-on affiksi Bu tojikcha affiks o’zbekiston sharoitida aksari toponim yasaydi va kishilarning qandaydir sotsial guruhga, chunonchi: 1) muayyan miilatga - Arabon (arablar), Qirg’izon (qirg’izlar). o’zbekon (o’zbeklan; 2) qandaydir urug’-aymoqqa — Mang’iton (mang’itlar). Minggon (ming urug’idan bo’lgan kishilar); 3) ma'lum tabaqaga — Mirzoyon (kotiblai). Tarxonon (oliq-soliqdan ozod qilinganlar); 4) hunar-kasbga — Bo’yrabofon (bo’yra to’quvchikir). Kosagaron (kosa ustalari), So’zangaron (igna ustaiari); 5) diniy e'tiqodga mansub ekanligini bildiradi: Mug’on, Mug’iyon (otashparastkir), Hinduyon (hindular) va hokazo.
Topunimist A.L.Xromov (Dushanbe) fikricha. -o’n (on) affiksi Matcha (Mastchoh) shevalarida, shuningdek barcha tojik shevalarida kam ishlatiladi. Shu affiksli toponimlar ancha qadimiy hisoblanadi. Hozirgi vaqtda -on o’rniga ko^proq -o (ho) ko’plik qo’shimchasi qo’llaniladi.
o’zbekiston sharoitida esa, -ho (o) ko’plik affiksi toponimlar tarkibida nihoyatda kam uchraydi va bo’lsa ham toponimning asosiy tarkibiy qismi bilan shu qadar qo’shilishib ketganki. aksari uni payqab olish qiyin.
-ot (t) affiksi Toponim yasovchi bu affiks ikki xil yoi bilan paydo bo’lgan: biri arabcha bo’lsa, ikkinchisi sug’diychadir. Bundan tashqari, -t qadimgi turkiy tilda va mo’g’ul tilida ham ko’plik o’mida keladi.
Zaiiiriddin Muhammad Bobur birgina toponimni ikki shaklda yozgan: Badaxshon— Badaxshonot, Lamg’on — Lamg’onot, Xuroson — Xurosonot, Hinduston — Hindustonot. Shuningdek, Erondagi Gilon va Garmser o’lkalari Gilonot va Garmserot shakllarida yozib kelingani ma'lum.
Akademik V.V.Bartold Badaxshon tarixi to’g’risida so’z yuritar ekan, bu tog’li oika tarixiy manbalarda arabcha ko’plik shaklida Badax-shonot tarzida ham uchraydi, degan edi.
Haqiqat ham shunday. Yuqorida keltirilgan misollarda arabcha -ot affiksi ruscha -kina (Kievkina, Smolenkina) qo’shimchasini eslatadi va shu joyning tevarak atrofini ham bildiradi.
Chunonchi, Bobur Hindistonni Hindistonot shaklida yozganda, bundan oldin albatta «tomam» (butun) so’zini ishlatadi va binobar-in, «tomam Hindustonot’ deganda, butun Hindiston va uning atrofini tushunadi.
Afg’onistondagi Hirot shahri nomini ham shu jumlaga kiritish mumkin. Bu shahar nomi dastlab Hlri shaklida boigan. Hiri poytaxtlik davrida tobora kengaya borgan va Navoiy zamonida daryo bo’ylab 15-16 km ga cho’zilgan. Hiri shahri tevarak-atrofi bilan Kirot (Hiri Hot) deb atala boshlagan va bora-bora shu nom qonunlashib qolgan, deb hisoblaymiz.
Zarafshon daryosining Qoradaryo va Oqdaryo dcb ataluvchi tar-moqlari oralig’idagi Miyonkol oroli tevarak-atrofi bilan birgalikda Miyonkolot deb ham yuritilgan. Bog’ot, Rabotot kabi toponimlar haqiqatan ham ko’plik ma'nosini bildiradi. Bog’ot — «bog’lar», Rabotot — «rabotlar». Pomir ham Pomirot shaklida yozilganligi ma'lum, chunki Pomirlar juda ko’p bo’lgan (ingliz mualliflari asarlarlda to’qqizta Pomir qayd qilingan).
Yana shuni aytib o’tish o’rinliki, ba'zi bir turkshunoslar arabcha -ot ko’plik affiksi turkiy, jumladan, o’zbekcha so’zlar tarkibida uchramaydi, degan fikrdalar. Biroq shu narsa ma'lumki, -ot qo’shimchasi ko’plik ma'nosida XIII-XV asrlardayoq, o’zbekcha qishloq, qo’shin so’zlari oxiriga qo’shilib qishloqot, qo’shinot tarzida ishlatilgan. Ayni vaqtda -ot qo’shimchasi toponimlar ham yasagan.
Biz -t (-ot) affiksi sug’d tilida ham ko’plik affiksi ekanligini aytib o’tgan edik. Olimlar (M.S.Andreev, AA.Freyman, V.AXivshits, M.N.Bogolyubov, A.L.Xromov) sug’d tilining hozirgi davomi hisoblangan yag’nob tilining grammatik xususiyatlarini o’rganib, bu har ikkala tilda ham -t ko’plikni bildiruvchi orqa qo’shimcha ekan-ligini isbot qildilar. Masalan, yag’nob tilida aka so’zining ko’pligi akot (akaot), jo’ra (sherik) so’zning ko’pligi jo’rot, g’ar (tog’) so’zining ko’pligi - g’arot va h.k.
A.L.Xromov Yag’nobdagi Sitkt, g’uddant, Regdont, g’ajjo Tobot kabi toponimlar tarkibidagi -t harfini ko’plik suffiksi dc biladi, hatto Zoyti, Xramti kabi so’zlardagi -t harfini ham ko’pln belgisi deb hisoblaydi. -/ harfi esa yag’nobcha bosh kelishikdan boshcj. kelishiklar ko’rsatkichi boisa kerak, deydi.
Agar shunday boisa, «Roburnoma» va boshqa tarixiy yodgorlik larda uchraydigan Olmati, Chilti, Shiberti kabi toponimlarning morfologik xususiyati muayyan darajada tushunarli bo’lib qoladi va ularning tarkibidagi -t ham ko’plik affiksi bo’lib chiqadi.
Shundan ko’rinadiki, toponimika tarixiy tilshunoslikning ko’pgina masalalarini yechib berishda tilshunoslarimizga yordamga keladi.
TOPONIMIKA VA GEOGRAFIYA
Toponimika ayniqsa, geografiya uchun katta ahamiyatga ega. Topo-nim — geografik obyektning aniq manzilidir. Nomlar joyning geog-rafik o’rnini aniqlash uchun ham, geografik tushunchalarni ifoda etish uchun ham zarur. Geografik xaritada keltirilgan boy va xilma-xil axborotlar orasida nomlar alohida o’rin tutadi.
Geografik obyektlar shu qadar ko’p va xilma-xilki, ularni ifoda etish uchun maxsus so’zlar, ya'ni nomlar bo’lishi kerak.
Geografik nomlarni geografiyaning o’ziga xos tili desa bo’ladi. Geografik nomlar muayyan geografik tushunchalarni ifoda etar ekan, bir qancha hollarda atamaga aylanib qoladi. Masalan, yonar tog’larni ifoda etuvchi vulkan atamasi Italiyadagi Vulkano tog’i nomidan olin-gan. Toponimlar biron geografik tushunchani ifoda etadi, shuning uchun geografiyani bilmasdan turib joy nomlarini o’rganish ko’pincha katta ilmiy xatolarga olib kelishi mumkin. Joy nomlarida geografik muhitning xususiyatlari — relef shakllari, o’simlik va hayvon nomlari aks etgan bo’ladi. Shu bilan birgalikda joylarga nom berishning o’ziga xos bir xususiyati bor. Masalan, o’rmonli rayonlarda «o'rmon» so’zidan tarkib topgan joy nomlari, tog’li o’lkalarda «tog’» so’zidan tuzilgan toponimlar u qadar ko’p emas. Agar bor boisa ham, ular ko’pincha qo’shni hududlarda yashaydigan xalqlar tomonidan berilgan nomlar
bo’ladi.
Toponimikada nisbiy negativlik deb ataladigan bu qonunning asosiy sababi shundaki, hammayoq cho 7 bo’lgan joylarda cho'1 kishi e'tiborini tortmaydi. Kishilar nom qo’yish uchun boshqalardan qandaydir farq
qilib turadigan tabiiy geografik obyekt qidirishadi. Shuning uchun ham cho’llarda quduqlar. ayriin qirlar nomlari ko’proq uchraydi. Chunki bu quduq va qirlar yoiovchiJar hamda cho’ponlar uchun mo’ljal, o’tloq va suvloq bo’lib xizmat qilgan.
Tog’lar to’g’risida ham shunday deyish mumkin. Tog’lar orasida yashaydigan kishilar tog’ so’ziga nisbatan tosh so’zini ko’proq ish-latadi. Masalan, tog’li yerda «Tog’ tepasiga chiqib ketdi» deyish o’rniga «Toshga chiqib ketdi» deyishadi. Yana. Ayritosh, Qpratosh, Oqtoshdeganda, ko’pincha qandaydir ayrim tog’lar nazarda tutiladi. Ural va Sibir tog’larida ham xalq tog’ cho’qqilarini kamen (tosh) deb ataydi. Tog’ piyozini ko’pincha toshpiyoz, tog’ hayvonlaridan kaklik va suv-sarni ruslarning kamennaya kuropatka, kamennaya kunitsa deb atash-Jarining sababi ham shunda bo’lsa kerak.
Shunday bo’lsa ham, geografik nomlarda geografik qonuniyatlar-ning aks etganiga juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Demak. joy nomlari tasodifiy paydo bo’lmaydi, aksincha, Eshakhangragan-qir, Qo’yqirilganqala kabi tasodifiy nomlar kamdan-kam uchraydi. Binobarin, toponimlarning aksari qismi ma'naviy jihatdan tabiat hodisalarini aks ettiradi.
Xalq biron tabiat hodisasini geografik atama bilan ifoda etadi va binobarin, geografik nomlar tarkibida geografik atamalar ko’p uchraydi. Bunday atamalar toponimiya negizi, ya'ni murakkab geografik nomlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Xalq geografik atama-larini bilmasdan turib joy nomlari etimologiyasini to’g’ri aniqlab blmaydi.
Geografik atama (tog’, cho'l, koi, qishloq va h.k.) hali geografik nom emas, balki turdosh ot bo’lib, muayyan umumiy yoki xususiy geografik tushunchani bildiradi. Biroq har qanday geografik atama atoqli otga, ya'ni geograflk nomga aylanishi mumkin.
Geografik atamalar, shuningdek o’simlik va hayvon nomlari biron qo’shimchasiz yoki aniqlovchisiz toponimga aylanmaydi. Masaian, O"zbekistonda o’n minglab quduq bor va har biri o’z nomiga ega. Bunda quduq so’zi yonida biron kishining ismi yoki aniqlovchi so’z (chuqur, katta, uch, to’rtva h.k.) yo bo’Imasa — cha, -li kabi qo’shimchalar bo’ladi. Agar bordi-yu Quduq, Cho’qqi, Ariq, Yan-toq, Qulon kabi bir atama yoki birgina o’simlik, hayvon nomidan iborat toponim ucliraydigan bo’lsa. u holda bunday toponimni
izohlashda juda ehtiyot bo’lish kerak. Chunki hech qanday tarkibiy qismsiz birgina so’zdan iborat toponim uzoq talaffuz davomida bu-tunlay o’zgarib boshqa bir ma'noni anglatishi yoki toponimning qisqaitirilgan varianti bo’lib chiqishi mumkin. Masalan, Toshkent-dagi Zaxariqni ko’pincha Zax deyishadi. Tevarak-atrofda boshqa xuddi shunday obyekt bo’lmaganda ham ba'zan qo’shimchasiz atamaning bir o’zi toponimga aylanadi. Chunonchi Quduqqa borib kelaylik de-yishadi.
Toponimlar tarkibida adir, ariq, bel, buloq, dovon, jar, ko% tog’, cho'1, qum kabi hammaga ma'lum atamalar bilan birgalikda arna, bo’ktar, g’aza, dayravot, jol (yol), jona-yona (qiya), jo’na, zayak, zov, kam, kom (ariq), kamar, novur, saqo, sang’aloq, supa, tomchi, tangi, tarma, to’la, tuz, chalqa chag’at, chem, shag’il, shiber (botqoqlik), shirdon, qo’ton, qirmon (xirmon) kabi kichik bir hududdagina saqlanib qolgan atamalar ham uchraydi. Har bir ata-maning o’z ma'nosi bor. Masalan aqba (aqaba) arabcha so’z bo’lib, o’rta Osiyoda «dovon» ma'nosida keladi. IX-X asrlardagi arab tilida yozgan geograflarning asarlarida aqba (ko’pligi aqabot) atamasi ko’p ishlatilgan. Bu atama X asrda fors tilida yozilgan «Xudud-ul olam» va «Tarixi Tabari» asarlarida ham uchraydi. Tojikiston bilan o’zbekistonning tog’li joylarida, ayniqsa, Pomir, Hisor. Zaraf-shon tog’laridagi o’nlab toponimiar, xususan dovon nomlari tarkibida aqba so’zi uchraydi. Bu atama o’rta Osiyoning turli joylarida axba, ag’ba, avg’a shakllarida turli ma'nolarda ishlatiladi. Masalan, Samar-qand viloyatining ba'zi joylarida dovonga chiqiladigan tik yo’lni ovg’a deyishadi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida baland tog’ yaqinidagi tepasi yassi qir baraz deyiladi. Masalan, Kattabaraz, Kichikbaraz, To’pchiboybaraz degan joyiar bor. Baraz («baland») so’zi qadimiy sug’d tilidan qolgan bo’Iib, hozir juda katta hududlarda mustaqil yoki toponimlar tarkibida uchraydi. Masalan, Zarafshon daryosining bosh tomonidagi Yag’nobda Burozo, Pushti baroz, Sari baroz, Sibaroso, Vanjda Borazgo kabi toponimlar bor. OlimJarning yozishicha, Ros-siyaning Yevropa qismidagi Berezanka, Berezan gidronimlari ham o’sha baraz («baiand») so’zidan kelib chiqqan. Arman tilidagi bardzr ham o’sha baraz bilan o’zakdosh va ma'nodosh.
Bu misollar geografiyani yaxshi bilmasdan turib toponimika bilan
^g’ ishonchli natijalar bermasligini ko’rsatadi.
TOPONIMIKA VA TARIX
Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois
■ rix uchun juda katta ahamiyatga ega. Damashq shaharining shu nom
ilan atalganiga uch ming yil bo’ladi. Uni dunyodagi eng keksa nom
Jeb boimaydi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi toponimlar ham
uda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ularning kelib chiqishi
hamon uzil-kesil hal bo’lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yo-
/uv paydo bo’lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo'q boiib
ketgan, tili unutilgan bo’lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari
saqlanib qolaveradi. o’simlik yoki hayvon yo’q bo’lib ketgan bo’lsa
ham, nom yashayveradi.
Tomsk davlat pedagogika institutining professori A.P.Dulzon Sibir gidronimlarini tahlil qilib qadimda ket xalqi yashagan hudud juda keng bo’lganini aniqladi. Hozir esa Sibirda, xususan Ob daryosi yoqasida hammasi bo’lib 500 kishiga yaqin ket qolgan. Toponimik ma'lumotlar bir vaqtlar ketlar juda ko’p sonli xalq bo’lganini ko’rsatdi.
Toponimning muqim yashashiga asosiy sabab shuki, so’zning toponimga aylanmasdan oldingi ma'nosi to’g’risida kishilar ko’pincha o’ylab ham o’tirmaydilar. Shunday qilib, so’z biron obyektning nomi-gina bo’lib qoladi.
Bordi-yu bu toponimni sinchiklab tekshirsangiz, hatto mikro-toponimlar deb ataladigan kichik obyekt nomi ham aksari muhim bir tarixiy voqeani o’zida mujassamlashtirgan «makroguvoh» bo’lib chiqishi mumkin.
Yerga bo’lgan xususiy mulkchilik, kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mayda yer egaligi toponimiyada sezilarli iz qoldirgan.
Misollarga murojaat qilaylik. 1909 yilda Skobelev (hozirgi Farg’ona) shahrida nashr etilgan ro’yxatga ko’ra Qo’qon va Marg’ilon uyezdla-rida, shuningdek, Andijon va o’sh uyezdlarida chek so’zini 50 dan ortiq qishloq nomi tarkibida ko’ramiz. Andijon viloyatida va xususan Farg’ona viloyatida chek so’zidan tarkib topgan joy nomlari hozir ham anchagina uchraydi.
Andijon tumanida Obtobachichek degan qishloq bor. Bu nom Xudoyorxon davridan qolgan. Abdurahmon ismli bola (Musulmon-qulning o’g’li) xonning qo’liga suv quyuvchi — obtobachi bo’lgan.
Xudoyorxon Abdurahmon obtobachiga bir necha yuz tanob yerni chek qilib bergan. Abdurahmon obtobachining yeri Chek Obtobachi deb atalgan, keyinchalik Obtobachichek bo’Iib ketgan. Bundan tashqari, Farg’ona vodiysida Alibekchek, Bobochek, Isoavliyochek, Muhammad Aminchek, Nasriddinbekchek kabi yerlar bo']gan. Keyinchalik bu yerlarda qishloqlar bunyod etilgan. Xo’sh chek yer olgan bu kishilar kimlar bo’lgan? BuJarning hammasi tarixiy shaxslardir. Chunonchi Muhammad Amin va Nasriddinbek Xudoyoming o’g’illari bo’Igan. Isoavliyo esa xonning ishonchli kishisi va maslahatchisi hisobiangan.
Chek so’zining o’zi nima? Chek deganda, xon va uning oila a'zolari, amaldor, ruhoniylar va mashhur shaxslaming, umuman har qanday kishilarning xususiy yerlari tushunilgan. Shu bilari birga Farg’ona vodiysida chek so’zi muayyan yer o’lchovi ham hisoblangan, Bu nomlar tarkibida esa chek atamasi topanim yasovchi fotmant bo’Iib, feodalizm yer egaligidan darak berib turadi.
Toponimlarda turli davriardagi muhim voqealar, tarixiy shaxs-larning ismlari, ko’chib yurgan urug’ nomlari aks etgan boiadi.
Buxoro viloyatida Abumuslim degan tepalik bor. Abumusiim 747-749 yffiarda arab xalifaligining sharqiy qismida - Movarunnahr biJan Xurosonda ummovjylar huknidorligiga qarshi ko’tarilgan qo'zg'olonga boshcMIik qilgan. Uning asi ismi Abdurahmon ibn Asad bo’iib, AbumusMm uning laqabidir. Bu tepalik VIII asr o’rtalarida Buxoroning hozirgi Qizihepa qishlog’i yaqinida Abumralim qurdirgan istehkornning xarobasi Xaroba Abumuslim kanalining bosh tomam-dadir. Bu kanalni buxoroliklar Jo’yi Abumusiim deb ataydilar. Kanal Zarafshondan boshlangan.
TurK davrlardagi ijtimoiy-»yosiy atamakr ham toponiroiyada iz qoldirgan. Buxoro amiriigi va Xiva xonligi davrida istermolda bo’lgan kutval yokf katovul (komendant), otatiq (eng katta amaldor - vazir), naqib (harbiy mansabdor), to’qsoba (offy harbiy roansab), chandovul (qo’shiniwng eng orti), shig’oval (elchmi bosWab yunivcfji) kabt atamalarni hozir hamma ham bilavermaydf, feidn wlar toponimlar shaklida saqfenfb qolgan.
Toponimfyaga qarab qayerlarda, qaysf o’zbck arug’lari yasha-ganini bilib olish mumkin. Masalan, respublikarnizda Jaloyir de-gan bir qancba qishloq bor. Ohangaron fiavzasi hamda Xo’jand atroflarida XIII asr boshfdan \o 1375 yilgacha jaloyir qabilasi yashagan. o’sha ytli qattiq qarshiiik ko’rsatgami uchtm Amir Temur
aloyirlar sarkardasini qatl ettiradi va jaloyirlarni turli tomonlarga ko’chirib yuboradi.
Ana shu davrdan boshlab chinakam jaloyirlardan tashqari ular-ning qoi ostidagi bir qancha etnik guruhlar ham jaloyirlar deb atala boshlaydi. Hozirgi Jaloyir qishloqlarining tarixi ana shunday.
Demak, toponimlar har doim ham biron tarixiy sharoit taqo-zosi bilan dunyoga keladi.