"' ' ■!i:.-t';-i"'.'i^’ '"^w'r ;■’■■'^yv-' " ■-:; ■? ;'.!"'?-i;ly!-.-"l1:"v\- ‘i'vtf’:'ov
■'-■' '■■■■l-^''' !" , ■:■• "'"■■;-■' ■:, .- ■; J^lt^1 :■;.,, j^?■:b:'. ^^x-' ;f
-
Atoqli otlaming eng takomillashgan turi bo’lgan toponimlar gram-matik jihatdan bir va undan ortiq tarkibiy qismlardan (komponent-lardan) iborat bo’ladi.
Bu tarkibiy qismlar mustaqil so’zIar yoki toponimik formantlar (qo’shimchalar)dir. Geografik obyektlarga nom qo’yish uchun aholi tomonidan foydalanadigan barcha so’zlar majmuyi toponimik leksika
deyiladi.
Toponimlarni hosil qilgan ana shu so’zlar toponegizlar deb ataladi. Toponimlarni toponegizlarga qarab o’rganish ishini Yevropa mamlakatlari olimlari (F. Bazlay, V. Shmilaer va b.), sobiq SSSR hududida esa rus toponimistlari (N.V. Podolskaya, A.V. Superan-skaya) boshlab berganlar. Turkiy toponimlarni toponegizlariga qarab o’rganish usulini Tog’li Oltoy toponimlari bo’yicha O.T. Molchano-va, boshqird oykonimlari bo’yicha F.G. Xisamutdinova asarlarida ko’rish mumkin.
o’zbekiston toponimlari tarkibida uchraydigan leksik birliklarning aksari qismi turdosh otlar, ya'ni apellyativlar - geografik va boshqa atamalar, hunar-kasb leksemalari, o’simlik va hayvon, urug’-aymoq nomlaridir.
Quyida respublikamizning geografik nomlari tarkibida keladigan bir qancha geografik, ijtimoiy-iqtisodiy atamalar, etnonimlar va boshqa so’zlar lug’ati keltirilgan. Bu so’zlar ko’plab toponimlar semantikas-ini (ma'nosini) bilib olishga yordamlashadi.
Abdal - ko’chmanchi o’zbeklar tarkibidagi qabilalardan. o’zbeklarning loqay qabilasining bir urug’i ham abdal Turkmanlarda abdal qabilasi bor; shuningdek, chovdur, ersari, ota, sariq qabila-lari, qozoqlarning boyuli, qirg’izlarning adigine qabilalari tarkibida ham abdal urug’i qayd qilingan.
Abdal qabilasi Hindiston, xususan, o’rla Osiyo xalqlari etnoge-nezida muhim rol o’ynagan Xalq - eftalit, ya'ni haytal (abdel)laming avlodlaridir. Tarixchi Bal'ami (X asr) fikricha, haytai so’zi buxoro-
liklar tilida "pahlavon", "jasur odam" demakdir. Keyingi asrlarda abdal deganda "gadoy, darvesh" tushunilgan.
Abiz — qo’ng’irot va uz qabilalarining bir urug’i (abiz-aviz). Qozoqlarning jetiruv, qoraqalpoqlarning ashamayli qabilalari -ning bir urug’i ham abiz (uyshun qabilasi urug’i esa abis) deb atalgan.
g’allaorol, Jarqo’rg’on tumanlarida Abuz (Abiz) qishioqlari bor.
Adirlar — o’rta Osiyo tog’larining etaklaridagi cho'1 va chala cho'1 qirlar. Adirlar past-baland bo’ladi. Adir "ajralgan", "bo’linib-boMinib ketgan" ma'nosidagi "ayir" so’zidan kelib chiqqan degan fikr bor. Jizzax viloyati Zomin tumanida, Qashqadaryo viloyati g’uzor tuma-nida Bo’Iakadir, Zomin tumanida Changnatir ("Changli adir"), Qirg’iziston Respublikasida Maydaadir, Oqadir, Cho’ladir, Tojikis-tonda Oqboshadir degan toponimlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |