Baqirchi — mang’it qabilasining bir urug’i. Baqir — qadimiy turkiy tilda misni anglatadi. «CheIak» va «mayda chaqa’ ma'nosidagi paqir so’zi ham shundan kelib chiqqan (ilgari chelak va mayda chaqalar misdan yasalgan). Hunar-kasb nomi etnonimga aylangan. Qarshi, Qamashi, Nishon, Dehqonobod tumanlarida Baqirchi toponimlari qayd qilingan.
Bag’anali - o’zbeklarning yuz qabilasining urug’laridan biri. Qo-zoqlarning arg’in va nayman qabilalari, qoraqalpoqlarning qipshaq qabilasi tarkibida ham bag’anali urug’i bo’lgan, Shuningdek, turkman-larning ersari qabilasida bagana urug’i qayd qilingan. Bag’ana «qorako'l teri», «yosh qo’zi terisi» demakdir.
Narpay, Pastdarg’om tumanlarida Bag’anali (Bog’onali) degan qishloqlar uchraydi.
Bag’ish - qirg’iz urug’laridan biri. Farg’ona vodiysida urug’ning bag’ish, boybag’ish, saribag’ish, cho’ngbag’ish tarmoqlari nomi bi-lan atalgan toponimlari uchraydi. Tarixchi V.F. Nalivkin nayman,
qurama urug’lari qatorida bag’ishni ham o’zbek urug’lari qatoriga kiritgan. Andijon viloyatida Bag’ish, Boybag’ish qishloqlari qayd qil-
ingan.
Bahrin (baarin) ~ turklashgan mo’g’ul qabilalaridan. Mo’g’ullar hukmronligi davridaDashtiqipchoqqao’rnashgan. XVII-XIX asrlarda katta bir qismi Toshkent vohasiga, Farg’ona vodiysiga, bir qisrrli Zarafshon vohasiga, Qashqadaryoning o’rta oqimiga o’mashgan. Asa-ka, Ishtixon, Qamashi, Uchko’prik tumanlarida Bahrin, Qorako'1 tumanida Bahrinbayot qishloqlari bor. Bahrin - ov qushi, lochinning bir turi. Bu parranda urug’ning totemi, ya'ni muqaddas jonivori bo’lgan bo’lishi mumkin.
Bahrin qabilasi mo’g’ullarning afsonaviy ajdodi Bo’do’ncharning katta o’g’li Baaridaydan tarqalgan va iming nomi bilan atalgan, degan
fikr ham bor.
Bevatan - Xiva xonligida yer-suvdan mahrum eng qashshoq deh-qon, uy-joysiz, oilasiz kishi. Ijtimoiy ma'noda davlat (podsholik) yerlarini ijaraga olib ishlagan nisbkor. Bevatanlik otadan bolaga meros
qolgan.
Yangiariq, Qo’shko’pir tumanlaridagi Bevatan qishloqlari shu
atama in'ikosidir.
Bekat — temiryo'1 stansiyasi, pochta stansiyasi (fransuzcha piket — «harbiy post», «qorovul»). Fransuzcha piquet ruschaga beket shaklida o’tgan. Beketov degan familiya shundan kelib chiqqan. Chor Ros-siyasi davrida o’rta Osiyoda o’rmonlarni qo’riqlash harbiylar qo’lida bo’lgan va o’rmon qorovulining uyi bekat deyilgan. Temiryo'1 stan-siyasi ham rus harbiylari tomonidan qo’riqlangani uchun bekat deb atala boshlagan. Jizzax viloyati Forish tumanida, Samarqand viloyati Samarqand tumanida, Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida Bekat, Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida Chuqurbekat degan topo-
nimlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |