Yozyovon - bu atamaning har ikki elementi, ya'ni yoz ham, yovon ham «cho'l», «dala», «tekislik» degan ma'noni bildiradi. Mazkur atama yaxlit holda Markaziy Farg’onadagi Yozyovon toponimini hosil qilgan. Bu nomning kelib chiqishi haqida ilgarilari bu yerga Isfayram-soydan kelgan suv yetishmas ekan, xalq quduqlardan suv ichgan yoki marg’ilonliklar Yozyovonga qovun-tamtzlar ekib, kapa tikib dalaga ko’chib chiqishar ekan, degan turli izohlar bor. Yozyovon, ya'ni «Yozlik ayvon» ana shundan qoigan deyishadi. Yozyovon — «Yozi yomon (ya'ni issiq)’ degan izoh to’g’ri emas; q. Yobon va Yozi.
Yozi - dasht, tekislik, dala; qadimgi turkiy tilda ham shu ma'noni anglatadi. Oltoy tilida azi, xakas tilida chazi shaklida talaffuz qilinadi. «Yoyilmoq», «yastanib yotmoq», «cho’zilib yotmoq’ ma'nosidagi yoz (yoy) fe'lidan kelib chiqqan bo’lishi kerak. o’zbekistonda Yoz-yovon, Ozarbayjonda Qorayoz tekisligi, Agujayozi, Gilyozi, Oltoyda Sur-yazi toponimlari shu so’zdan yasalgan. Yoz shakli ham bor (bir ma'nosi «yaylov).
Bu so’zning jaziq, ya'ni «yoyiq», «yastangan», «keng yoyilgan’ shakli qayd qilingan. Qozog’istonda Oqjaziq «Oq sayxonlik’ degan toponim bor. Rossiya hududidagi Ural daryosining turkiy nomi — Yoyiq «keng yoytiib oqadigan (daryo)» demakdir. Qadimgi yunon geograflari asarlarida uchraydigan Daiks (Yoyiq) daryosi nomini akademik V.V. Bartold «yozma yodgorliklarda qayd qilingan birinchi turkiy so'z» degan edi. «Taypoq», «chuqur emas» ma'nosidagi yassi iifati ham o’sha yozi so’zidan kelib chiqqan degan fikr bor.
Yoyiima — daryo-soylar, sel snvlari tog’-adirlardan tekislikka oqib chiqqan joylarda oqiziq jinslar cho’kib hosil bo'lgan qabariq qiya tekislik, oqar suvlar yoyilib oqadigan yer. Uchko’prik, Rishton, Farg’ona, Bekobod, Parkent, Jizzax tumanlarida Yoyilma qishloqlari bor. Yana q. Jayilma.
Yom - bekat, pochta stansiyasi. Klassik mo’g’ul yozma tilida, shuningdek, hozirgi mo’g’ui tili shevalarida yom so’zi jam, zam, yam shakllarida uchraydi va «yo'l’ degan ma'noni angtatadi. Mo’g’ullar imperiyasi davrida esa «pochta stansiyasi», «bekat» degan ma'noni bildirgan. Yom so’zi yoqut, rus, turk, mo’g’ul, xitoy, anamit, tibet
kabi ko’plab xalqlarning tillarida turli fonetik shakllarda uchraydi b hamma xalqlaTda deyarli bir ma'noda keladi.
Yom so’zi mo’g’ullarda XIII asrga kelib paydo bo’lgan va turki-. tillarga o’tib, mo’g’ullar hukmronligi davrida o’rta Osiyoda keng tar qalgan va usmoniy turklarga yetib borgan. L.Z. Budagovning «Turkcha tatarcha shevalafning qiyosiy lug’ati»da shunday izohlanadi: «Yom chopar minadigan ot», yomchi - chopar (ruschasi yamshik sovi shundan kelib chiqqan). V.V. Radlov «Turkiy shevalar lug’ati tajri-basi»: «Yom: 1) (uyg’urcha, pochta stansiyasi; 2) (usmoniy turkcha. chig’atoycha) «pochta otlari». Elchi va chopaming bir bekatdan ik-kinchi bekatga alrnashtirib, minib ketadigan otlari saqlanadigan joy yomxona deyilgan. Ruslarga yam atamasi turkiy tillardan Oltin o’rda
orqali o’tgan».
Yomlar chingiziylar davrida qurila boshlagan. Yom qurishga Chin-gizxonning kichik o’g’li Ugedey ayniqsa katta ahamiyat bergan. Masa-lan, Qoraqo’rum shahridan Xitoyga boradigan yo’lda har 5 farsaxda (taxminan 30 chaqirimda) bittadan hammasi bo’lib 37 yom qurilgan, har bekatda 100 kishi xizmat qilgan. Har kuni shu yo’ldan 500 arava oziq-ovqat keltirilib omborlarga to’kilar edi.
Mo’g’ulIar o’zlari bosib olgan boshqa hududlarda ham ko’pdan ko’p yomlar qurganlar. o’rta Osiyoda mo’g’ullardan keyin ham yom-lar bo’lgan. Masalan, Bobur Hindistonning Agra shahridan Afg’onistondagi Kobul shahrigacha har 18 kuruh joyda (bir kuruh 2 chaqirimga yaqin) bir yom qurdirgan. Bu so’zdan tarkib topgan toponimlar yozma tarixiy yodgorliklarda qayd qilingan. Samarqand atrofida bir necha yom bo’lgan. Chunonchi, Siyob arig’i yaqinidagi hozirgi Cho’michli qishlog’i XVII asrda Yom deb atalgan. «Bobumoma»da ham Samarqand atrofida Yom degan joy tilga olingan. Zomin tumanidagi Yom qishlog’i ham qadimiy aholi punktidir. Eron-da ham «Yom» degan joy bor.
Yomdan tashqari Jom degan joylar ham bor. Bunga misol sifatida Kattaqo’rg’on shahri yaqinidagi, Samarqand bilan Shahrisabz orasidagi Jom qishloqlarini, Samarqand viloyatidagi Jom cho’lini aytib o’tish mumkin. Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»da, Muhammad Solih «Shayboninoma»da bu so’zning har ikkala variantini ham ishlatisb-ganlar.
Buyuk fors-tojik shoiri Abdurrahmon Jomiy dunyoga kelgan Jom shahri nomi ham o’sha yom ma'nosini anglatadi.
Forish, Shahrisabz tumanlari, Buxoro shahri yaqinidagi, Eron-dagi Yomchi toponimlari yom otlarida «choparlik qiluvchi» yoki «yom xizmatchisi» demakdir.
Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismi oblastlarida yam so’zidan tarkib topgan bir necha toponim uchraydi.
Bularning hammasi yom atamasi arealining naqadar keng ekan-ligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |