Kutvol (katovul) - Buxoro va Xiva xoniiklaridagi lavozim (q. Katovul).
KoM - quruqlikdagi chuqurliklarni to’ldirib turgan suv fiavzasi. Qorako'1, Sho'rko'1, Ko'kko'1 kabi ko’plab gidronimlar hosil qiladi. Ba'zan suvsiz katta chuqurlik ham ko'1 deyiladi. Masalan, Zomin tumanida tog’lar orasida KoM (Ko’Isoy) degan katta chuqur soylik bor. Ehtimol bu yerda bir vaqtlar koi bo’lgan.
Ko’rpa - joy nomlari shaklida uchraydigan qadimiy atama va et-nonim, bu so’zning «qavilgan yopinchiq» ma'nosidagi forscha-tojik-cha so’zga aloqasi yo’q. Qadimiy turkiy tilda ko’rpa so’zi bir necha ma'noni anglatgan. Tarixiy yodgorliklarda ko’rpa so’zining «barra o’t», «yosh bola», «qo'zichoq», «uloqcha», «buzoqcha», «kepak» ma'nolari qayd qilingan. Lekin bu so’zning ko’pgina ma'nolari unutilgan, shun-gaqaramasdan ba'zi joylardabarrabedani «bedako'rpabo'lib qolipti» deyishadi.
Ko’rpa, Ko’rpasoy, Ko’rpaqishloq, Ko’rpacha, Yangiko’rpa kabi toponimlar ko’rpa degan urug’ nomidan olingan. Urug’larning hay-von nomlari bilan ham atalganini hisobga olsak, ko’rpa etnonimi «qo'zichoq» degan ma'noni bildiradi. Chunonchi, mashhur tilshunos Abu Xayyon al-Andalusiy (XIII asr) asarlarida ko’rpa so’zi ana shun-day izohlangan.
Qirg’iz tilida qo^zichoqning jingalak terisi (mo’ynasi) ko’rpo’ &zy\-ladi.
Ko’tal - «dovon», «tog’ yo'li». Shuningdek, o’zbekiston, To-jikiston, Turkmaniston, Afg’oniston, Eron va Ozarbayjonda koHal, ko’tel, xutel shakllarida joy nomlari tarkibida uchraydigan geografik atama. Ko’tal so’zi ham dovon atamasi kabi mo’g’ulcha degan fikr bor. KoHal pastroq dovonni bildiradi.
Ko’h - tog’, tog’ cho’qqisi. Jonli tilda va toponimlar tarkibida ku, kuy, koy, Badaxshonda xu/shakllarida uchraydi. Osiyoning janubiy tog’ o’lkalarida ko’plab toponimlar hosil qilgan. Farg’ona vodiysi bilan Janubiy Tojikiston orasidagi ulkan tog’li maydon Ko’histon («tog’lar o'lkasibb) deb atatgan. Ko’h atamasining kichraytirilgan shakli - ko’hak «qiib, («kichik tog’», «tepalik») ko’plab toponimlar tarkibida uchraydi. Masalan, Samarqand shahri yaqinidagi mashhur Cho’ponota tepaligi Ko’hak deb atalgan; shuning uchun ham Zarafshonning bir nomi Obi Koiiak edi. Bo’stonliq tumanida ham Ko’hak degan joy bo’lgan.
Lab (forscha-tojikcha) — dudoq, irin (turkiy). Toponimiyada «qirg’oq», «yoqa», «chet» ma'nosida keladi. Zarafshon vodiysida La-biob («suv labi»), Labijo’y («ariq labi»), Labirut («daryo labi») kabi toponimlar uchraydi (Buxoro shahridagi Labihovuzni eslang).
Lalmi - sug^orilmaydigan, yog’in-sochindan suv ichadigan, bahori; lalmikor, bahorikor — yog’in suvidan foydalanib dehqonchi-lik qilinadigan, yog’in suvi bilan unadigan, sug’orilmaydigan. Lal-mikor, Lalmipoya kabi toponimlar oz emas.
Langar — joy nomlari tarkibida uchraydigan ko'p ma'noli atama: 1) kema langari; 2) langar cho’p (darboz tayog’i); 3) soat kafgiri; 4) ibodatxona; 5) mashhur kishilarning qabri, mozor; 6) karvon-saroy; 7) bekat; 8) kambag’al, yetim-esirlarga ovqat ulashiladigan joy, g’aribxona. Langar so’zi «Boburnoma»da qabr, ibodatxona ma'nosida uchraydi. Langar degan o’zbek urug’i ham bor.
Laqay (loqay) — o’zbek qabilalardan biri. Laqaylar hozirgi To-jikistonning janubiy tumanlarida, o’zbekistonning Surxondaryo vilo-yatida, shuningdek, Shimoliy Afg’onistonda yashashgan. Ko’plab tar-moqlarga boiingan. Etnograf B. Karmisheva laqaylarning 155 urug’-shoxlarini yozib olgan. Toponimlar shaklida uchraydigan urug’-tar-moqlardan esonxo’ja, bodroqli, baijuvon, suyunduk, kuyunduk, burunduk, norin, bayram, to’rtovut, o’tarchi, tuyachi, mirzflgul, olimish, mafish, qcamish, qizilboy, shekey, devet, chegana, choi, gurguru kabilarni aytib o’tish mumkin.
Qabila nomi Chingizxonning lashkarboshisi Loqay ismidan olin-gan degan rivoyat bor.
Loy — yumshoq va yopishqoq hoi tuproq, botqoq. o’rta Osiyoda loysuv yoki loyob — ko’plab qum va mayda jinslarni oqizib keladigan
muzlik va toshqin suvlari. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida Loyliq, Qashqadaryo viloyati Qamashi, Jizzax viloyati Baxmal, Jizzax tumanlarida, Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida Loyqa («botqoq-Hk») toponimlari uchraydi. Samarqand shahri yaqinida loy uchun tuproq olinadigan Loyiston koni bor.
■ Mavze (arabcha «dala») - muayyan joy, o’rin. Tarixiy asarlarda shaharlardan uzoqdagi kichikroq maydon, jang qilish uchun qulay joy mavze ma'nosida keladi. Toshkentda shahar atrofidagi dala-bog’lar mavze deyilgan.
Mazang — baqqolchilik, shuningdek, dehqonchilik bilan shug’ullanadigan Io’li. g’ijduvon tumanida Mazangko’cha, Uchko’prik tumanida Mazanglik qishloqlari qayd qilingan.
Maydon (arabcha) - sayxonlik, ochlq yer. Atama ayniqsa Kavkaz va o’rta Osiyoda «dala», «yalanghk», «bozorjoy9, «tekislik» kabi ma'nolarda tushuniladi. Turkiy tillar orqali rus tiliga «guzaib, «shahar maydoni» ma'nolarida kirib borgan. Maydon so’zi Ukraina, Beloru-siya, Ruminlya, Polsha, Bolgariya, Yugoslaviya kabi mamlakatlarda ham orfografik va semantik tovlanishlar bilan qo’llaniladi. U barcha mamlakatlarda ko’pIab toponiralar hosil qilgan (Maydon, Maydon-soy, Maydontol).
Mang’it — qabila. Mang’itlar Zarufshon vohasi, Qarshi atroflari, Xorazm vohasida, Jizzax atroflarida yashagan va oq mang% qora martg% och mang’it, chala mang’it, boyg’undi manrit, temirxo’ja, isoboy, gpulak, ko’sa, toz, qorabayirt baqirchi, kula tamg’ali, mang’it qoz&q, o’n ikki, cho’qay, galabotir, beshkat, chobakchak, uz, uvolay kabi urugiarga bo’Iingan.
Xatirchi, Jondor, Ishtixon, Xo’jaobod, Jomboy, BuIungHir, Qa-mashi, Qarshi, Chiroqchi, Xiva tumanlanda Mang’itT Buxoro, g’ijduvon, Kattaqo’rg’on, Peshku, Xatirchi tumanfarida Mang’rton, Urgut tumanida MangMtobod toponimlari qayd qilingan.
Marza — ekin dalalari. Pollar orasida tevarak-atrofdan batandroq uzunasiga ketgan ehegai^a, uvat. Arabcha marz (yoki mazraa) «yer», «hudud», «dala’. O^zbeksiton, Tojikiston, Eron, Ozarbayjonda ko’plab toponlmlar, rnikrotoponimlar hosil qilgan.
Marqa — yuz qabilasining bir tarmog’i marqayuz ham deyiladi. Marqa «kattar utkan» degan so^z. Marqa qo’zi - ertaroq, mart oyidan
oldin tug’ilgan qo’zi, egiz qo’zilarning oldin tug’ilgani (qirg’iz tilida buning aksi, marqa — «kenja qo'zi», marqa qo’zi «qo'zichoq»). Et-nograf M.F. Gavrilovning materiallariga ko’ra, marqa (marqa yuz) yuz qabilasining eng katta tarmog’i, urug’ boshining katta xotini — boybichadan tarqalgan. Rus geografi G.Y. Grumm-Grjimaylo, qozoq olimi M. Tinishpayevlar qozoqlarda ham marqa urug’i borligini qayd etgan.
Turkman urug’ nomlari orasida marxa degan etnonim qayd qilin-gan (ma'nosi «soddadil»). Andijon viloyati Asaka tumanida Marqayuz degan qishloq bor.
Marg’zor - o’tloq, maysazor. Norin, Pop tumanlaridagi Morgu-zar qishloqlarining asli nomi Marg’zor bo’lsa kerak.
.
Masjid, machit - ibodatxona. Bundan tashqari qadimda uning machit shakli bir necha ma'noga ega bo’lgan: 1) bir-biridan uzoqroq joylashgan bir necha tarqoq xonadonlarni birlashtirib turgan muas-sasa. Bunda machit xonadonlar qaysi manbadan suv ichsa, o’sha suv nomi bilan atalgan; chunonchi, Xorazmda ana shunday bo’lgan; 2) katta qishloqlarning bir qismi, ba'zan shaharlarning mahalla yoki guzari ham machit nomi bilan atalgan; 4) qishloq bilan machit bir ma'noda ishlatilgan, ya'ni ikkalasi bir nom bilan yuritilgan.
Mashat - kamsuv buloq; q. Bashat
Mahalla (arabcha hal — "joylashmoq, o’rin olmoq", ma - "o’rin", "joy" ma'nosidagi old qo’shimchasi) - shaharning yoki katta qishloq-ning bir qismi, ba'zi bir tillarda - shahar chekkasi, shahar atrofi; ko’plik shakli mahallot tarixiy manbalarda, masalan, «Boburnoma»da «shahar atrofi» ma'nosida keladi. E.M. Murzayev bu so'z Tyanshan tog’lari va Hindistondan tortib Pireneya yarim oroligacha uchraydi deydi va Hindiston bilan Pokistonda «saroy» toponimi ham shu ata-madan yasalgan deb biladi (Toj Mahal saroyi). Aslida arabcha «vaqt», «fursa1b ma'nosidagi mahal so’zining ham «o'rin», «joy» ma'nosi bor. Shuning uchun bo’Isa kerak o’zbeksitonda bu so’zning mahalli shakli ham uchraydi: Mahallibolo, Mahalliqozi, MahalHpoyon. MahaUishexon va b. Bu o’rinda tojikcha izofaning (masalan, mahallai qozi) o’zgargan shakli bo’lishi ham mumkin.
Mesit, masit, misit - o’zbek urug’laridan biri. Mesit, yobu (i°bu)b tama urug’lari birlashmasi tarixda «uch urug’’ deb atalgan. XIX asr
oxiri, XX asr boshlarida mesitlar Buxoro vohasida, Narpay tumani hududida, Qashqadaryoning quyi oqimida yashagati.
Kasbi, Navbahor tumanlarida Mesit qishloqlari bor.
Mextar - Buxoro xonligida musulmonlardan zakot yig’ish. Mu-sulmonlarga bo’ysungan g’ayridinlar mulkidan 20/1, qurol ishlatib zabt qilingan kofirlardan 1/10 bo’lak miqdorida soliq olish, shuningdek, egasi noma'lum boigan mulklarni tasarruf qilish ishlari bilan shug’ullangan mansabdor (mextari kalon). Bulung’ur tumanida Mex-tar degan qishloq qayd qilingan.
Ming (mingli), minglar - o’zbeklaming yirik qabilalaridan biri, XIX asr boshlarigacha minglarning ko’pchilik qismi hozirgi Samar-qand, Jizzax viloyatlari, qisman Farg’ona vodiysi hamda Buxoro vohasida, tarqoq holda Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida, Tojikis-tonda esa Hisor vodiysida yashagan. Minglarni ba'zan tumon yoki tumoiqning deb ham atashgan. Zarafshon vodiysida minglar uch urug’ga va bir qancha tarmoqlarga bo’lingan: 1) to’g’aU (ahmat, chag’ir, to’yinamoz, oqshiq va b.); 2) uvoq tamg’ali (alg’ol, chaut, jayli, o^ramas, to’qnamoz, kiyuxo’ja, yarat); 3) bog’lon (chubli, qora, miira va b.).
Minjir — o’zbeklar va qoraqalpoqlar tarkibidagi kenagas qabila-sining bir urug’i. Yakkabog’, Kitob, Shahrisabz, Urgut, Chimboy tumanlarida Minjir qishlog’i qayd qilingan.
Minor, Minora — baland bino. Joy nomlari shaklida ko’p uchraydi. Masalan, Jarqo’rg’on tumanida Minor, Denov tumanida Minora qishloqlari bor. Toshkent shahrida Minor mahallasi mayjud. Eronda Menor (Menore) shaklida «mash'al», «fonus», «ustun», «minora» ma'nolarida ko’plab toponirnlar hosil qilgan.
Mirishkor, merishkor, murushkor - o’zbek millati tarkibiga kir-gan qadimiy qabila, aniqrog’i ijtimoiy va hatto professional gunihlar. Miri shikor — «ov hokimi’, amiri-
Kasbi, Namangan, Uchqo’rg’on, Qorako'1, Qarshi tumanlarida Mirishkor qishloqlari qayd qilingan.
Miroxur — xonliklarda saroy olxonalariga boshchilik qilgan mansab-dor yoki xiroj va boshqa daromadlarni nazorat qiluvchi amaldor (ay-nan «oxurning boshlig’i»). Xiva, Buxoro shaharlari atroflarida Miroxur, Samarqand shahri yaqinida Miroxuri qishloqlari qayd qilingan.
Mitan — Zarafshon vodiysida toponimlar shaklida uchraydigan va «qishloq» ma'nosini anglatuvchi atama. Tarixchi O.I. Smirnova shun-day yozadi: «Bu komponent eroniy mayedana so’zidan olingan bo’Iib, «turar joy», «uy» degan ma'noni anglatadi. Yangi fors tilidan mehan (arabcha vatan, sug’diycha medan — «turar joy», «uy») ana shu mayedana (mediana) so’zidan kelib chiqqan’.
Arxeolog va tarixchi V.Y. Vyatkin «Farmitan toponimi tarkibidagi mitan so’zi «istehkom», «qal'a» degan ma'noni anglatadi» degan edi. Mitan atamasining asl ma'nosi manbalarda turlicha. Bir o’rinda «qishloq» deyilsa, ikkinchi bir manbada «turar joy», «vatan», uchin-chi bir asarda esa «qal'a», «istehkom» deb izohlangan.
Shuni unutmaslik kerakki, qadim zamonlarda har bir shahar, har bir qishloq va hatto har bir ko’cha o’ziga xos qal'a, qo’rg’on hisoblangan va o’zbek xo’jaliklari soni qancha bo’lsa, mamlakatda qaralar ham deyarli shuncha bo’lgan, deb ta'kidtanadi 20-yiIlar tarixiy manbalarida.
Mitan komponentli toponimlar juda qadimiy. Masalan, Romitan haqida akademik V.V. Bartold shunday deydi: «Hozirgi vaqtgacha o’z nomini saqlab kelgan Romitan istehkom qishlog’i Buxoro atrofidagi eng ajoyib qishloqlardan biridir. Bu qishloq «qadimgi Buxoro» hisoblan-gan, ya'ni Buxoro hokimining qadimgi rezidentsiyasi shu yerda bo’lgan. Buxoro barpo qilingandan keyin ham mahalliy hokimlar ko’pincha Romitanda qishlab qolar edi. Romitanni afsonaviy Afrosiyob barpo qilgan deb hisoblaydilar. Afrosiyobning raqibi Kayxisrav Romitan-tiing ro’parasida, ya’ni ariqning narigi betida Romush degan qishloq barpo qilgan va bu qishloqqa otashparastlar ibodatxonasi qurgan. Bu ibodatxonaga somoniylar davrida ham cho'qinishgan».
Narshaxiy o’zining «Buxoro tarixi» asarida Romitanni (Romtin-ni) «Qadimgi Buxoro» deb emas, balki «Buxorodan qadimiyroq» degan. Bu qishloq nomi shunday yozadi: «Aytadilarki, Afrosiyobning bir qizi boiib, uning doimo boshi og’rir edi. Romitanga kelib turib qolgandan keyin bu yerning havosi muvofiq kdib darddan xalos bo’idi va bu joyga Oromitan «tan oromi» deb nom qo’ydi. Oddiy xalq tilida esa bu «Romtin» bo’Iib ketgan».
Zarafshon vodiysida Urmitan (Tojikiston), Farmitan, Shirmitan, Navmitan, Sanjamitan, Chormitan kabi toponimlar (ariqlar va qish-
loqlar) qayd etilgan (bu atama mitan, metan, meton shakllarida talaffuz qilingan).
Bir xil talaffiiz qilinadigan so’zlar har doim ham bir xil ma'noni anglatavermaydi.
Mitan atamasidan tashqari titan degan qabila (etnonim) ham bo’lgan.
Quyidagi toponimlar mitan qabilasi nomi bilan bog’liq deb hisob-laymiz: Bo’rimitan, Mitanazizxo’ja (Kitob tumani), Oqtepamitan, Qo’shtepamitan, Qoraariqmitan (Bulung’ur tumani).
Respublikada bir qancha tumanlarida (Ishtixon, Jomboy, Oqqo’rg’on) Mitan nomli qishloqlar bor. Bularning ko’pchiligi ham o’sha qabila nomi bilan atalgan.
Mitan (muyten) qabilasi qoraqalpoqlar tarkibida ham bor (Muy-tenovul toponimi).
Mitan (muyten) so’zini mitanlar o’zlari mo’ytan (sermo’y, ser-jun) so’zidan olingan deb izohlaydi.
Mojor ~ ko’chmanchi o’zbeklar tarkibidagi qabila. Mojorlar XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Samarqand atrofidagi tog’ etakla-rida, Shahrisabz vohasida yashagan. Ular Vengriyaning asosiy xalqi madyarlar (mojorlar) bilan qon-qardosh qavm deb hisoblanadi.
g’uzor, Chiroqchi, Paxtachi, Narpay tumanlarida Mojor degan qishloqlar qayd qilingan.
Mozor - qabriston, go’r, qabr (mozoriston, mozorot ham de-yiladi). Musulmon mamlakatlarida ko’plab toponimlar hosil qilgan. o’zbekistonda Mozor, Mozorbuva, Mozorko’cha, Mozortagi, Mo-zorboshi, Qoramozor kabi toponimlar uchraydi. Arabcha zara «ziy-orat qilmoq», «borib yo4qlab turmoq’, mo- old qo’shimcha «o'rin», «joy» ma'nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |