Oronimlari. Toshkent viloyati hududining shimoliy va shimoli-sharqiy qismi g’arbiy Tyanshan tog’larining tarmoqlari — Chotqol, Qurama, Piskom va Ugom tog’lari bilan band. Bu tog’larning har biri o’z navbatida yana qancha tizmalarga va mayda tarmoqlarga bo’linib ketadi.
Ylrik daryolaming nomlari kabi ulkan tog’ tizmalarining nomlari ham qadimiy bo’ladi. Masalan, Tyanshan oronimi qadimiy xitoycha nom bo’lsa ham, hozirgi zamon faniga rus olimlari tomonidan ki-ritilganiga ikki asr bo’lgani yo’q. Bu atama o’zbek tilida sovet hokimi-yati yillarida rasm bo’lgan. «Tyanshan yo'Ibarsi» degan ibora bu so’zning ma'Ium ma'noda o’zbekchalashib ketganini ko’rsatadi.
Bu tog’larning turkiy nomi Xontangri yoki Tangritov bo’lgan degan fikrda jon bor, chunki xitoycha Tyanshan — «osmon tog’lari’b demak. Tangri, ko’k, osmon so’zlari sinonimi.
QirgMzlar Tyanshanni Olatov deyishadi. Akademik V.V. Radlov turkiy al~ol (ulu, uluq) so’zi «yuksak», «buyuk», «dahshatli» ma'nolarini anglatishini ta'kidlagan. Olatovni «ola-bula», «qorli tog’» deyish ham mumkin. Lekin doimiy qorli tog’lar ko’pincha Oqtog’ deyiladi. Masalan, Ohangaron vodiysidagi tog’lardan birining norai Oqtog’. G(arbiy Tyanshandagi Piskom, Ugom, Chimyon oronimlari ham qadimiy nomlardir. Bu o’rinda kom (gom), kam, kem eroniy tillarda «daryo», «soy», «kanal» yoki «kiraverish» («og’iz») ekanini aytib o’tish joiz.
Chimyon toponimi va umuman Toshkent viloyatining tog’li qis-
midagi ko’pgina joy nomlari Farg’ona vodiysidan ko4chib kelgan aholi
tomonidan qo’yilgan degan ma'lumot bor. Zarkat (Zarkent), Parkat
- ■■■•■' ■■ '-'i; r'v -.b': ~ b■'■"-'' . ■..■;•-."■•'- ■■•■■■' ,-.-': ■■■'■'< ■ "i;
(Parkent), Nanay, Burchmulla, Sijjak kabi nomlar shular jumlasi-dan. Farg’ona tumanida Chimyon shaharchasi, Qo’rg’ontepa tumanida Chimyon qishlog’i bor. Farg’onadagi Chimyonni tojikcha talaffuz asosida ruslar Chimion, Bo’stonliqdagi Chimyonni esa o’zbekcha talaffuz asosida Chimgan yozib kelishadi.
Chim-chem unsuri o’zbekchada ko’p marta takrorlanadi. Chem (chim) sug’d tilida «g’ov», «to'siq», «ihota», «qo'rg’on» degani. H.Hasanov «Devonu lug’otit turk»dagi «o'tloq» ma'nosidagi chim-%an so’ziga nisbat berib, Chimyon toponimini «serchim joy» deb izohlagan. Tyanshan tog’larining viloyat hududidagi qismida Dodeka-tim, Pidar, Shabrez, Chodak, Shawoz, Yaxak, Hovla kabi o’zbeklar uchun tushuniksiz forscha-tqjikcha oronimlar ham uchraydi. Bulardan ba'zilarini tojikcha turdosh otlar yordamida tushunsa bo’lar. Masalan, shabrez oronimini shab «oqshom», «kecha», «g’ira-shira» va rez, rex-tan fe'lining hozirgi zamon negizi unsurlari yordamida «kech kirishi» deb, Dastorqozi oronimini dastor — «salla» va qozi turdosh otlari yordamida «Qozining sallasiday» (metaforik-majoziy nom) deb, shav-voz oronimini shawas so’zlari yordamida «jildirab oquvchi’ (suv) yoki shahboz-shahboz turdosh oti yordamida «lochin» deb izohlash mumkin (gidronimniiig oronimga o’tishi yoki oronimning gidronimga aylanishi tabiiy bir hol). Buning ustiga, bu materiallarning hammasi ruscha topografik xaritalardan olingan. Ma'lumki, bunday xaritalarda a va o tovushlari farq qilinmagan, boshqacha aytganda aksari nomlarning yozilish shakli mahalliy talaffuzdan katta farq qiladi.
1:200 000 masshtabli xaritada viloyat hududida 80 dan ortiq oronimik obyektlar - tog’, tizma, dovon nomlari qayd qilingan. Shulardan 1/4 qismi dovonlar, qolganlari tog’lar va tizma tog’lardir. Oronimlarning ko’pchiiigi turkiy nomlardan iborat. Shunisi qiziqki, oronimlar orasida asosiy hisoblangan tog’-tov atamasi bir necha martagina uchraydi: Bobotog’, Qoratog’, Bukirtov, Oqtov, Toshtov, Charxtov (charx qumi yasaladigan tosh). Tog’da yashaydigan ahoii ko’proq tosh so’zini ishlatadi: Odamtosh (shaklan odam gavdasiga o’xshaydigan qoya), Tektosh, Oynatosh (yaltiroq qoya), Toshtepa, Uchtosh (uchta cho’qqi), Qayirtosh, Qoratosh (Qora qoya), Tosh-tov (qoyali tog’) kabi. Qoyada o’sadigan piyoz toshpiyoz, qoya o’yiqlarida uchraydigan ko’lmak suvlar toshqoq deyiladi (Rossiyada ham ayrim qoyatf cho’qqilar kamen deyiladi; kamennaya kunitsa — «tog’ suvsa-ri», kamennaya kuropatka - «tog’ kakligi»).
Yana qapchig’ay — «tor dara» (Oqqapchig’ay), qurum-qurum — «tog’ yonbag’irlaridagi toshlar uyumi» (Qo'rumjo'1) kabi oronimik atamalarni aytib o’tish mumkin.
Yuqorida tilga olingan indikatorlardan tashqari oronimik leksikada o’simlik nomlari ham anchagina uchraydi: Archali, Gulikam, Piyozak, Terakli, Yakkapista, o’rikbel, Qoratutboshi, Eshakoshuv, Qoraqush, Qoraqushxona, Qo’ng’irtraqa va hokazo. Topoleksemalar tarkibida rang nomlari ko’p takrorlanadi: Ko’kbeles, Ko’klak, Ko’ksuv, Oqkoi, Oqtaxta, Oqtov, Oqqapchig’ay, Saritepa, Qizilbuloq, Qiziljar, Qiziljilg’a, Qiziljon, Qizilnura, Qorabel, Qoramozor, Qoratepa, Qoratosh, Qoratog’, Qoratutboshi, Qoraunchur, Qoraqiya, Qo’ng’ir, Qo’ng’irbuqa rang nomlari ba'zan ko’chma ma'noda keladi. Masalan, oq ko'l «oqma ko’l» — suv quyilib yana oqib chiqib ketadigan ko'l, oq tov «qorli tog’», «yuksak tog’», qoratepa — «qorovultepa»ning qisqargan shakli va boshqalar.
Metaforik (majoziy) nomlar ham uchraydi: Bukurtov — «egilgan tog’», Dastarqozi — «Qozining katta sallasiga olxshagan qoya», Tu-yatosh — «Tuyaday katta xarsang», Oynatosh «Yaltiroq qoya» kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |