geografi Ibn Xurdodbeh asarlarida (IX asr) Xishart yoki Qan-qar, Beruniyda Xasart shakllarida tilga olingan. Shu bilan birgalikda u qaysi yerdan oqib o’tishiga qarab, Obi Farg’ona (Farg’ona daryosi), 0'zgan daryosi, Obi Xo’jand, Nahr ash-Shosh (Shosh yoki Choch daryosi), Banokat daryosi kabi nomlar bilan atalgan. Shuni aytish
kerakki, Yaxartes va Yaksart ham, Xashart va Yenchuo’guz ham Marvarid (Inju) daryosi degan ma'noni anglatgan.
Xo’sh, daryoning hozirgi nomi - Sirdaryo qachon paydo bo’lgan? Rim tarixchisi Pliniy (I asr)-daryoni skiflar (saklar) Sitis deydilar deb yozgan edi. Ba'zi olimlar (V.V.Bartold, S.G.Klyashtorniy, RHasanov) Silis — Sir so’zining aynan o’zginasi deb biladilar. Demak, Sirdaryo qadim zamondanoq, o’rta va yuqori oqimlarida Yaksart, quyi oqimida Silis(Sir) deb atalgan. XIII-XIV asrlarda Sir-daryo etagida Jand shahri yaqinida Jo’jixonning o’g’illari va nabiralari-ning o’rdasi Siro’rda deb atalgan. Bu faktlar daryoning qadimiy nomlaridan biri 2000 yil davomida xalq og’zida saqlanibgina kelmas-dan, ko’chmanchi o’zbek qabilalari Movarounnahrni bosib olgach, asta-sekin daryoning asosiy nomi (Sirdaryo) bo’lib qolganini ko’rsatadi.
Sirdaiyo so’zining ma'nosi nima? Daryo nomi sir, ya'ni «rang, bo'yoq», «Sariq daryo’ (loyqa suvli daryo), «Serob» (Sersuv), «Sirt-daryo» (tog’ sirtlaridan, tepalaridan oqib keiadigan daryo) degan ma'noni bildiradi deyuvchilaming fikri noto’g’ri ekanligini professor RHasanov aytib o’tgan edi. Bu azim daryo shu atroflarda yashagan Sar (silis - sir) qabilasi nomi bilan atalgan deyish ancha haqiqatga yaqin.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish