Boltali, boltachi, bolta - umumturkiy etnonim. Qozoq, ozarbay-jon, qoraqalpoq, tatar, o’zbeklarda qayd qilingan. Tamg’asi shaklan boltaga o’xshagani uchun shunday atalgan. Beshariq, Pastdarg’om, Sariosiyo tumanlarida Boltali oykonimlari qayd qilingan.
Bolqon — tog’, o’rmon bilan qoplangan tik tog’lar. Bolgariyadagi Bolqon, Turkmanistondagi Balxan, Buxoro, Samarqand viloyatla-ridagi Bolqon oronimlari shu so’zdan yasalgan.
Botg’aii — umumturkiy etnonim, o’zbeklarning jaloyir, kenagas, qurama, qo’ngMrot qabilalari tarkibida qayd qilingan. Narpay, Yakkabog’, Oqqo’rg’on tumanlarida Bolg’ali oykonimlari qayd qilin-
gan.
Botin — ich, qalb; yashirin-botin, ichki ko’z, aziz-avliyolarda bo’ladigan yashirin ko’z. Toponimiyada ko’milib ketgan, ishlatilmay qolgan ariq, quduq ma'nosida saqlangan. Koson tumanida Botinariq arig’i bor.
BogHston — bog’lar o’lkasi, bog’i-bo’ston. BogMston degan topo-nimni akademik V.V. Bartold «Xudo vatani» deb tarjima qilgan (islom dinidan oldin bog’ (fog’) so’zi eroniy tillarda «xudo» ma'nosini ham anglatgan). BogMston qishlog’ini prof. H. Hasanov «bug’uii yer» deb izohlagan. Farg’ona vodiysida bog’ostan, bug’uston degan qirg’iz urug’i bo’lgan.
Buloq — «chashma», «jilg’a», «ariq» ma'nolarida Sibirdan Mo’g’uliston orqali Qozog’iston, Qirg’izston, o’zbekistongacha, g’arbda Kavkazgacha, shimolda Tatariston va Boshqirdiston Avtonom Respublikalarigacha, sharqda XXR Shinjan avtonom rayonigacha, janub-da Eron va Afg’onistongacha toponimiar tarkibida takror-takror uchray-
digan geografik atama. Turkolog E.V, Sevortyan buloq so’zi «oqmoq», «aralashtirmoq» ma'nosidagi bula feMidan kelib chiqqan degan fikrni bildirgan.
Burlaq - ko’chmanchi o’zbeklar tarkibida qayd qilingan urug’. Qo’shko’pir, Shovot, Jomboy tumanlarida Burlaq, Otaniyozburlaq, Navro’zburlaq, Xudoyqulburlaq degan qishloqlar bor.
Burqut - turklashgan mo’g’ul urug’laridan biri. Burqutlarning bir qismi XIII—XVI asrlarda Movarounnahrga kelib o’rnashgan, Asosan Zarafshon vohasida (hozirgi Payariq, Narpay, Navoiy, g’ijduvon tumanlarida), qisman Mirzacho’Ida (Jizzax sh. atroflarida) joylashgan. Xatirchi tumanida Burqutsoy degan soy, Navoiy, Paxtachi, Vob-kent, Payariq, Xatirchi, Kattaqo’rg’on tumanlarida Burqut degan qishloqlar bor. Turkmanlarning arsari (ersari) qabilasi tarkibida bur-gut umg’i qayd qilingan. Qozoqlar tarkibida burqut, qirg’izlarning sayaq qabilasi tarkibida burkutcha, saribag’ish qabilasi tarkibida esa burquchi urug’i bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |