Masafalari raajmuidan bahs etadi


Qo’riq - q., Chinoz tumani. Shu kitobning «O'zbekiston geog-rafik nomlarining toponimik leksikasd» bo’limining lug’at qismiga qarang. Qo’rg’oncha



Download 4,7 Mb.
bet60/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Qo’riq - q., Chinoz tumani. Shu kitobning «O'zbekiston geog-rafik nomlarining toponimik leksikasd» bo’limining lug’at qismiga qarang.
Qo’rg’oncha — q., Quyi Chirchiq tumani. Qo’rgon — atrofi mus-tahkam devor bilan to’silgan qishloq, shahar. Qo’rg’oncha shu aholi punkti yonida paydo bo’lgan kichik qishloq.
Qo’shtamg’ali - q., Oqqo’rgon tuniani. Qo’ng’irot, nayman, yuz, turkman qabilalarining bir tarmog’i qo’shtamg’ali deb atalgan.
g’azalkent - sh., Bo’stonliq tumani markazi. Ayrim olimlar arab geograflari asarlarida qayd qilingan Gazak shahri hozirgi g’azalkent bo’lsa kerak, degan fikr bildirishadi. Professor H. Hasanov g’azalkent toponimi %'izol «ohu» so’zidan tarkib topgan degan.
QORAQALPOg’ISTON RESPUBLIKASI TOPONIMLARI
Qoraqalpog’iston Respublikasi maydoni 166,6 ming kv.km. Aholisi 1 mln 530,2 ming kishi. Poytaxti - Nukus shahri.
Qoraqalpog’iston Respublikasi o’zbekiston Respublikasi tarkibi-dagi suveren davlat. o’zbekistonning shimoli-g’arbida, Amudaryo-ning quyi qismida, Orol dengizining janubiy sohilida joylashgan. Res-publika tarkibida 15 tuman (Amtidaryo, Beruniy, Bo’zatov, Kegayli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To'rtko'1, Xo’jayli, Chimboy, Shu-manay, EllikqaPa, Qonliko'1, Qorao’zak, Qo’ng’irot), 12 shahar, 16 shaharcha bor.
Qoraqalpog’iston hududi geografik jihatdan Qizilqumning shimo-li-g’arbiy qismi, Ustyurt platosining janubi-sharqiy qismi va Amudaryo deltasidan iborat. Orol dengizining janubiy qismi ham Qoraqalpog’iston hududida. Ayrim tog’li joylari ham bor. Ulardan eng kattasi Sulton Uvays tog’ tizmasidir. Amudaryo deltasida ko’pdan ko'p daryo tar-moqlari, kichik-kichik ko’llar, botqoqliklar, changalzorlar, qamish-zorlar bor. Deltaning o’ng sohil qismida asosiy sug’oriladigan yerlar, sug’orish kanallari joylashgan.
Yagona daryosi — Amudaryo (quyi oqimi). Daryoning keng del-tasida to’qayzorlar ko’p. Sulton Uvays tog’lari etagida Badayto’qay qo’riqxonasi joylashgan.
Toponimlar xalq tili va tarixi mahsulidir. Qoraqalpoq xalqining etnogenezi Sirdaryo va Orol bo’ylarining delta va cho'l hududlarida yashagan qabilalar bilan bog’liq. Qoraqalpoqlarning aksari qismi XVII r.srdan XVIII asr o’rtalarigacha Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida yashagan va XVIII asrning ikkinchi yarmida Sirdaryo deltasiga ko’chib o’tgan. 1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligiga tobe bo’lib, Amudaryo deltasiga ko’chirilgan. Shu sabab Qoraqalpog’istonning qoraqalpoqcha nomlarini ancha yosh toponimlar deyish mumkin.
Oykonimlar har qanday o’lkaning axborotlarga boy, davlat si-yosati-yu hukmron mafkurasi bilan hamohang toponimlardir.
Respublikada 1200 chamasi oykonim — shahar, ovul, qishloqlar bor.
Toponim ham so(z, atoqli ot, atoqli ot bo’Iganda ham barcha turdagi atoqli otlar orasida grammatik jihatdan eng takomillashgan turidir. Tipik toponimlar ko’pincha ikki tarkibiy qismdan (kompo-nentdan) iborat bo’ladi. Lingvistik vositalarning tejalishi qonuniga
ko’ra ko’pgina joylarda dastlab toponim tarkibida bo’lgan komponenl-larning o’zak qismidan boshqalari tushib qoladi.
Leksik jihatdan Qoraqalpog’iston toponimlarining 1/5 qismi el-notoponimlardan iborat. Qoraqalpog’istonning asosiy aholisi qoraqal-poqlar bo’lsa ham, o’zbeklar bilan qozoqlar son jihatidan qoraqal-poqlardan salgina kamroq. Turkmanlar ham bu erda ko’p sonli.
Jaloyir, qo’ng’irot, kerayit, kenagas, qiyot, mang’it, qipchoq, qatog’on, nayman kabi urug’, qabilalar bilan bir qatorda oykonim-lar tarkibida qoraqalpoq urug’ nomlaridan tashqari o’zbek, qozoq ya turkmanlarning urug’-aymoq nomlari oykonimlar shaklida Respublika xaritasidan katta o’rin olgan. Bu esa shu xalqlar vakillarning mamhk:^ hududida yonma-yon yashaganliklarini ko’rsatadi.
Qoraqalpoq urug’lari nomlari bilan atalgan etnooykonimlardan misollar keltiramiz. Anna — qtay qabilasidan (Anna, Chimboy tuma-ni, Annaovul, Taxtako’pir, Chimboy tumanlari), aralbay — qtay qabilasidan (Aralboy, Orolboy: Chimboy tumanida 7 ovul, Kegayli tumanida 4 ovul), aranshi — keneges qabilasidan (Aranshi, Kegayli tumani), arshan — mang’it qabilasidan (Arshan, Chimboy, Kegayli tumanlari), bo’zaq - keneges qabilasidan (Bo’zaq, Kegayli tumani). do’bal - keneges qabilasidan (Do’bal, Bo’zatov tumani), yzsibi — mang’it qabilasidan (Yesibi, Kegayli tumani), yeshkili «echkili» (jaung’ir, qipshaq) qabilalaridan (Yeshkili, Kegayli tumani), jag’altay ~ qip-shaq qabilasidan (Jag’altayovuljChimboy tumani), jaman (Jaman, Jamansha, Jamanshaq, Kegayli tumani, Jamansha, Chimboy, Nukus tumanlari), jarimbet — jaung’ir qabilasidan (Jarimbetovul, Chimboy tumani), irg’aqli (Irg’aqli, Qorao’zak tumani), kepe - qtay qabila-sidan (Kepe, Kegayli, Qorao’zak, Chimboy tumanlari, Kepeovul, Taxtako’pir tumani), qo’yin — qandekli, qipshaq, qtay qabilalaridan (Quyin, Chimboy tumani), moylibolta — qipchoq qabilasidan (Moyli-bolta, Kegayli, Chimboy, Qorao’zak tumanlari), mamiqshi — mang’it qabilasidan (Mamiqshi, Kegayli, Nukus tumanlari), manjuli - qtay qabilasidan (Manjuli, Kegayli, Chimboy tumanlari), muyten (Muy-tenovul, Qonliko'1 tumani), no’kis — keneges qabilasidan (No’kisovul, Amudaryo, Chimboy tumaniari, No’kisqala, Amudaryo tumani), saltir — qipshaq qabilasidan (Saltir, Kegayli tumani, Saltirovul, Qonliko'1 tumani), umbet (ay) - qtay qabilasidan (Urabet, Qorao’zak tumani), sherushi — qtay qabilasidan (Sherushi, Kegayli, Chimboy tumanlari, Sherushiovul, Chimboy tumani).
Bu misollar qoraqalpoq urug’larining geografiyasi haqida ham tasawur beradi, deb o’ylaymiz.
Qoraqalpog’iston etnotoponimlari orasida ayuchi, oqmang’it, ytsh-teke, irg’aqli, qishiiq, sag’ir, tuyoqli kabi kichik o’zbek urug’lari nomlari ham uchraydi.
Qozoq urug’laridan aday - (Adayovul - Shumanay, Qonliko'1 tumanlari, Adayko’I - Nukus tumani), aytimbet - (Aytimbetovul -Qorao’zak tumani), qorabotir — (Qorabotir- Taxtako’pir tumani), quan, mamit (Mamito’va - Qo’ng’irot tumani), o’tegen — (o’tegen -Kegayli tumani, o’tegenovul, o’tegenqo’rjin ~ Qorao’zak tumani), sarman - (Sarmanovul - Chimboy tumani), toimo’yin - (To’nmo’yin -Kegayli, Chimboy tumanlari), shege - (Shege - Mo’ynoq tumani) kabi etnonimlarni, turkman urug’laridan esa ayritam — (Ayritam — Qo’ng’irot tumani), ata - (Atako’l - Taxtako’pir tumani, Alao’ba -To'rtko'1 tumani), garga — (Garga ~ Chimboy tumani), do’nguzh — (Do’nguzovul - Xo’jayli tumani) kabi etnonimlarni aytib o’tish mumkin.
Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlarning qon-qardoshligini shundan bilsa ham bo’ladiki, o’zbek, qozoq, qirg’izlarning tarkibida uchray-digan bir qancha urug’-qabilalar ular uchun mushtarakdir. Masalan, achamayli urug’i o’zbeklarning kenagas, saroy, yuz, qo’ng’irot qa-bilalari tarkibida, ashamayli shaklida esa qozoqlarda, jumladan, kirey qabilasi, qoraqalpoqlarning qo’ngrat qabilasi tarkibida qayd qilingan. Jaloyir (jalayir) qabilasi esa ko’chmanchi o’zbeklar tarkibida, yuz qabilasi, so’ngra quramalar tarkibida, qozoqlar tarkibida va qirg’izlarning so’lto’ qabilasi tarkibida uchraydi.
Qo’ng’irot, Qonliko’I, Kegayli tumanlarida Ashamayli, Qonliko'1 tumanida Ashamayliovul oykonimlari bor.
o’zbek, qozoq, qoraqalpoq, qirg’izlar tarkibida uchraydigan qang’li qabilasi nomi Qoraqalpog’iston xaritasida Qangli (Kegayli, Chimboy, Qo’ng’irot tumanlari), Qangliovul, Qanglijapovul shakllarida (Chim-boy tumani) oykonimlar hosil qilgan.
o’zbek, qoTaqalpoq, turkmanlarning kenagas (kenegez, keneges) qabilasi Kegayli va Xo’jayli tumanlarida Keneges oykonimi shaklida, kerayit (kereyit) qabilasi esa Nukus tumanida Kereyit ovuli nomida o’z aksini topgan.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish