Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet13/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Shopurkom arig’i (hozir qishloq ham) Eron shahzodasi Shop-
urning nomi bilan atalgan ekan. Shopur buxorxudotdan (Buxoro hokimidan) yer olib, qasr qurgan va Vardona qishlog’ini barpo qilib, ariq qazib keltirgan. Shopurkom - «Shopur arig’i» demak. Shopur ismi o’z navbatida ikki so’zdan iborat: shox, pur - o’g’il, shahzoda.
Kom atamasi qadimdan Buxoro atrofida iste'molda bo’lgan va hozir ham anchagina geografik nomlar tarkibida uchraydi: Komi Zar, Komi Akka (Zarafshonning bir nomi), Haramkom va hokazo.
o’zbekiston joy nomlariniiig o’rganilishiga «arab geogrqflari» nomi bilan mashhur olimlar katta liissa qo’shgan. Shu narsa e'tiboga sazovorki, yangi qo’shib olingan hududlarning ma'muriy tuzilishini o’rniga qo’yish munosabati bi!an «Soiiq daftarlari’ — «Kitob al-xaraj» va «Yo’lnomalar» paydo bo’ladi. Bunday nomalarda viloyatlar va aholi punktlari, dexqonchilik va kasb-hunar mahsulotlari, bekatiar, ular orasidagi masofa, aioqa sharoiti ko’rsatib qo’yilar odi. Asli eronlik bo’lgan arab geografi Ahulqosim Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Xur-dodbexaing (XI asr) «Kitob al-masolik va mamolik» ~ «Yo'l]iomalar va mamlakatiiomalaibkkobi shunday geografik asarlaming dastlabkisi edi. Bunday ma'urty-statistik yo’nalish AI-Yaqubiyning «Kitob al-buldon’ («Mamlakatlar kitobi»), Ibn Ja'far Qudamaning «Soliqno-ma» («Xaraj kitobi») asarlarida o’z rivojini topdi.
Arab geografiyasi ayniqsa X asrda keng rivpjlandi. Ibn Rusta (Abu Ali Axmad ibn Umar) geograflar orasida alohida o’fta Osiyo, jumladan o’zbekistonga bag’ishlangan qismi Vatanimiz toponimikasi uchun juda muhim. Ibn Rusta, chunonchi, Buttam tog’laridan oqib keladigan Qumrud va Xovarrud daryolarini Romid (hozirgi Kofimi-hon) daryosining irmoqlari deb ataydi. Akademik V.V.Bartoldning fikricha, bu daryolar hozirgi Surxondaryoning Qoradaryo, TVpolondaryo, Sangardakdaryo nomli irmoqlari bo’lishi kerak, Buttam tog’lari esa Birinchi Buttam (Hisor tizmasi), O’rta Buttam (Zarafshon tizmasi) va Tashqi Buttain (Turkiston tizmasi) tog’laridan
"1 . 1 Ll
iborat bo Igan.
X asrda Istaxriy (Abu Isxoq Ibrohim ibn Muhammad al-Farisiy-ning <‘Kitob al-masolik va al-mamolik» asari (930-933 yillar) arab geografiyasining katta yutug’i edi. Keyinchalik (976-977 yillar) Mo-varounnahrga sayohat qilib, uni tasvirlab yozgan ibn Havqal Istarxiy asarini yanada to’ldirdi. Masalan, ibn Havqalning guvohlik berishicha,
Sag’onrud (Chag’onrud), ya'ni Surxondaryo Termiz shahridan past-roqda Amudaryoga quyilgan. Xalifalik tarkibidagi o’lkalar, jumladan Movarounnahr geografiyasi, tarixi, iqtisodiyoti, madaniyati, jumla-dan toponimiyasi xaqida Muqaddasiy (Shamsiddin Abu Abdallox Muhammad ibn Ahmad) ayniqsa to’liq ma'lumot bergan.
Muqaddasiy ma'lumotlariga ko’ra, Chag’oniyonda (Surxondaryo vodiysida) 16000 ga yaqin qishloq bo’lgan. Sayyoh Farg’onada Ax-sikat, o’zgand, o’sh, Qubo (Quva), Marg’inon, Rishton, Koson, Bob(Pop), Asht, Awal, Andukon (Andijon), Xuqand (Qo’qon) kabi 40 ta shahar hamda jome masjidli qishloqni sanab o’tadi. Muqad-dasiy va boshqa arab geograflarining asarlarida nomlari hozirgacha saqlanib qolgan toponimlar tilga olingan: Zomin, Jizzax, Sobot, Xovos, Kurkat, Samg’ar, Xo’jand va boshqalar.
Bu kabi ma'lumotlar Vatanimiz toponimiyasining qadimiy ekan-ligini ko’rsatadi. Axsikat, Samarqand, Farg’ona, Choch (Toshkent) kabi nomlar VIII asrga oid sug’d hujjatlarida va undan ham oldin, Andigon (Andijon), Zomin, Isfara, Ishtixon, Karmana, Kesh (Shahrisabz), MargMnon (Marg’ilon), Miyonqol, Miyonrudon («ikki suv orasi») — Norin bilan Qoradaryo oralig’i, Narpay, Naxshab (Qarshi), Parak (Chirchiq), Barsket (Parkent), Biskat (Piskent), Biskom (Piskom), Pishag’ar, Bob (Pop), Rishton, Sobot, Soyliq, Tavovis, Usrushona, Farg’ona, Forob, Xottmkat. Jadg’al(Chotqol), Chag’oniyon (Surxondaryo vodiysi), Chinachkat - Jinanjkat (Chi-noz), Shovdor, Qalqonqud, Quva, Qurshob (Xurshob), Xuqand (Qo’qon), g’ijduvon, Xuzor (g’uzor), Hazorasp kabi nomlar IX-X asrtar manbalarida — arab geograflarining asarlarida, «Hudud al-olam»da, Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da tilga olingan.
XIII asrda ijod qilgan Yoqut (Yoqut ibn Abdulloh ar-Rumi al-Hamaviy) «Mu’jam al-buldon» nomli ko’p jildli lug’atida geogra-fiyaga oid barcha ma'lumotlarni jamlab katta toponimik meros qoldir-gan. Yoqut o’rta Osiyo, jumladan o’zbekistonning ma'lum va mash-hur Buxoro, Samarqand? Ishtixon, Zomin, Naxshab (Nasaf-Qarshi), Farg’ona, Uzkand (Yuzkand-o’zgant), Axsikat, Xuqand (Qo’qon), Xo’jand, o’sb, Dabusiya, Shosh (Toshkent), Usmshona, Farob, Termiz, Asfijob — Isfijob kabi shahar va qishloqlari haqida mukam-mal ma'lumot qoldirgan. Yoqut geografik nomlarni hozirgi ilmiy til bilan aytganda topoformantlarga qarab tasnif qilgan. Masalan, obod so’ziga kelganda shuni aytish kerakki, deydi Yoqut, bu unsur sha-
harlar, qishloqlar va viloyatlar nomlari tarkibida ko’p uchraydi: Asadobod, Rustamobod, Husnobod kabi. Asad kishing ismi, obod esa forscha «aholi punkti» degan ma'noni bildiradi, demak, Asadobod «Asad shahri yoki qishlog’i» demakdir.
Umuman olganda, arab geograflari asarlarida respublikamiz topo-nimiyasi haqida ko’plab ma'lumot topsa bo’Iadi.
Turkiy tarixiy va lisoniy manbalardan toponimika uchun eng ahami-yatlilari sifatida Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» va Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarlarini alohida tilga olish mumkin,
«Devonu lug’ot-it turk»ning toponimika fani uchun ahamiyati shundaki, asarda 200 ga yaqin turkiy toponimlar (Olayig’och, Badalart, Qargalik), ko’plab etnonimlar - o’sha vaqtdagi turkiy qabilalarning nomlari (yag’ma, chigil, sug’dak «sug’diy lar») va ular-ning geografiyasi, bir necha o’nlab qadimiy turkiy ismlar (Bektur, Arslontegin, Turumtoy), ko’plab geografik atamalar (art, dovon, yoz-yozi «dasht», baliq «shahar»), shuningdek o’simlik va hayvonlarning qadimiy turkiy nomlari (avya behi, so’kso’k ~ «saksovul», qazin — qayin, yag’an - fil, qoz — g’oz, chabaq — mayda baliq keltirilgan. •Devonu lugot-it turk»ning uchta jildida keltirilgan boy toponimik materiallar joy nomlarining etimologiyasini tadqiq qilishda, topo-nimlarning qadimiy fonetik shakllarini aniqlashda o’ta qimmatli man-balar bo’lib xizmat qiladi. (Bu asar haqida yanada to’laroq ma'lumot olish uchun V bobga qarang).
Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asarida tarix, etnografiya, geografiyaga oid qimmatli maMumotlardan tashqari, toponimika sohasida ham boy materiallar keltirilgan. «Boburnoma»niiig bu boradagi aharniyati shundaki, undan toponimlarning qadimiy shakllarini bilib olish mumkin: Dizak — Jizzax, Ko’hak — Zaraf-shon, Sayxun, Xo’jand suyi yoki Sir suyi - Sirdaryo, Chir- Chirchiq va hokazo.
Bobur tilga olgan ko’plab geografik atamalar toponimlarning kelib chiqishini aniqlashda va o’zbekcha ilmiy terminologiyani ishlab chi-qishda katta ahamiyatga ega, masalan: band — to’g’on yoki «bekat», jazoir — orol, jangal - o’rmon, qo'1 — daryo tarmog’i, tangi — tor dara quruq qoH yoki suvsiz qo'l - soylik, parcha tog’ — qoldiq tog, tagob — o’zan, tuz ~ tekislik, to’qay — daryo muyulishi, ushoq tog’lar — past tog’lar, yayloq ~ yaylov, obgir — botqoqlik, koHal
- dovon, qasaba - shaharcha, pushta ~ tepalik, qo’ruq — qo’riqxona,

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish