Aloqa, Baxt, Visol, Dadil, Jonon, Izzat, Zaytun, Zamon, Korxona, Lochin, Madaniyat, Marvarid, Maqola, Mahorat, Muloyim, Musobaqa, Musaffo, Muhokama, Nilufar, Odob, Oftob, Palma, Parvoz, Tabassum, Tabrik, Uylanish, Fazo, Yashna, Hurmatli kabi chuchmal turdosh otlar ko’chalarga nom sifatida sovet davrida tanlangan.
Bunday mujmal toponimlar mustaqillik yillarida ham paydo bo’ldi: Ixlos, Kurash, Mag’rur, Ma'suma, Savr (yulduzlar turkumi), Lo-chig’ («chayla» ma'nosida bo’lsa, otachiq shaklida yoziladi), Choidaraxt, Hamal (yulduzlar turkumi),..
Shuni aylish kerakki, hamma so’zdan ham joy nomi yasalaver-maydi, boshqacha ayiganda toponim so’z tanlaydi. Falsafadagi zamon va makon tushunchalari joylarga, jumladan ko’chalarga nom qo’yishda ham bosh tamoyil bo’lmog’i kerak. Yana ham aniqroq aytganda, shu yerdagi real voqclikdan, real hayotdan, mavjud tabiiy, iqtisodiy, madaniy turmushdan kelib chiqib nom tanlash zarur. Ko’cha-ko’ylarga balandparvoz nomlar qo’yish, mafkuraviy lof urishning hayotiy siyo-sat emasligini tajriba ko’rsatdi.
MUSTAQILLIK TOPONIMLARI
Ilmiy poydevori chuqur bo’lmagan har qanday ustqurma bir kun barbod bo’ladi.
Sovet davlati parchalanib ketgandan keyin joy nomlari milliy qadriyat qatlamlaridan biri sifatida qaralib, mustaqil toponimik siyo-sat yurgizila boshlandi, xalq, tarixi, madaniyati, tiliga aloqador bo’imagan shahar va qishloqlar, ko’chalar va boshqa geografik obyekt-laming nomlari o’zgartirila boshlandi, tarixiy nomlar tiklandi, qayta nornlandi.
Toponimlar xalq ijodi mahsulotlari o’laroq xalq kabi sodda.
oddiy, hamma uchun tushunarli bo’lmasa, real haqiqatni aks ettir-masa uzoq vaqt yashay olmaydi.
1989 yilda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash siyosatida ham burilish nuq-tasi bo’ldi, toponimlarni milliylashtirish harakati boshlandL 1990 yilda «Moskva» mehmonxonasining shu joyning tarixiy nomi bilan «Chorsu», Kalinin deb atalib kelingan ko’chaning azaliy riomi Eski jo’va deb nomlanish bu borada qo’yilgan dastlabki qadam bo’ldi.
Toshkent shahar hokimligi qoshida Toponimiya komissiyasining tuzilishi, unga taniqli olimlar - toponimshunoslar, tarixchilar, til-shunoslar, shuningdek, yozuvchi-shoirlar va boshqa jonkuyar muta-xassislarning jalb qilinishi (1992) komissiya ishining jonlanishiga im-kon berdi.
1989 yildan 2003 yil oktabr oyigacha Toshkentdagi mustaqil nomlarga ega bo’lgan ko’chalardan 1000 ga yaqin ko’cha qayta nom-landi.
Nomi o’zgartirilgan ko’chalaming qariyb uchdan bir qismiga Ah-mad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Imom at-Termiziy, Mahmtid Torobiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur, Husayn Boyqaro, Temur Malik kabi buyuk shaxslaming nomlari berilib poytaxt topo-nimiyasida abadiylashtirildi. Shu bilart birga Muxtor Avezov, Betxoven, Maxatma Gandi, Lohutiy, Neru, Firdavsiy, Lev Tolstoy, Chexov kabi jahon klassiklarining nomlari Toshkent ko’chalarini bezab turibdi
Fikrimizcha, ko’chalarga mashhur kishilarning nomlarini qo’yish tomoyiliga katta o’rin berilmaslik kerak. Toshkent ko’chalarida Afro-siyob, Belariq, Beshqo’rg’on, Boyqo'rg’on, Bo’zbozor, Jarariq, Po-sira, Taxtapul, Tepamasjid, Turkariq, Tuyatortar, Xirmontepa, Childituron, Chuqursoy, Shohidontepa, Sho’rtepa, Yakkachinor, Yalang’och, Qichqiriq, Qo’shqo’rg’on kabi 150 dan ortiq tarixiy nomlarning tiklanishi shahar Toponimiya komissiyasining nom qo’yish sohasidagi katta amaliy yutug’idir.
Do'stlaringiz bilan baham: |