Masafalari raajmuidan bahs etadi


VILOYATNING QISQACHA TOPONIMIK LUg’ATI



Download 4,7 Mb.
bet52/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145
Bog'liq
Топонимика

VILOYATNING QISQACHA TOPONIMIK LUg’ATI
Angren — viloyat tasarrufidagi shahar. Ohangaron «temirchilar» so’zining buzilgan shakli, Ko’plar buni ruscha talaffuz oqibati de-yishadi. Aslida quramalar shunday talaffuz qilganlar. Zomin tumanida xam Angren degan joy bor; q. Ohangaron
Appaq — q. o’rta Chirchiq tumani. Qozoqlarning alimuli qabila-sining bir urug’i appaq (oppoq) deb ataladi.
Arashon — Ohangaron daryosining irmog’i. Gidronim sanskritcha rasayana so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «obi hayot», «xudolar ozig’i» demak. Arashon shifobaxsh issiq suvli buloqlardir. Bu atama o’rta Osiyodan Uzoq Sharqqacha, Buryatiyadan Tibet tog’larigacha bo’lgan hududlarda arashan, arasan, arshan shakllarida ko’plab gidronimlar hosil qilgan.
Arg’inchi — (q. Yuqori Chirchiq tumani), o’zbek, qozoq va boshqa turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila. Arg’inchi — «arg’in qabilasi vakili», «arg’inlik»,
Aqcha — q., Ohangaron tumani. Shu yerda Aqcha nomli soy bor. Respublikada Aqcha, Oqcha degan joylar ko’p. To’g’risi oqcha. Oq so’zining rangdan tashqari «oqib turgan, qurib qolmaydigan» ma'nosi ham bor, Oqsoy bora-bora Oqcha, Aqcha bo’lib ketgan bo’lishi ham mumkin.
Ag’anay — q., Qibray tumani. Qirg’izlarning saruu qabilasining bir urug’i ag’anay deb atalgan.
Bamardak — Parkent tumanidagi qoya, Odamtosh ham deyiladi. Bomardak tojikchada Boboi mardak — «buva» degani. Qoya odam shaklida bo’lgani uchun shunday atalgan. Kofirlar bosib kelganda bir qariya toshga aylanib qolgan ekan. Bu — toponimiyada keng tarqalgan rivoyat.
Burgalik — q. o’rta Chirchiq tumani. Ko’chmanchi o’zbeklar tarki-bida burga degan urug’ bo’lgan. Saroy qabilasining bir urug’i burgali saroy deb atalgan.
Bo’ka - sh., Bo’ka tumani. Qadimgi turk tilida, hozirgi ba'zi bir turkiy xalqlar (qozoqlar, qirg’izlar) tilida bo’ka «pahlavon» degan ma'noni anglatadi. Bo’ka degan urug’ ham bo’lgan, masalan, qan-glilaming bo’ka-qangli urug’i qayd qilingan.
Bo’rjar - Toshkentdagi, Anhor kanalining davomi bo’lgan ariq. Chiyabo’ri ko’p bo’lganidan Bo’rijar deb atalgan degan faraz bor. Filologiya fanlari doktori FAbdullayev bo’r elementi bo'z so’zining o’zgargan shakli (Bo’zjar) deb ta'kidlagan edi. Chunki Bo’rjar Bo’zsuvning bir shaxobchasi. Ilgarilari qo’shin yurishga otianish ol-didan to’plangan joy bo Ijor deyilgan. Extimol, bu jarlik harbiy qo’shin to’planadigan manzil bo’lgandir Janubiy Qozog’istonda ham Bo’rjar degan joy bor.
Bo’ston - q., Bo’ka, Qibray, Parkent tumanlari. «O'zbekiston geografik nomlarining toponimik leksikasi» boiimining lug’at qismiga qarang.
Burchmulla - q., Bo’stonlik tumani. Tojik tilida Burji Mullo shak-Hda yozUadi. Burj - istehkom devorining muyulishidagi minora. Akademik A.R. Muxammadjonov fikricha, mo’la ham «minora» ma'nosini bildiradi.
Darxan ~ q., Toshkent, o’rta Chirchik, Quyi Chirchiq tumanlari. «O'zbekiston geografik nomlarining toponimik leksikasi’ boiimining
lug’at qismiga qarang.
Duret - q., Quyi Chirchiq tumani. Qozoqlaming qo’ng’irot qabilasi tarkibida duret urug’i bor.
Yovariq - q., Toshkent tumani. «Yobu qabilasi vakillari ochgan
ariq».
.!abg’ukent - o’rta asrlarda Toshkentdan ikki farsax yuqorida bo’lgan shahar. «Hudud al-olam»da,arab olimi Muqaddasiy asarida qayd qilingan. Jabg’u yoki yabg’u g’arbiy Turk xoqonligida qabila, urug' boshligi bo’lib, «hokim» demakdir. V.V.Bartold Jabg’ukent sobiq Niyozbek qaTasi o’rnida bo’igan deydi.
Jaloyir ~ q., Qibray tumani. «O'zbekiston geografik nomlarining toponimik leksikasi’ bo’limining lug’at qismiga qarang.
Jagalbayli - q., Bo;ka tumani. Shu kitobning «o’zbekiston ge-ografik nomlarining toponirnik Ieksikasi» bo’limining lug’at qismiga qarang.
Zarkent - q., Parkent tumani (Yangiqo’rg’on tumanida ham Zarkent qishlog’i bor). Arab geograflaridan Muqaddasiy (X asr) o’z asarida Shosh viloyatida tilga olingan Zarankent qishlog’ini V.V.Bartold hozirgi Zarkent bo’lishi mumkin, degan. Etimologiyasi nomaMum. Agar zar bo’lsa, «oltin», zer (zerin) bo’lsa, «quyi». «etak» degani. Zerinkat «pastdagi qishloq»t «tog’ etagidagi qishloq» ma'nosini angia-tadi.
Zomin - q., Bekobod tumani, Zominovul - q., Piskent tumani. Jizzax viloyatidagi Zomin tumanidan ko’chib kelgan yashaydigan qishloq.
Izzaovul - q.t O’rta Chirchiq tumani. Izza - zax joy. namlik sizib turgan yer.
Iskandarariq - Toshkentdan yuqoriroqda Chirchiqdan chiqaril-gan ariq. 1883-85 yillarda buyuk knyaz Nikolay Konstantinovich qazdir-gan va uning nomi bilan atalgan kanal. Xalq orasida chor knyazi Iskandarto’ra deb atalar edi.
Kavkazovul - q., Piskent. Ikkinchi jahon urushi vaqtida Kavkaz-dan ko’chirib keltirilgan xalqlar vakillari, aksari mesxcti turklari yashaydigan qishloqlar Kavkaz, Kavkazoral deb atalgan.
Kaykovus (Kalkovuz) - Toshkent shahridagi ariq. Shayboniy-Iardan Suyunchxo’jaxon hijriy 917-936, milodiy 1511-1530 yillarda Toshkentda chorbc^' barpo etib, uni Kaykovus chorbog’i deb atagan. Kaykovus qadimiy Eron Kayoniylar sulolasidan bo’lgan hukmdor. Ariq ana shu bog’ nomi bilan atalgan. Kaykovus jonli tilda Kalkovuz bo’lib ketgan.
Kaberli - q., Chinoz tumani. Hmiy geografik adabiyotda kavir
«sho'rxok» ma'nosida izohlanadi. Qozog’istonda va Qoraqalpog’istonda kabir deyiladi. Kaberli (keberli) «sho'rxoq yer» degani. Zomin tu-manida yerni sho’r bossa «kavar boylabdi» deyishadi; k. Yallama.
Keles (Kalas) - daryo, Sirdaryoning o’ng irmog’i (Qozog’iston Respublikasi Chimkent viloyati va o’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati). Arab geograflaridan Istaxriy, Ibn havqal asarlarida Qalos dashti, «Abdullanoma»da (XVI asr) Kalas suvi tilga olingan. V.V.Bartold Qalos dashti hozirgi Keles (Kalas) nomi bilan atalgan deydi. Qalos dashti «hudud ul-olam»da ham qayd qilingan. Demak, dastlab Qalos, keyin Qalas, so’ngra Kalas, qozoq tili ta'sirida Keles bo’lib ketgan. Qozoq toponimisti YcQo’ychiboev fikricha, kele «til», -s esa «suv» so’zining qiskargan varianti: Keles - «til suv», «uzun suv» degani.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish