Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet14/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
Bog'liq
Топонимика

uchma — tik yonbag’ir, yoz — bahor, yozi — dala, obshor sharshara
va boshqalar. (Bu haqida to’laroq ma'lumot olish uchun V bobga
qarang).
Keyingi ikki asr davomidagi tarixiy, lingvistik, geografik asarlardan o’zbekiston toponimikasiga oid ko’plab materiallar topish mumkin. o’rta Osiyo, jumladan o’zbekiston toponimikasiga oid dastlabki asar-lardan biri vengriyalik olim Arminiy Vamberining (1832-1913) o’rta Osiyoga maxfiy sayohati mahsuli bo’lrnish «Markaziy Osiyoning geog-rafik nornlari» (nemis tilida) deb atalgan asaridir. Asarning lug’at qis-mida 600 ga yaqin geografik nom va atama alifbo tartibida berilgan. Bu esa o’sha davr uchun katta yutuq edi. Biroq geografik nomlar izohlarida xatoliklar ham uchraydi. Masalan, Jizzax — «issiq», Andijon - ont, qasam va jon, jonday inoqlik, Sariosiyo — «sariq tegirmon», Sirdaryo
«jildirab oqadigan» degan ma'noni bildiradi deb yozgan.
Rus sharqshunoslaridan N.V.Xanikov, L.N.Sobolev, N.F.Sitnyakovskiy, V.L.Vyatkin asarlarida bir qancha ma'lumotlar o’zbekiston toponimikasiga bag’ishlangan. Masalan, N.V.Xanikovning «Buxoro xonligi tasviri’ (Xanikov N. Opisanie Buxarskogo xanstva. SPB, 1843) asarida o’sha davrda iste'molda bo’lgan otaliq, qo’rchi, tunqotar, shig’ovul kabi ko’plab ijtimoiy-siyosiy atamalar tilga olin-ganki, ular hozirgi vaqtda bir qancha toponimlarning ma'nosini tushunib olish uchun kalit bo’lib xizmat qiladi. Kitobda 92 o’zbek qavmlarining dastlabki ro’yxati keltirilgan.
L.N.Sobolevning «Zarafshon okrugi haqida gcografik va statistik ma'lumot!ar»(Sobolev L.N.Geograficheskie i statisticheskie svedeniya o Zeravshanskom okruge. ZRGO, t. IV, 1874) kitobida Zarafshon vodiysidagi qishloq, shaharlarning ro’yxati berilgan. Unda qishloq-ning qaysi ariqdan suv ichishi va aholisining qaysi qabila yoki urug’ vakillari ekanligi ham aytib o’tilgan,
Chor armiyasining ofitseri N.F.Sptnyakovskiyning Zarafshon vodiy-siga bagishlangan tarixiy-geografik asarida (Sitnyakovskiy N.F. Zametki o Buxarskoy chasti dolino Zeravshana. ITORGO, t. I, vup. II, 1900, S. 121-314) Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da (X asr) tilga olingan ko’pgina ariqlar hamon o’sha eski nomlari bilan atalishi qayd etilgan.
Kitobga1 Zarafshon vodiysidagi bir necha yuz ariq, shahar va qishloq nomlarining ro’yxati ilova qilingan. Bu esa toponimika fani uchun qimmatli boy tarixiy-geografik material bo’lib xizmat qiladi.
o’zbekistonning tarixiy geografiyasini, jumladan toponimiyasini o’rganishda inqilobdan oldin va sovet davrida ijod qilgan tarixchilar orasida V.L.Vyatkin alohida o’rin tutadi. Olimning Samarqand va Toshkent viloyatlariga bag’ishlangan va vaqf hujjatlari asosida yozilgan tarixiy-geografik asarlarida ko’pgina toponimlaming kelib chiqishi haqida ■so’z boradi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida ijod qilgan rus sharqshunos-lari orasida o’rta Osiyoning, jumladan o’zbekistonning tarixiy geog-rafiyasini va toponimikasini o’rganishda akademik V.V.Bartold ijodi alohida o’rin tutadi. Bartold asarlarida o’zbekistondagi yuzlab tarixiy geografik nomlar tilga olingan, bir qancha toponimlarning etimologi-yasi keltirilgan, olim, masalan, Bag’dod shahri (Iroq) nomini «Xudo in'omi» deb izohlagan. Chunki qadimgi eroniy tillarda, jumladan sug’d tilida bog (fag-bag) «xudo», «yaratuvchi» degan ma'noni ham bildirgan. Birgina shu misol vaqt o’tishi bilan atamalarning ma'nosi o’zgarib turishini ko’rsatadi. Yana bir misol. Ilk o^rta asrlarda dehqon (dehigon) deganda «zamindor», «katta yer-mulkka ega bo’lgari boy» tushnnilgan.
V.V.Bartold asarlarining 9 jildli har birida (Moskva, 1963-1977) berun, vaqf, varg\ vixara. diz, qarshi, rabod, rabot, rustaq, to’rtkoi, chorsu, shahriston, hisor, o’rchin kabi yuzlab qadimiy geografik, tarixiy, ijti-moiy-iqtisodiy atamalar tilga olingan va imkon qadar zohlangan.
o’zbekiston toponimiyasini tadqiq qilish bilan shug’ullanadigan har bir mutaxassis M.S.Andreev, S.P.Tolstov, Ya.g’.G'ulomov, B.A.Ahmedov, A.R.Muxammadjonov, M.Ye.Masson, O.D.Chexovich, A.A.Semenov, O.A.Suxareva kabi olimlarning tari-xiy-geografik asarlaridan o’zbekiston toponimlarining ma'nosi, kelib chiqishi haqida talay materiallar topadi.
o’zbekiston toponimiyasini o’rganishda geograflar ham katta hissa qo’shganlar. Professsor N.G.Mallitskiyning ayrim atamalar to’g’risidagi maqolasi, xususan Toshkentning mahallalari va mavzelari nomlari haqidagi asari toponimika uchun qimmatli materiallardir.
o’zbekistonda toponimika fanining va geografik atamashunoslik-ning rivojlanishida professor H.H.Hasanovning xizmatlari katta. Olim-ning «Geografik nomlari imlosi» (1962) «O'rta Osiyo joy nomlari tarixidan’ (1965) «Geografik nomlar siri» (1985), «Yer tili» (1977), «Geografiya atamalari lug’ati»(1966), «O'rta Osiyolik geograf va say-yohlar» (1964), «Sayyoh olimlar» (1981) kabi asarlarida, ko’plab
risolalari va maqolalarida o’rta Osiyoda, jumladan o’zbekistonda joy nomlarini o’rganishga qadimdan ahamiyat berib kelinganni qayd qilingan. Ayrim toponimlarning etimologiyasi aniqlangan. Olim tari-xiy, geografik nomlarni izohladi, dunyodagi ko’plab nomlarning hozirgi o’zbek tilidayozilishi (transkripsiyasi) qonuniyatlarini ishlab chiqdi, eski o’zbek geografik terminologiyasini zamonaviy, ilmiy terminologiya asosida qayta ishladi: Masalan, uqiyonus — okean, ota
orol, yonartog’ — vulkan, ko’rfaz ~ qo’ltiq, jug’rofiya — geografiya
kabi.
Tilshunos toponimistlardan professorlar TNafasov, Z.Do’simov, dotsent N.Oxunov o’zbekistonda toponimikaning rivojlanishiga, toponimlarning nominatsion (nomlanish) qonunlarini ochib berish-ga salmoqli hissa qo’shdi va ko’plab joy nomlarining etimologiyasini aniqlab berdilar,
o’zbekistonda toponimika fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan olimlardan biri T.Nafasov o’zbekistonda birinchi bo’lib toponimikadan nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Keyinchalik so-haga oid bir qancha risola, maqolalar chop etdi. Uning «O'zbekiston toponimlarining izohli lug’atioda (1988) asosan Janubiy o’zbekistondagi mikrotoponimlar etimologiyasi yoritilgan. Shu bilan birga mintaqadagi Boysun, Kesh, Chag’oniyon, Qarshi kabi ba'zi tarixini toponimlarga ham etimologik izoh berilgan.
Z.Do’simov Xorazm toponimiyasini o’rganib joy nomlarining tarixi va etimologiyasi, ularning lingvistik xususiyatlari, modellari va tiplarini aniqlash sohasida ishladi. «Xorazm toponimlari» monogra-fiyasida (1985) Xorazm toponimlarining shakllanishi va ularning taraq-qiyot bosqichlarini tadqiq qildi.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish